tuyuladi. Shunday holni boshqa o'zb ek shoirlarining ko‘pgina
g ‘azallarida ham k o ‘rish m umkin.
G ‘azalning
kom pozitsion jihatdan
ikkinchi turi yakpora
g ‘azallardir. Yakpora so‘zi butun, yaxlit degan ma'nolami bildiradi.
Y akpora g ‘azallarda baytlararo m unosabat parokanda g ‘azallam ing
aksi b o ‘lib, m atla'da biror kechinm a yoki holat qalamga olinadi-da,
keyingi baytlarda ana shu kayfiyat va kechinma yoki u bilan bog‘liq
m asalalar izchil tasvirlanadi. Y akpora g ‘azallardagi har bir bayt
o ‘zidan avvalgi baytning bevosita davomi b o iib , g ‘azaldan biror
baytni olib tashlash ham, baytlam ing o ‘mini
almashtirish ham
mumkin emas. Agar shunday hoi sodir bo ‘lsa, baytlarni m antiqiy
jihatdan b o g ‘lab turgan ip uzilib, g ‘azal mazmunida g ‘alizlik yuzaga
keladi.
A lisher Navoiyning quyidagi g ‘azalini k o ‘rib chiqaylik:
Yordin ayru ко ‘ngul m ulkedurur sultoni yo ‘q,
M ulkkim sultoni y o ‘q, jism edururkim , jo n i yo ‘q.
Jism din jo n siz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qaro tufrog ‘dekdurkim, gulu rayhoni yo ‘q.
B ir qaro tufrog ‘kim, y o 'qdur gulu rayhon anga,
Ul qorong ‘u kechadekdurkim
,
m ahi toboni yo ‘q.
Ul qorong ‘u kechakim, y o ‘qdur m ahi tobon anga,
Zulmatedurkim, aning sarchashm ai hayvoni yo ‘q.
Zulmatekim, chashmai hayvoni oning bo ‘Imag ‘ay,
D o 'zaxedurkim, yo n ida ravzai rizv o n iyo ‘q.
D o 'zaxiykim, ravzai rizvondin ulg ‘ay noumid,
B ir xumoriydurkim, anda m astlig
‘
imkoni yo ‘q.
E y Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor
H ajrdin dardi va lekin vaslidin darm oni y o ‘q.
Ushbu g ‘azal baytlari orasidagi aloqani kuzatsak,
quyidagi holat
k o ‘zga tashlanadi:
1-bayt: a) Yorsiz ko‘ngil - sultonsiz mulk;
b) sultonsiz mulk - jonsiz j ism;
2-bayt: jon siz jism - rayhonsiz tuproq;
3-bayt: rayhonsiz tuproq - oysiz kecha;
4-bayt: oysiz kecha obi hayot chashmasi boMmagan zulmat;
12
5-bayt; obi hayot chashmasi bo‘lmagan zulmat - jannat bog‘idan
uzoq turgan, do ‘zaxiy;
6-bayt:
jannat
bog‘idan umidsiz do‘zaxiy - maysiz xumoriy;
7-bayt: lirik xotima: Navoiyning hajrdan dardi bor-u, lekin
vasldan darmoni yo‘q.
Ushbu g‘azalning markaziy masalasi «yordan ayru ko‘ngul»ni
tasvirlash. Shoir dastlab «yordan ayru ko‘ngul»ni sultonsiz mulkka
o'xshatadi. So‘ngra esa sultonsiz mulk jonsiz jismga, o ‘z navbatida
jonsiz
jism rayhonsiz qora tuproqqa, rayhonsiz qora tuproq oysiz
tunga, oysiz qora tun obi hayot bo ‘lmagan zulmatga, obi hayot
bo‘lmagan zulmat jannat bog‘idan yiroq do ‘zaxiyga, jannat
bog‘idan yiroq do‘zaxiy maysiz xumoriyga o ‘xshatilib, maqta'da
lirik xotima qilingan: oshiq (Navoiy) ning hajrdan dardi bor-u, lekin
vasldan darmoni yo‘q.
Ushbu g‘azal baytlari xuddi zanjir halqalari singari bog‘lanish
hosil qilgan. Bordiyu g ‘azaldan biror bayt olib tashlansa yoki
baytlaming о ‘mi
almashtirilsa, mazmuniy rishta zanjir halqalari
singari uzilib ketadi.
0 ‘zbek adabiyotida yakpora g ‘azallar Lutfiy ijodida shakllana
boshladi va Navoiy ijodida kamolga yetdi, keyinchalik go‘zal bir
an'anaga aylanib, Bobur, Mashrab, Munis, Ogahiy, Muqimiy,
Furqat va boshqa shoirlar tomonidan davom ettirildi.
G ‘azaliyotda yakporalikni yuzaga keltiruvchi xilma-xil vositalar
bor: shoir mantiqiy izchillikni ta'minlash uchun bir o ‘rinda biror
tushunchani g‘azal markaziga qo‘yib, uni har taraflama izchil
tasvirlasa, bir o ‘rinda savol-javob usuli
yoki tabiat tasviridan
foydalanadi, boshqa o ‘rinda esa turli poetik timsollarni ishga soladi.
Jumladan, Alisher Navoiyning yuqoridagi g‘azalida tadrij san'ati,
«Jong‘a chun dermen: «Ne erdi oMmagim kayfiyati?» deb
boshlanuvchi g‘azalida savol-javob usuli, «Har qachonkim kemaga
ul oy safar raxtin solur» deb boshlanuvchi g ‘azalida esa daryo bilan
bog‘liq timsollar mazmuniy yaxlitlikni yuzaga keltiruvchi asosiy
vosita bo‘lib xizmat qilgan.
Ayrim yakpora g ‘azallarda lirik qahramon kayfiyat va
kechinmalari muayyan hayotiy voqea bilan bog‘liq holda ham
tasvirlanadi. Bunday g‘azallarda boshqa yakpora g‘azallardan
farqli
13
o ‘Jaroq m ukam mal syujet boMadi. Yakpora g ‘azallar syujetli-
syujetsizligiga k o 'ra ham ikkiga bo'linadi:
1 .M usalsal g ‘azallar.
2. Voqeaband g'azallar.
M usalsal so ‘zi zanjirsimon degan ma'noni bildiradi. Istilohning
m a'nosidan ham k o ‘rinib turibdiki, musalsal g‘azallar deganda
baytlar mazmuni bir-biri bilan zanjirsimon bog‘langan, am m o
syujetga ega b o ‘lmagan g ‘azallar nazarda tutiladi. Y uqorida tilga
olingan N avoiyning liar uch g ‘azali ham musalsal g ‘azalning
yetuk
nam unalaridir.
V oqeaband
g ‘azallarda
lirik
qahramonning
kayfiyat
va
kechinm alari shu kayfiyat va kechinmalarni yuzaga keltirgan
m uayyan voqea bilan bog‘liq holda tasvirlanib, o ‘ziga xos tugun,
voqea rivoji va yechim m avjud b o ‘ladi. Alisher N avoiyning
quyidagi g ‘azalida bu holat k o ‘zga aniq tashlanadi:
Dostları ilə paylaş: