O ’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə6/12
tarix22.12.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#189569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
iqtisodiyot nazariyasi 16

Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili taraqqiyotning evolyutsion yo'li, zarurat bo'lib u bir qancha sabablar bilan bog'liq ekanligini konsepsiya muallifi I. Karimov bir qancha dalillar bilan asoslab beradi. Birinchidan. O'zbekistonning eng yaqin tarixi sobiq sotsialistik tuzumi, uning istiqboldagi tuzumi bilan-«bir-biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan ikki xo'jalik tizimidir». Bunda eski iqtisodiyotni takomillashtirish emas, balki tamomila yangi xo'jalik yuritish tizimini barpo etish talab etiladi. «Bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o'tishdir». Shuning uchun o'tish vazifalarini birdaniga amalga oshirib bo'lmaydi, u bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oluvchi nisbatan uzoq davr doirasida amalga oshadi; ikkinchidan. yangi iqtisodiy tizimni farmonlar va qonunlar chiqarish bilan qurib bo'lmaydi, bunday iqtisodiyot tegishli infrastruk-turani va huquqiy bazani yaratishni talab etadi.
Qonunning ustuvorligi., hamma uchun tengligi tamoyili. Prczidcntimiz o'zining Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasidagi «Adolat-qonun ustuvorligida» nomli ma'ruzasida uqtiradiki, «biz tanlagan taraqqiyot modeli bozor iqtisodiyotiga tayangan ochiq demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan yangi hayot barpo etish harakatidamiz», «bir tomondan, ko'p asrlik tarix, buyuk madaniyat, yuksak milliy an'analar, muqaddas qadriyatlarga, ikkinchi tomondan esa-jahon xalqlarining eng ilg'or tajribasiga» asoslanishi bilan birga qonunlar ustuvorligiga ham suyanadi1.
Qonunlarning ustuvorligi tamoyili shuni bildiradiki, qabul qilingan Konstitutsiyamiz, barcha boshqa qonunlar hech istisnosiz hamma tomondan hurmat qilinishi va ularga rioya qilinishi kerak. Har bir fuqaro nafaqat qonunlar talabini bilishi, ularga so'zsiz amal qilishi, balki boshqalarning ham qonunlarga rioya qilishlarini nazorat qilmog'i demokratik jamiyat qurishning talabiga aylanadi. Qonunlarning ustuvorligini


ta'minlash tamoyilining mohiyatini I. Karimov yana quyidagicha izohlaydi: «Qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo'ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash-bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi'».

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin