yurak bo’lmasi va qalin devorli ikkita yurak qorinchasidan iborat. Shunga ko’ra
qushlarda ham sutemizuvchilardagidek ikkita: o’ng – venoz va chap – arterial yurak
bor deb aytiladi.
Arterial qonli chap yurak qorinchasidan aorta o’ng yoyi chiqqan zahoti
undan bir juft nomsiz arteriyalar ajraladi. So’ngra aorta o’ng tomonga egilib,
umurtqa pog’onasiga yetgach, dum tomonga orqa aorta nomi bilan yo’naladi va
undan ichki organlarga arteriyalar chiqadi. Dumg’aza bo’limida orqa aorta yirik–
yirik juft son va quymich arteriyalarini hosil qiladi va kichikroq dum arteriyasi
shaklida davom etadi. Nomsiz arteriyalar bo’yinning yon tomonlariga yetgach,
umumiy uyqu. o’mrov osti va ko’krak arteriyalariga bo’linadi. Yurakning o’ng
qorinchasidan umumiy o’pka arteriyasining tomiri chiqib, chap va o’ng o’pkalarga
venoz qonni olib boruvchi ikkita o’pka arteriyalariga tarmoqlanadi.
Gavdaning oldingi tomonidan kelgan venoz qon oldingi yo’g’on yoki ustki
kovak vena deb ataluvchi qon tomirlarda yig’ilib, o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi.
Oldingi kovak venalar uchta asosiy qon tomirlarining, ya’ni boshdan qon
olib keluvchi oldingi kardinal venalar, qanotlardan qon olib keluvchi o’mrov osti
venalari va katta ko’krak muskullaridan qon olib keluvchi ko’krak venalarining
qo’shilishidan vujudga keladi.
Gavdaning orqa qismidan keladigan qon yurakka tubandagicha quyiladi.
Kichkinagina dum venasidan qon ikkita buyrak qopqa venalariga quyiladi. Biroq
hamma buyrak qopqa sistemasida mayda kapillyarlarga bo’linmasdan, ularning bir
qismi buyrakdan qon tomirlari orqali o’tadi. Bu qon tomirlari buyrakdan chiqishi
bilan orqa oyoqlardan qon olib ketayotgan son venalariga qo’shilib, juft yonbosh
venani hosil qiladi. Yonbosh venalari bir–biriga qo’shilib, orqa kovak venani yuzaga
keltiradi. Ichki organlardan qon toq jigar qopqa venasiga qo’shiladigan figastel ichak
tutgich venasiga yig’iladi (bu vena qushlar uchun juda xaraktcrlidir). Ichak
tutgichdan venoz qonni olib keluvchi ichak usti venasi ichak tutgich vena bilan
qo’shilib,
Dostları ilə paylaş: