Ob’ektning sistematik holali Tip. Xordalilar – Chordata Kenja tip



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix09.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#153194
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Laboratoriya ishi11 (1)

sirtmoq (qovuzloq) 
hosil qiladi. So’ngra uzun ingichka ichak spiralga 
o’xshab o’ralib, kaltagina to’g’ri ichakka aylanadi, to’g’ri ichak bevosita kloakaga 
ochiladi. Kaptarda ingichka ichak bilan to’g’ri ichaklar chegarasida ichi kovak 
o’simta – 
ko’richak
bo’ladi. Kaptarda katta ikki pallali jigari bo’lgani holda o’t 
pufagi yo’q (boshqa ko’pchilik qushlarda esa o’t pufagi bor). Jigarda ishlangan o’t 
suyuqligi ikkita o’t yo’llari bilan o’n ikki barmoqli ichakka quyiladi. Kloakaning 
ustki devoridan ko’r o’simta – 
fabritsiy
sumkasi chiqadi. 
Limfa hujayralar
ini ishlab 
chiqaradigan bu organ faqat qushlarda bo’lib, qush yoshi ortgan sari kichrayib 
boradi. Oshqozon va jigarga yaqin joyda to’q qizil rangli kichkina taloq ko’rinib 
turadi. 
Nafas olish sistemasi.
Qushlarning nafas oiish organlari sudralib 
yuruvchilarnikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. U tashqi burun teshiklaridan 
boshlanib, xoanalarga qo’shiladi. Nafas olishdagj havo xoanalar orqali og’iz 
bo’shlig’iga, so’ngra toq (uchta) uzuksimon va bir juft cho’michsimon tog’aylardan 
tashkil topgan ustki hiqildoqqa, undan halqa tog’aylar bilan o’ralgan traxeyaga 
o’tadi. Traxeya yurak yaqinida o’ng va chap o’pkalarga kiradigan bronxlarga 
bo’linadi(
42 – rasm
). 


 
42 – rasm. Qushlarning nafas olish organlari: 
1 – traxeya, 2 – bronxlar; 3 – o'pka, 4 – havo xaltalari; 5 – ustki hiqildoq; 6 – 
pastki hiqildoq.
 
Biroq hiqildoq quruqlikda yashovchi boshqa umurtqalilarda tovush apparati 
vazifasini bajarmaydi. Qushlarda tovush apparati funksiyasini faqat ularning o’ziga 
xos bo’lgan pastki hiqildoq bajaradi. Pastki hiqildoq traxeyadan bronxlar chiqadigan 
joyda o’rnashgan bo’lib, tuzilishi ustki hiqildoqnikiga o’xshash. 
Qushlar o’pkasi suvda ham quruqlikda yashovchilar hamda ko’pgina 
sudralib yuruvchilarnikiga o’xshash xaltachalar ko’rinishida bo’lmay, balki ichi zich 
tanachalardan iborat. Bunga ishonch hosil qilish uchun skalpel dastasi bilan bir 
tomondagi o’pkani ko’krak qafasining orqa devoridan ajratib olib, kesib ko’ring. 
Qushlarning bronxlari o’pkaga kirgandan keyin tarmoqlanadi. Ularning 
asosiy tarmoqlari o’pkani yorib o’tib, havo xaltachalariga qo’shiladi, ya’ni bronxlar 
tarmoqlarining bir qismi o’pkani teshib o’tib, sig’imi o’pka sig’imidan bir necha 
marta katta bo’lgan havo xaltachalarini hosil qiladi. Havo xaltachalari turli ichki 
organlar orasida joylashib, ularning o’simtalari teri ostiga, muskullar orasiga va 
pnevmatik suyaklarga o’tadi. Qushlarda havo xaltachalari bir nechta: ikkita bo’yin, 
bitta o’mrovaro, ikki–uch juft ko’krak va bir juft nihoyatda katta qorin xaltalari bor.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin