Оалдцаеццаыц


Harakatli o’yinlar haqida umumiy tushuncha



Yüklə 293 Kb.
səhifə10/11
tarix05.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#125014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Оалдцаеццаыц

Harakatli o’yinlar haqida umumiy tushuncha

Harakatli o’yinlarni to’plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muhim vazifa bo’lib hisoblanadi. Ushbu vazifa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy tarbiya oldida ham katta mas’uliyat yuklaydi. Yoshlarni har tomonlama jismonan baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, o’quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlanishiga qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab qo’uvchilari jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog’lab kelgan uzviylikda ko’rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda harakatli o’yinlarni roli kattaligini qayta-qayta ta’kidlab o’tmoqchimiz. Shuning uchun xalqimizning asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy o’yinlarini avaylab-asrab, keyingi avlodga yetkazish yo’llarini izlab, ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.


Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan bo’lib, o’quvchilarda aqliy, axloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning xatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur. 11-12 yoshli voleybolchilarda umumiy va maxsus jismoniy tarbiyani qiziqarli va foydali o’tkazish uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi harakatli o’yinlardan foydalanishda ham xudi shu xususiyatlarga e’tibor berish kerak.
Harakatli o’yinlar o’quv-trenirovka mashg’ulotlarida yordamchi vosita sifatida qo’llaniladi. Chunki o’yin shug’ullanuvchilarda qiziqishni oshiradi, ularga zavq bag’ishlaydi, ish qobiliyatini tezroq tiklanishini ta’minlaydi. O’yin tufayli charchashni unutadilar, trenirovka mashg’ulotlarini diqqat bilan bajaradilar (A.Sh.Qosimov).
Hamma o’yinlar shug’ullanuvchilar organizmiga kompleks ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham o’yinlarga umumiy jismoniy ta’sir ko’rsatuvchi mashq sifatida rivojlantiruvchi vosita bo’lib hisoblanadi.
XIX asrda V.G.Belinskiy, N.G.Chernishevskiy, N.A.Dobrolyubov va D.N.Pisarevlar Rossiyada o’quv-tarbiya ishlarida, jumladan, jismoniy tarbiyada harakatli o’yinlardan keng ko’lamda foydalanish lozimligini aytganlar. Ular harakatli o’yinlarga xalqning sog’lig’ini mustahkamlash va har tomonlama tarbiyalash vositasi sifatida qaraganlar.
G.V.Plexanov jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayonida mehnat o’yindan yuqori tursa ham, lekin bola hayotida o’yin faoliyati mehnatdan oldin ekanligini birinchi bo’lib isbotlab bergan edi.(15,17)
P.F.Lesgaft o’zining jismoniy mashqlar sistemasida o’yinlarni jismoniy tarbiya vositasi sifatida ifodalaydi. U o’yin yordamida hayotga tayyorlanishini aytadi. P.F.Lesgaftning harakatli o’yinlarni yotkazish uchun qo’ygan talablari hozirgi paytgacha o’z qimmatini yo’qotgani yo’q; chunonchi, u har bir o’yin oldiga aniq maqsadlar qo’yishi, o’tkazilayotgan o’yinlar qatnashuvchilarning kuch va qobiliyatlariga mos kelishi, o’yin shug’ullanuvchilarga ijobiy emosional ta’sir ko’rsatishi lozimligini, o’yinlarni sistemali tarzda va muntazam ravishda o’tkazish, qatnashuvchilarning aktivligi va mustaqilligini oshirishga harakat qilish zarurligini o’qtirgan edi.
N.K.Krupskaya o’yinlar bola hayotida katta rol o’ynashini ta’kidlab, shunday degan edi: «Bolalar faqa to’qish mobaynida o’sib qolmay, balki o’yin jarayonida ham o’rganadilar, ular uyushishni o’rganadilar, hayotni tushunishni o’rganadilar». N.K.Krupskayaning fikricha, ishni shunday tashkil qilish kerakki, o’yinlar yosh avlodni tarbiyalashga yordam bersin. O’yinlar har xil bo’ladi. Ba’zi o’yinlar borki, ular bolalarda qo’pollikni, maqtanchoqlikni, kekkayishni va boshqalarni o’stiradi. Shunday o’yinlar borki, ular o’z o’rtog’iga yordam berish, chidamli bo’lish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.(35,36)
A.S.Makarenko o’yinlar bolalar va yoshlarni mehnatga tayyorlaydi, deb hisoblardi. Uning fikricha, kattalar hayotida mehnat qanday ijobiy rol o’ynasa, bolalar hayotida ham o’yin shunday katta ahamiyatga ega. A.S.Makarenko maxsus ish harakatlariga o’xshash harakatlarni talab etuvchi o’yinlarni birinchi o’ringa qo’yar edi.
Harakatli o’yinlar, estafeta o’yinlari maktab sport seksiyasida yetakchi o’rin olishi kerak.
Harakatli o’yinlar basketbol, voleybol, futbol, qo’l to’pi va boshqa seksiyalarda ko’proq qo’llanadi. Shuningdek, gimnastika, yengil atletika va suzish seksiyalarida ham harakatli o’yinlardan foydalaniladi.
Seksiyalarda har xil o’yinlardan muntazam ravishda o’rinli foydalanish o’quvchilarning jismoniy barkamolligiga, ulardagi malakalarning takomillashuviga katta yordam beradi. O’quvchilarda zaruriy jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun jismoniy tarbiya darslarida ilgari o’rganilgan o’yinlarni yangi qoidalar asosida yangi variantlarda o’tish lozim.
Seksiyalar ishida harakatli o’yinlardan keng foydalanishda bolalarning yosh xususiyatlarini, shuningdek, mahalliy va mavsumiy sharoitlarni aniq hisobga olish kerak. Uncha tayyorgarlik ko’rmagan kichik maktab yoshidagi qo’uvchilarga juda ko’p va xilma-xil o’yinlar o’rgatiladi.
Yaxshiroq tayyorgarlik ko’rgan gruppalarda o’yinlar kamroq o’tkaziladi. O’zbekistonda bahor, yoz va kuz paytlarida Ayniqsa, basketbol, voleybol, qo’l to’pi, tennis va yengil atletika seksiyalari ishlab turishi, bunday vaqtlarda «Chillak», «Qoziq», «Kamalak», «Oq tosh» singari milliy va rus xalq o’yinlaridan foydalanish lozim.
Har xil harakatli va sport yo’sinidagi o’yinlardan, shuningdek, yengil atletika mashqlaridan foydalanishda qo’uvchilarda musobaqalarga qiziqish uyg’otish g’oyat foydalidir.
O’quvchilar ko’pincha o’yinga berilib ketib, uni o’zgartiradilar, eski qoidalarni yig’ishtirib qo’yib, yangilarini o’ylab chiqaradilar, maqsadga erishish yo’lini qiyinlashtiradilar va shu tariqa yangi o’yinni vujudga keltiradilar. Ana shuning uchun o’yinlarni takrorlashdan (ayniqsa bolalarning istagi bilan bog’liq hollarda) sira erinmaslik kerak.

Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin