Obidjon karimov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/48
tarix29.07.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#137897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
Mumtoz she\'riyat janrlari. Karimov O

H ava xush erdiyu, ollim da bir qadah mayi nob,
Ichar edim vale g ‘amdin qadah-qadah xunob.
K i hozir erdi ushul sarvi nargisi maxmur,
Valek ra g 'mima qilm as edi q a d a h g ‘a shitob...
B u g ‘azalda k o ‘zim iz oldida bir voqea-lavha jonlanadi: 
xushhavo kunlardan biri. Lirik qahram on oldida bir qadah toza m ay 
turibdi. U maydan quyib ichadi, lekin u xunob. Chunki uning 
yonida o ‘tirgan yor aksiga olib shoir uzatgan qadahni olmaydi. 
Yom i m ay ich deyishga oshiqda ju r'at ham, y olg 'iz m ay ichm oqqa 
mayi ham , may ichmasdan turishga toqat ham yaq. Bu alam dan 
uning ichi qizil may to ‘la qadahga o ‘xshab qolgan, k o ‘z yoshlari esa 
m ay ustidagi pufakchalar singari dam-badaffi quyilib turibdi. 
O shiqning bu alamdan hushini y o ‘qotayotganini k o ‘rgan m a'shuqa 
oshiqqa azob berishni to ‘xtatib, qadahdagi mayni olib ichadi va yuz 
nozu ishva bilan oshiqqa ham qadah tutadi. Biroq bundan oldin 
yom ing m ay ichganini k o ‘rgan oshiq masti xarob bo‘lib qolgan edi. 
Zotan, m a'shuqa husnining qadah ko ‘zgusida jilv a qilishi oshiq 
uchun haqiqiy visol bo‘lib, visol chog'ida m ayxo‘r oshiq 
ko‘nglining xarob boMishi ajablanarli emas. Hijron azoblaridan 
qutulgan oshiq ushbu fursat uchun shukr qiladi.
14


Ushbu mufassal manzaradan ko‘rinadiki, g‘azalda mukammal 
bir syujet mavjud. Chunonchi:
I. Tugun: berahm ma'shuqaning may ichmasligi tufayli 
oshiqning qadah-qadah xunob yutishi.
II. Voqea rivoji: oshiqning yorga may tutishga jur'at qilolmay, 
ichi qonga to ‘lib, ko‘zyoshi to ‘kishi va oshiq ahvolini anglagan 
m a’shuqaning qadahdagi mayni ichib, so ‘ngra oshiqqa ham tutishi.
III. Yechim; ma'shuqaning may ichganini ko‘rgan oshiqning 
masti xarob b o ‘lib qolishi.
Voqeaband g‘azallaming o ‘zbek adabiyotida paydo bo‘lishi va 
inkishofi Alisher Navoiyning nomi bilan bog‘liqdir. Ulug‘ shoirning 
«Tun aqshom keldi ul gulrux kulbam sori shitob ay lab», « 0 ‘tgan 
kecha men erdimu ul siymtan erdi», «Dayr kuyida bugun asru alolo 
erdi» deb boshlanuvchi g‘azallari voqeaband g‘azallaming noyob 
namunalaridir. Keyinchalik Bobur, Ogahiy, Furqat kabi o ‘zbek 
shoirlari ham voqeaband g‘azallar rivojiga o ‘z hissalarini qo ‘shdilar. 
Lekin voqeaband g ‘azal yozish g ‘oyat murakkab bo‘lib, shoirdan 
juda katta mahorat talab qiladi. - Shuning uchun ham voqeaband 
g ‘azallaming soni Navoiy ijodida to ‘rt-besh atrofida bo ‘lsa, 
boshqalarda bir-ikkitadan ortmaydi, ko‘pchilik g‘azalnavis shoirlar 
esa umuman voqeaband g‘azallar yozgan emas. G ‘azal janri 
g ‘oyaviy-tematik jihatdan ham bir qator o ‘ziga xosliklarga ega. 
«G ‘azalda yetakchi masala sevgili jamolining zikri, sevgilining 
jamolini sifatlash hamda oshiqning kechinmalarini tasvirlashdir. 
Pand-nasihat she'rning boshqa turlarida zikr etiladi» - deb yozadi 
atoqli olim Qobul Muhammad. Biroq Qobul Muhammadning 
so‘zlari unchalik to ‘g ‘ri emas, chunki g ‘azal ishq-muhabbat bilan 
birga, falsafiy, axloqiy, may va boshqa mavzularda ham 
yozilavergan. G‘azal mavzu jihatidan g‘oyat rang-barang va 
mazmunga boydir. Atoqli navoiyshunos A.Hayitmetov o ‘zining 
«Navoiy 
lirikasi» 
nomli 
tadqiqotida g ‘azallaming quyidagi 
g‘oyaviy-tematik guruhlari borligini ko ‘rsatadi:
l.Ishqiy g‘azallar.
2.So‘fiyona g ‘azallar.
3.Мау mavzuidagi g ‘azallar.
4.Hajviy g‘azallar.
15


5.Falsafiy g ‘azallar.
6.V atanparvarlik mavzuidagi g'azallar.
7.Peyzaj, g ‘azallar.
0 ‘zbek adabiyotshunosligida g ‘azal haqida maxsus tadqiqoj 
yaratgan professor Odiljon N osirovning tasnifi ham m azkur tasnifga 
juda yaqin:
l.O shiqona g ‘azallar.
2 .0 rifo n a g-‘azallar.
3.R indona g ‘azallar.
4.H ajviy g ‘azallar.
5.A xloqiy-ta'lim iy g'azallar.
6.Peyzaj g ‘azallar.
7.Publitsistik g ‘azallar.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin