Kvantlashning mohiyati quyidagicha. Bir-biridan kvantlash qadami deb ataluvchi ∆ kattalikka siljigan kvantlar to‘ri hosil qilinadi (7.1.-rasm). Kvantlashning har bir sathiga tartib raqami (0, 1, 2, 3, 4 va h.) berilishi mumkin. So‘ngra diskretlash natijasida olingan dastlabki analog kuchlanish qiymatlari ularga yaqin kvantlash sathi bilan almashtiriladi. Masalan, 7.1.-rasmdagi diagrammmada t0 onidagi kuchlanish qiymati unga yaqin 3 nomerli kvantlash
sathi bilan almashtiriladi, t1 onidagi kuchlanish qiymati 6 sathga yaqin va ushbu sath bilan almashtiriladi va h. Har qanday yaxlitlash kabi kvantlash jarayoni kuchlanishning diskret qiymatlarini ifodalashda xatolikka olib keladi, ya’ni
120
kvantlash shovquni hosil bo‘ladi. Analog-raqam o‘zgartgichlarni loyihalashda
kvantlash shovqunini pasaytirishga harakat qilinadi.
7.1.-rasm. Diskretlash, kvantlash va kodlash jarayoniga
Kodlashning mohiyati quyidagicha. Kvantlash amalida kuchlanish qiymatining yaxlitlanishi bu qiymatlarlarni sonlar – mos kvantlash sathlari nomerlari orqali ifodalashga imkon beradi. 7.1.-rasmdagi diagramma uchun 3, 6, 7, 4, 1, 2 va h. sonlarning ketma-ketligi ikkili kod orqali ifodalanadi.
Hozirgi paytda kuchlanishni-kodga ozgartirishning ko‘p usullari mavjud. Ushbu usullar bir-biridan potentsial aniqlik, o‘zgartirish tezligi va apparatli amalga oshirish bilan farqlanadi. 7.1.1. rasmda o‘zgartirish usullariga ARO‘ tasniflanishi keltirilgan.
121
7.2. Ketma-ketl hisobli ARO‘
Ketma-ket hisobli ARO‘ sxemasini soddaligi unda sinxronlash mavjud emasligidadir. Start signali kirishi bilan ARO‘ chiqishida 1/Tr chastota bilan o‘zgartirish natijasining raqamli kodlari o‘zgaradi (1/Tr ruxsat etilgan kirish signali kuzatishni maksimal chastotasini belgilaydi) 7.2.rasm.
7.2. rasm. Ketma-ketli hisobdagi ARO‘.
Ish grafikini ko‘rganda, ko‘rinib turibdiki ushbu ARO‘ o‘zgartirish vaqti – o‘zgaruvchan va analog kirish signaliga bog‘liq, lekin butun qurilmani ishlash takti o‘zgarmas va Tr=T/n teng, bu erda T – tayanch generatori impulslari davri; n esa hisoblagich va xususan ARO‘ hisoblagichning razryadidir.
Dostları ilə paylaş: |