0 ‘rta asrlar Sharq adabiyotida qasida keng tarqalgan edi.
Podsholar va ular madhiga bag‘ishlangan haqiqatdan yiroq bo‘lgan,
maddohlik xarakteridagi qasidalar ko‘proq
saroy shoirlari ijodida
uchraydi. Progressiv sharq shoirlari ijodida qasida o ‘zgacha
xarakterda taraqqiy etgan. U ko‘proq shoirlaming ijtimoiy-falsafiy
qarashlarini bay on etuvchi janr sifatida yashadi. Bunday qarashlar
o ‘z xarakteriga ko‘ra ikki katta qismga ajraladi: a) maqtovlardan
holi falsafiy mazmundagi qasidalar; b) qasida masnu - san'atli, ya'ni
bezakli qasida. Falsafiy qasidalar arab adabiyotida paydo b o iib ,
keyinchalik boshqa xalqlar adabiyotida ham yuzaga keldi. Masalan,
Nosir Xisrav, Xoqoniy, Usmoniy Muxtoriy, Jomiy, Navoiy,
Fuzuliylar falsafiy qasidalaming ajoyib namunalarini yaratganlar.
Qasida
masnu esa Salmon Sovajiy, Sakkokiylar ijodida uchraydi.
Mavjud qasidalami mazmuniga ko ‘ra quyidagi turlarga ajratish
mumkin: a) qasidai bahoriyo - qasidaning nasib qismi yoki butunlay
o ‘zi bahor tasviri, bahor madhiga bag‘ishlangan qasidalar; b) qasida
xazoniya - nasib qismi yoki to ‘liq o ‘zi kuz fasliga bag‘ishlangan
qasidalar; v) qasidai hajviya - biror shaxs yoki voqea hajviga
bag‘ishlangan qasida; g) qasidai holiya - shoiming o ‘z hayoti va
kayfiyatlariga bag‘ishlangan b o‘lib, u ko‘pincha yashagan muhitdan
shikoyat qilgan; d) qasidai ishqiya
- ishqiy mavzudagi qasida, e)
qasidai hamriya - may haqidagi qasida. Qasidalar hajm jihatdan
katta bo‘Iib, qofiyalanish tartibiga ko‘ra g‘azalga o ‘xshaydi. Odatda,
qasida nasib, qurizgoh, madh (asosiy qism), qasd kabi qismlardan
iborat bo‘ladi. Qasida kirish (nasib) sez boshlangan bo‘lsa, qasidai
mahdud yoki qasidai muqtazam deb yuritiladi.
Odatda qasida kirish
(nasib yoki tashbib) bilan boshlanadi, keyin tasvir ob'ektiga o ‘tiladi,
oxirida duo hamda matlabining bayoni beriladi.
0 ‘tmishda podsholar va hukmdorlar, ulug‘ tarixiy voqealar,
tabiat manzaralari, may, ishqiy-muhabbat, shoiming o ‘zi
yashagan
muhitdan shikoyat yoki o ‘z fazilatlari haqida qasidalar yaratilgan.
Shuningdek, falsafiy qasidalar, hajviy qasidalar yozilgan. Progressiv
shoirlar o ‘z qasidalarida adolatli shohlar va ulug‘ kishilaming
fazilatlarini madh etishgan, o‘zlarining
hayot haqidagi qarashlarini
ifodalashga intilganlar. Ammo ayrim shoirlar hukmdorlarni
ko‘klarga ko‘tarib maqtab, ularga xushomadgo‘ylik qilishgan.
35
0 ‘zbek adabiyotida o ‘z qasidalari bilan shuhrat qozongan shofcp
Sakkokiy (XV asr) feodal hukm dorlardan Xalil Sulton nom iga bitt»
v a Mirzo Uhig‘bek nom iga to ‘rtta qasida, nufuzli ruhoniylar,
amaldor-lardan X oja M uham m ad Porsoga bir qasida, Arslon Xoj*
T arx
0
n g a to ‘rt qasida ba g ‘ishlagan.
A lisher Navoiym g H usayn Boyqaroga b ag'ishlab yozgaa
«Hiloliya»
nomli qasidasi va shuningdek, «Tuhfatul afkor#
(«Fikrlar sovg‘asi») nomli falsafiy qasidasi mashhur.
Sakkokiy «U lug‘bek m adhi» qasidasida shunday baytiarni
tuzadi:
Jahondin ketti tashvishu m abodiyi amon keldi,
X aloyiq aysh eting bu kun„ suru ri qovidan keldi.
Tan erdi bu ulus barcha a ningtek jo n i boryo y o 'q,
Bihamdillah, о ‘g ‘on fa z li bila ul tanga jo n keldi.
Hozirgi o ‘zbek shoirlari qasidani xalqimizni m adh etuvchi,
V atanni ulu g io v chi, ulug‘ ayyom kunlarini tarannum qiluvchi
jan rg a aylantirdilar. M aqsud Shayhzodaning «Toshkentnom a»,
Sulton Akbariyning «M ening m ahallam »,
Erkin V ohidovning
«O 'zbegim »,
Abdulla
O ripovning
«M en
nechun
sevaman
0 ‘zbekistonni» kabi asarlari yangi zamon qasidachiligining yaxshi
namunalaridir. Yangi qasidalarda an'anaviy qasidalam ing bir qator
«tem ir
qonunlari»
buzilib
zam onga
m oslashtirildi,
tasvir
im koniyatlari kengaytirildi. Shoir A bdulla O ripovning «M omo
oftob» she'r qasidasidan bir parcha:
Oftobim, shu munis zam inni zinhor
M ehru shafqatingdan etm a mosuvo.
D o ‘stlar safida sh o d tarona aytib,
M en ham dildan senga qilurm an xitob
Senga topinurman, ey momo oftob.
36