Оалдцаеццаыц


Pastdan to’g’ri to’p kiritish



Yüklə 293 Kb.
səhifə6/11
tarix05.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#125014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Оалдцаеццаыц

Pastdan to’g’ri to’p kiritish. O’yinchi oldinga engashib, oyoqlarini tizza qismida bukkan, bir oyog’ini (zarba beruvchi qo’lga nisbatan qarama-qarshi) oldinga chiqargan holatda turadi. (2-rasm)

2-rasm
Yuqoridan to’g’ri to’p kiritish. O’yinchi to’rga qaragan holda yuqori holatni egallaydi (3-rasm).

3-rasm


To’p ko’krak sathida ushlab turiladi, bir oyoq oldinga qo’yiladi (zarba beruvchi qo’lga nisbatan qarama-qarshi). To’p 1 m yuqoriga oldinga tashlanib, o’yinchi qo’lini yuqoriga-orqaga harakatlantiradi va zarba beruvchi qo’l - yelkasini orqaga-yuqoriga olib boradi. Zarba to’g’ri qo’l bilan birmuncha oldinda bajariladi. Bu usul ikki xil variantda: to’pga aylanma harakat berib va aylanma harakat bermasdan amalga oshirilishi mumkin. To’pga aylanma harakat bermasdan to’p kiritish usuli birmuncha murakkab usul hisoblanadi. Bu usulda quyidagi elementlarning bajarilishiga qat’iy amal qilish zarur (4-rasm). Bular: to’pning qoq o’rtasiga zarba berish; to’p tashlashning nisbatan pastligi (0,5 m gacha); zarba beruvchi qo’lni orqaga nisbatan qisqa harakatlantirish; kuchli (tezkor), va “aldamchi” (sekin) zarbalar berish. Hujum zarbasini 2 yo’l bilan bajarish mumkin: to’g’ri (to’rga nisbatan to’g’ri turgan holda) va yon tomon bilan (to’rga nisbatan).

4-rasm
Yuqoridan yon tomon bilan to’p kiritish. Yuqoridan yon tomon bilan to’p kiritish usulida o’yinchi to’rga nisbatan yon tomon bilan oyoqlarini tizzadan bukkan holda turadi (5-rasm). To’p 1 m gacha balandlikda yelka ustiga tashlanadi. O’ng qo’l bilan zarba berilganda, u pastdan orqaga harakatlanadi, bunda yelka pastga tushirilib, gavdaning og’irligi o’ng oyoqqa o’tkaziladi. Zarba beruvchi qo’l orqadan-yuqoriga yoy bo’yicha harakatlantirilib, zarba amalga oshiriladi. Gavda chapga buriladi va og’irlik kuchi chap oyoqqa ko’chiriladi. Bu harakat zarbaning kuchini oshirishga xizmat qiladi.

5-rasm


To’pni uzatish
Bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay sharoit yuzaga keltiriladi. To’pni: tayanch holatdan ikki qo’llab, sakrab ikki qo’llab, sakrab bir qo’llab, orqaga yiqilib turib ikki qo’llab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi.
Yo’nalishi bo’yicha to’p uzatishlar (to’p uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha bo’ladi: oldinga, o’z ustiga, orqaga.
Uzunligi bo’yicha: uzun – zonalar osha; qisqa – zonadan zonaga; qisqartirilgan – zona doirasida.
Balandligi bo’yicha: baland – 2 m dan yuqori, o’rtacha – 2 m gacha, past – 1 m gacha. Yuqoridagi ko’rsatkichlarga bog’liq holda to’pga sekin, tez va katta tezlanish beriladi. To’pni to’rga yaqin – 0,5 m gacha va uzoq – 0,5 m dan ortiq masofada berish mumkin.
To’pni uzatish texnikasi dastlabki holat, qo’lning to’pga qarama-qarshi harakati, amortizasiya va to’pni yo’naltirishdan iborat bo’ladi. Dastlabki holatdan to’p tomon harakatlangandan so’ng voleybolchi vertikal holatda, oyoqlarining bukilish darajasi to’p yo’nalishining balandligiga va uchish tezligiga bog’liq holda, oyoq kaftlari parallel yoki bir oyoq (asosiy qo’lga nisbatan qarama-qarshi) bir oz oldinda bo’ladi. Qo’llar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan bo’ladi (6-rasm).

6-rasm


Qo’llar to’p bilan yuz tepasida to’qnashadi. Bunda bosh barmoq asosiy nagruzkani qabul qiladi, ko’rsatkich barmoqlar esa zarba berishda asosiy bo’ladi. O’rta barmoq kamroq ravishda, nomsiz va jimjiloq asosan to’pni yon tomondan ushlab turishga xizmat qiladi. To’pga yo’nalish berishda qo’l, oyoq va gavda mushaklarini kuchlanishi o’zaro birgalikdagi yaxlitlik bilan izohlanadi. Bunda gavdaning UOM birmuncha yuqoriga-oldinga ko’chadi va gavdaning og’irligi ikki oyoqning uchiga tushadi. Qo’llar to’pni uzatish oxirida to’liq to’g’rilangan holatda bo’ladi.
Murakkab hujum kombinasiyalarini tashkil qilishda, to’p baland berilganda yoki to’pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to’p uzatish usulidan foydalaniladi. Bu holatda qo’llar bosh ustidan birmuncha baland ko’tariladi va qo’llarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan to’p uzatiladi. Huddi shu holatda qisqa to’p uzatishda asosiy harakat qo’l barmoqlarining faol ishlashi hisobiga amalga oshiriladi (7-rasm).

7-rasm 8-rasm
To’pni orqa tomonga (mo’ljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda o’yinchi to’pning tagiga kirib boradi. Bunda qo’lning orqa kaft qismi bosh orqasigacha ko’tariladi. To’p uzatish qo’llarni tirsak qismida bukib-yozish hisobiga bajariladi, gavda orqaga-yuqoriga harakatlanadi, bunda harakat umurtqa pog’onasining ko’krak va bel qismlarining bukilishi hisobiga bo’ladi (8-rasm). Sakrab orqaga to’p uzatish huddi tayanch holatda orqaga to’p uzatish kabi bajariladi. To’p uzatishning eng murakkab usuli bu sakrab bir qo’l bilan to’p uzatishdir. Bu usul to’p to’r ustiga kelib qolgandagi murakkab sharoitda bajariladi. Bu holda qo’l tirsaklarda bukilib, oldinga chiqariladi (9-rasm). Kaftlar oldinga qaratiladi, barmoqlar bukilib, tarang holga keltiriladi. To’p uzatish tirsak bo’g’inining bukib-yozilishi hisobiga bajariladi.

9-rasm



Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin