40 – rasm. Kaptar terisidagi
pteriliy
(1) hamda
apteriy
larining (
2
)
qorin va orqa tomonidan ko’rinishi.
Kichkina va yumaloq boshining uchidagi tumshuq asosan suyakdan tashkil
topgan bo’lib, uning ustini shoxsimon moddali qin qoplab olgan. Qushlarning
tumshug’i oziqlanish xarakteriga qarab turli–tuman shaklda tuzilgan bo’ladi.
Tumshug’i ustki va ostki tumshuqdan iborat. Ustki tumshug’ining
asosida burun
teshiklari bor. Kaptar, to’tiqushlar va kunduzgi yirtqich qushlarning tumshuqusti
asosidagi voskovitsa sezuvchi tanachalarga boy, bo’rtib chiqqan yumshoq teri bilan
qoplangan.
Katta ko’zlari boshining ikki yoniga o’rnashgan bo’lib.
ustki va pastki
qovoqlar hamda ko’zining oldingi burchagida pirpiratuvchi yumgich pardasi bor.
Ko’zlarining orqasida va bir oz pastroqda shakli o’zgargan kontur patlar bilan
qoplangan tashqi quloq kanalining teshigi joylashgan bo’lib, u quloqning nog’ora
pardasiga borib taqaladi. Nog’ora parda orqali ajralib turgan o’rta
quloq yoki
nog’ora bo’shlig’i og’iz bo’shlig’i bilan ingichka yevstaxiev nayi orqali qo’shiladi.
Bunga ishonch hosil qilish uchun nog’ora pardani nina bilan teshib,
undan qil
o’tkazilsa, uning uchi og’iz bo’shlig’idan chiqadi. Og’iz burchaklarini qaychi bilan
kesib, tumshuqni yon tomonlarga qayirib qo’ying va og’iz bo’shlig’ining tuzilishi
bilan tanishib chiqing. Og’iz bo’shlig’ida uchi ingichka til joylashgan bo’lib, uning
orqa qismi ovqatni yutishga yordam beruvchi o’simta popukchalar bilan qoplangan.
Tilning tubida atrofi uchta tog’ay bilan o’ralgan hiqildoq joylashgan. Hiqildoqdan
keyin halqum joylashgan bo’lib, undan qizilo’ngach boshlanadi.
Dum asosida dumg’aza bezi, uning tag qismida kloaka joylashgan.
Kaptaming orqa oyog’i ham boshqa qushlarniki singari son, boldir hamda uzun va
ingichka pixdan iborat. To’rtta barmoqlari shu pixga birikadi. Shu barmoqlardan
uchtasi oldinga va bittasi, ya’ni birinchi barmoq orqaga yo’nalgan.
Ma’lumki,
qushlarda katta hajmli
Dostları ilə paylaş: