imkon beradi, chunki ochiq maydonlar bilan qorong'i zich daraxtli joylar orasidagi radiatsion harorat farqi 30°C ga yetadi, namlik esa 20 % bo'ladi. O'sirrtliklar (daraxtlar)ning asosiy vazifalaridan biri — soya hosil qilish, to'g'ri tushayotgan quyosh radiatsiyasini kamaytirish. Bu yerda daraxt turlarini tanlash muhim ahamiyatga ega: masalan, lipa. va kashtan daraxtlari soyasi shumtol (yasen) va oq akatsiyanikidan ikki marta zichroqdir. Soya rejimi quruq va issiq iqlimli O'zbekiston shaharlari uchun, ayniqsa, nuihimdir. Qulay sharoit yaratish uchun ko'chalar, parklar. xiyobonlami, ayniqsa, yoz davrida shamollatish ham muhim ahamiyatga ega. 153
Daraxtlarning juda zich holda ekili.shi parkda, xiyobcnda, ko'chada havo aylanishign qarshilik qiladi, bunday joylarda havo dim bo'ladi. Yashil massiv barglari ostidagi va ochiq joydagi havo harorati orasidagi farq quyoshli kunlarda massivning soya tushgan qismida mahalliy shamollami keltirib chiqaradi. Daraxtlarning bu xossasidan yaqin joydagi qurilish va turli xil maydonchalar va dam olish maskanlarini rejalashtirishda havoni almashtirish vositasi sifatida foydalanish kerak. Daraxtlarning Iiavo tarkibi va tozaligiga ta ’siri. M a’lumki, daraxtlar va butalar havodagi uglerod ikki oksidi gazini yutib, uni kislorod bilan boyitadi. Birgalikda daraxtlar bir soatda 8 kg karbonat angidridni yutadi, xuddi shuncha miqdordagi karbonat