JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA PEDAGOGIK NAZORAT: PEDAGOGIK TAHLIL, XRONOMETRAJ, PULSOMETRIYA O‘TKAZISH USLUBIYOTI
Reja:
I Kirish
II Asosiy qisim
1. Voleybolchilarning umumiy va maxsus tayyorgarlik
masalalarini yoritish
2. Dastlabki o’rgatish boskichida yosh voleybolchilarda maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalash
3. Umumiy va maxsus tayyorgarlik va ularning o’zaro bog’liqligi (umumiyligi)
III Xulosa
IV Adobiyotlar
KIRISh
Ta’lim sifati va uning samaradorligini ta’minlash ko’p jihatdan Davlat ta’lim standartlari, dastur, darsliklar mazmunining o’quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantira olish darajasiga bog’liq.
Ta’limning bosh maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda o’quv-metodik majmualarga kiritiladigan materiallar mazmuni o’quvchilarning yosh xususiyatlarini, ularning mustaqil faoliyat ko’rsatishi, individual fanlar mazmunida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash tamoiyllarini hisobga olgan holda tanlanishi lozimligi qayd etilgan.
Ta’lim jarayoni va Kadrlar tayyorlash tizimiga bunday yondoshuv ta’lim shakllari va yo’nalishlariga qarab shu ta’lim muassasalarining integrallashuviga olib kelmoqda. Eng asosiysi milliy ta’lim tizimiga bunday maqom berilishi o’quvchilarni muayyan kasb doirasida ijtimoiy moslashuvini mukammallashtirib bormoqda.(7)
Yosh avlodning o’sib - ulg’ayishi uchun yaratilgan shart-sharoitlardan, ularning o’z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishni tashkil etish xalq ta’limi tizimi oldidagi muhim masalalardan sanaladi. Ta’lim tizimidagi islohatlar dars uslublari va shakllarini o’zgartishni talab etiladi.
Jismoniy tarbiya darsi - maktab o’quvchilari jismoniy tarbiyasini tashkil toptirishning asosiy shaklidir. Jismoniy tarbiya, umumiy o’rta ta’lim maktablarining barcha sinflarida o’quv rejasida nazarda tutilgan o’quv fanidir. Fanning mazmuni davlat dasturi bilan tartiblashtiriladi. Amalga oshirish esa, jismoniy tarbiya darslarida amalga oshiriladi. Shunday qilib, darslarga qatnashish barcha o’quvchilar uchun majburiydir.(9)
O’qituvchi o’quvchilarga ko’nikma va mahoratlarini tashkil toptirish mashqlarni bajara olish bilimlarini, har biri nazorat tizimida ishlashini ta’minlashi kerak.
Demak, jismonan sog’lom, aqlan barkamol avlodni tarbiyalash jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanish asosida samarali amalga oshirilishi mumkin.
To’g’ri, barcha o’quv muassasalari kabi, umumiy o’rta maktablarda ham jismoniy tarbiya bo’yicha yangi davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, rejalari va boshqa me’yoriy xujjatlar o’qituvchi-murabbiylar xizmatida faoliyat ko’rsatmoqda.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida, oliy o’quv yurtlarida o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarini voleybolsiz tasavvur qilish qiyin.
Voleybol sport turi – o’z mohiyati, mazmuni va rom qiluvchi turli o’yin malakalari va kombinasiyalari bilan millionlab kishilarni o’ziga jalb qilib kelmoqda.
Ammo, ushbu xujjatlar asosida turli sinf o’quvchilari bilan o’tiladigan jismoniy tarbiya darslari, ayniqsa qishloq maktablarida, hali zamon talabiga javob bermaydi.
Shu sababdan, mazkur malakaviy bitiruv ish bo’yicha o’tkazilgan kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki, ayrim o’rta maktablarda o’quvchilar bilan o’tkaziladigan voleybol darslari mazmun va mantiq jihatidan talabga javob bermaydi.
Dostları ilə paylaş: |