Obodonlashtirish va transport


Umumshahar ahamiyatidagi magistral ko'chalar



Yüklə 4,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/171
tarix19.08.2023
ölçüsü4,24 Mb.
#139918
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   171
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У

Umumshahar ahamiyatidagi magistral ko'chalar.
Shaharlarda asosiy harakat tizimini tashkil qiladi. Bunday 
ko'chalar eng qisqa masofalar orqali um um shahar miqyosidagi 
obyektlarni: turarjoy tum anlarini sanoat zonalari bilan va boshqa 
xizmat joylari, dam olish maskanlari, um um shahar markazlari bilan 
o'zaro bog'laydi.
U m um shahar ahamiyatidagi magistral ko'chalar asosiy tu rar­
joy rayonlarini 
shahar markazi orqli tashqi transport (tem iryo'l, 
avtovokzallar va aeroport) bilan va tezkor yo'llar bilan bog'laydi.
U m um shahar ahamiyatidag i magistral ko'chalarda qatnov 
qismining o'qlariga nisbatan egrilik radiusi 400 m bo'lib, eng katta 
bo'ylam a qiyalik 
5 %ni tashkil etadi. Tog'li va qiyin sharoitli 
joylarda, rekonstruksiya qilinayotgan shaharlarda bo'ylam a qiyalik 6 
%gacha bo'lishi mumkin.
U m um shahar ahamiyatidagi magistral ko'chalarda hisobiy 
tezlik 80—100 km /sni tashkil etadi.
90


Harakati boshqariladigan um um shahar miqyosidagi magistral 
ko'chalarda chorrahalar orasidagi masofa kamida 500 m bo'lishi 
lozim. Um um shahar ahamiyatidagi magistral ko'chalarga tum an 
miqyosidagi yoki mahalliy ko‘chalaming qo'shilgan joylari orasidagi 
masofalar ham kamida 300—500 mni tashkil etadi.
Tuman ahamiyatidagi magistral ko'chalar.
Shaham ing ikkita yoki undan ortiq turarjoy tum anlarini, 
sanoat zonalari guruhlarini yoki alohidagi korxonani bir nechta 
turarjoy tumanlari bilan yoki mahalliy dam olish zonalari bilan 
bog'laydi.
Tum an ahamiyatidagi magistral ko'chalar soatiga 300 dan 1500 
gacha avtomobillami o'tkazish qobiliyati bilan xarakterlanadi.
Tum an ahamiyatidagi 
magistral 
ko'chalar yana turarjoy 
tumanlarini shahar ahamiyatidagi magistrallar bilan yoki bevosita 
sanoat tumanlari bilan bog'lash uchun loyihalanadi.
Tum an ahamiyatidagi magistral ko'chalarda qatnov qismining 
o'qlariga nisbatan egrilik radiusi 250 m bo'lib, eng katta bo'ylam a 
qiyalik 6% ni tashkil etadi. Tum an ahamiyatidagi magistral 
ko'chalarda hisobiy tezlik 80 km /s ni tashkil etadi.

Yüklə 4,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin