Obodonlashtirish va transport


Istirohat bog'i yo'Ilari —



Yüklə 4,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/171
tarix19.08.2023
ölçüsü4,24 Mb.
#139918
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   171
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У

Istirohat bog'i yo'Ilari —
o'rm on istirohat bog'larini, shahar 
istirohat bog'larini, dam olish maskanlarini transport harakati bilan 
birlashtirish 
uchun 
mo'ljallanadi. 
Bunday 
yo'llar qurilishsiz 
joylardan, tabiat manzarasi bo'ylab o'tkaziladi va dam olish 
maskanlarini, sanatoriya, pansionat, mehm onxonalam i o'zaro 
bog'lash uchun xizmat qilib, ular uchun maxsus avtomobillarga 
to'xtab turish joylari ajratiladi. Istirohat bog'lari yo'Ilari yo'lovchi 
tashish transportlari va yengil avtomobillar uchun, bundan tashqari 
maxsus yo'laklarga ega velosipedlar harakati uchun xizmat qiladi.
Piyodalar harakati alohida yo'nalish bo'ylab yoki alleyalar 
bo'yicha istirohat yo'llariga yonma-yon loyihalanadi.
Bundan 
tashqari 
shahar 
yo'llariga 
yengil 
avtomobillar 
harakatiga mo'ljallangan bog' yo'llarini, turaijoy tumanlarida, 
jam oat markazlarida, istirohat bog'larida, sport majmualarida sayr 
qilish uchun piyodalarga mo'ljallangan yo'llar ham kiradi.
93


K o'cha va yo'llam ing um um iy kengligi-qurilish 
chizig'i 
orlig'idagi masofaga, mavjud bino va inshootlam ing balandligiga, 
ko'kalamzorlashtirish 
xususiyatiga, 
piyodalar 
yo'laklarining 
kengligiga, yer osti inshootlarini joylashtirish uchun ajratilgan 
texnik polosalar kengligiga va boshqa omillarga bog'liq.
K o'cha qatnov qismining va piyoda yo'laklarining kengligi, 
mazkur joyda istiqbolda kutiladigan harakat tarkibi va hajmidan 
kelib chiqqan holda, eng katta tiqilinch holatlari paydp bo'lishini 
hisobga olgan holda qabul qilinadi. Qatnov qismi kengligini to'g 'ri 
qabul 
qilish 
yangi 
shaharlami 
qurishda, 
eski 
magistrallami 
rekonstruksiya qilishda juda katta texnik-iqtisodiy ahamiyatga 
egadir. Qadimdan shakllanib kelayotgan shaharlarda esa bu 
m uam m oni yechish juda katta kapital mablag'ni talab etadi. 
Qatnov qismlarini va chorrahalarni haddan tashqari keng ham qilib 
yubormaslik kerak. Bu narsa aksincha, chorrahalarni piyodalar va 
transport vositalari tom onidan kesib o'tish masofasini oshirib, 
natijada, chorrahaning o'tkazish qobiliyatini pasayishiga ham olib 
kelishi mumkin.

Yüklə 4,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin