K o'chaning qatnov qismi bir yoki bir nechta lentadan iborat
bo'ladi. Lentaning kengligi ko‘cha kategoriyasidan kelib chiqqan
holda 3-^3,75 m ni tashkil etadi.
Y o'llar ko‘chalardan farqli o'laroq, transport yoki piyodalar
harakatini bir manzildan ikkinchi bir manzilga bog‘laydi, ya’ni
yo'llar, qatnov qismi bilan obochinadan iborat.
K o'cha yoki yo'lning qatnov qismi yer polotnasi (maxsus
tayyorlangan ko'tarm a yer) va yo'l qoplamasidan iborat bo'ladi.
Yo'l qoplamasi
transport
harakati uchun xavfsiz va qulay
harakatlanishni ta ’minlagan holda, mustahkam, ustuvor, umrboqiy,
shovqin chiqarmaydigan va suv o'tkazmaydigan bo'lishi lozim.
K o'cha-yo'l qurilishi uchun katta kapital mablag' talab etilib,
qatnov qismining kengligini to'g'ri aniqlash va qoplama turini
tanlash katta ahamiyatga egadir.
Yo'l qoplamasining turi har bir ko'cha yoki yo'l uchun
transport harakatining istiqboldagi harakat hajmiga, transport
turlari va hisobiy yuklanishga, iqlimiy va gidrogeologik sharoitlarga,
joyning
relyefiga,
mahalliy
qurilish
materiallari
bazasining
mavjudligiga
va
ishlarni
yuqori
darajada
mexanizatsiyalash
imkoniyatlariga bog'liqdir.
3 .5 . S h a h a rs o z lik d a k o ‘ ch a va y o ‘lla r to ifa la ri
Barcha turdagi shahar transportining jadalligi va tezligining
ortishi bilan shaharlarda transport tarm og'i uchun yangicha talablar
qo'yadi. Katta bo'lmagan kvartallardan iborat shaharlarimizda
devarli bir xil shaklda o'tkazilgan ko'cha-yo'l tarmoqlari bugungi
kun transport talablariga javob bera olmaydi.
K o'cha va yo'l tarmoqlarini toifalashtirish transport oqimini
jadal ravishda o'tkazish imkonini beruvchi sharoit yaratishga imkon
beradi. Quyida shahar ko'cha va yo'l tarmoqlarining toifalari
keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: