Shtanga, qadoq toshlar (16, 24, 32 kg) va yig’ma gantellar. Kuch, sakrovchanlik, tezkorlik-kuch va sakrovchanlik-chidamliligi, kuch-chidamliliklarini rivojlantirishda keng qo’llaniladi.
Tahminiy mashqlar berilgan. 1.Shug’ullanuvchilar aylana bo’ylab turishdi. Ularni orasidagi masofa 2-3 m. Hamma aylana bo’ylab harakat qilishadi. O’qituvchini signali bilan har bir shug’ullanuvchi tezlanish qiladi va o’zini oldidagina yetigshga harakat qiladi.
2.Shug’ullanuvchilar birini ketiga ikkinchisi turib o’qituvchi signali bilan yugurishadi, yoki ko’rsatilgan tomonga harakatlanadi.
3.Shug’ullanuvchilar bir chiziqda yonma-yon turishib, qarama-qarshi tomondagi chiziqqa qarab yugurishadi. Ma’lum bir signal berilganda yuqoriga sakrab, undan keyin yana yugurishni davom ettiradilar. Bu sanab o’tilgan mashqlarga yana voleybolchi jismoniy tayyorgarligini oshiruvchi mashqlar berish mumkin.
To’pni o’yinga kiritish. To’pni o’yinga kiritishni bir ketma-ketlikda o’rganiladi, pastki to’g’ri, pastki yon tomondan, balanddan to’g’ri, balanddan pastdan to’g’ri o’yinga kiritish texnik usullari bor.
O’quvchilarga tushuntirib va ko’rsatgandan keyin to’pni o’yinga kiritishni bo’lib-bo’lib o’rgatiladi. Dastlabki holatda to’g’ri turish, undan keyin esa to’pni havoga tashlashni o’rgatish kerak.
To’pni havoga tashlashni o’rgangandan so’ng to’pga zarba berishni va gavdani zarba paytidagi rasional holatini o’rgatish kerak. Texnikani o’rganishni boshlagandan so’ng aniq harakatlarni talab qilish kerak. To’pni o’yinga kiritish texnikasini o’rganayotganda bu mashqni soddalashtirilgan sharoitda bajartirish lozim.
To’pni o’yinga kiritish uchun kerak bo’lgan mashqlar. 1.To’pni o’yinga kiritish usulini imtasiya qilish.
2.O’yinchilar bir-biriga qarama-qarshi 8-10 sm turishadi.
O’yinchilarni biri to’pni havoga tashlaydi, 2-si esa uni hatosiga qarab turadi. Undank yeyin to’pni havoga tashlash bilan qo’l haarkatini ham bajarish kerak.
3.O’yinchilarni dastlabki holati shu turgan joyi. To’p bilan bo’lgan o’yinchi to’pni o’yinga kiritish o’ynayotgan usul bilan to’pni havoga tashlab unga zarba berish kerak. Zarba sherigi turgan joyga borish kerak. Gavda harakatini kelishilganini esa to’pni trayektoriyasiga diqqatni jalb qilish keark.
4.Shug’ullanuvchilar sherik-sherik bo’lib to’rni ikki tomonga 5-6 m dastlabki holatni egallash kerak. To’p bilan bo’lgan o’yinchi dastlabki egallab holatni to’p o’yiniga kiritishni o’rganayotgan usuli bilan zarba berish. To’pni o’yinga kiritish texnikasini o’rgangandan keyin, to’rdan masofani uzoqlashtirib, uni yuza chizig’iga olib kelish kerak.
5.O’yinchilar to’pni o’yinga kiritish o’rganayotgan usuli bilan yuza chizig’idan to’pni navbatma-navbat o’yinga kiritish. Boshlang’ich vaqtda to’rdan o’tkazish vazifasi, keyin esa maydonni o’ng yoki chap tomon o’tkazish vazifasini qo’yish kerak.
To’pni o’yinga kiritishda qo’yiladigan xatolar: 1.Noto’g’ri dastlabki holatni egallash.
2.To’pni havoga noto’g’ri tashlash.
3.Qo’l panjalari bilan to’pni aniq yoki zarba bera olmaslik.
To’pni o’yinga kiritish usullarini o’rganib olgandan keyin bu texnikani takomillashtirish kerak.
1.Kuch bilan to’pni o’yinga kiritish.
2.Kuchli qabul qilish qiyin bo’lgan to’pni o’yinga kiritish.