Alohidagi bino yoki inshootga, xo'jalik maydoniga bir tomonlama harakatda qatnov qismi 3,5 m qabul qilinadi. Ko"p qavatli turaijoy binolari guruhiga ikki tomonlama harakatda qatnov qismi 5,5 m qabul qilinadi. . 3.26-rasm. Mikrorayon ichki hududida ichki qatnov qismlarida transportlar uchun ajratiladigan maydonlar. 120
3,5 m li ichki ko'chalarda har ICO m da cni qatnov qismi bilan birgalikda 6 m, uzunligi 5 m bo‘lgan o'tkazish maydonlari mo'ljallanadi. Ichki ko'chalarning uzunligi 50 m dan oshib ketmasligi kerak, bu narsa' uylaiga avtomobillarni kelishini va ulami mikrorayon ichidagi harakatini ko'paytirib yuboradi. Boshi berk ichki ko'chalar o'lchami 8x8 m yoki radiusi kamida 10 m bo'lgan burilib olish maydonchasi bilan tugashi lozim (3.26-rasm ). Ichki ko'chalar turaijoy va jamoat binolari devoridan kamida 5 m uzoqlikda joylashishi lozim va har bir kirish joyiga alohida yo'lak kiritilishi kerak. Uylar oldida daraxt va bo'talar maxsus (yong'inga qarshi) transpoitlarga xalaqit bermaydigan holatda ekiladi. Trotuarlar kengligi kamida 1,5 m qilib, ulaming burilish radiuslari kamida 5 m qilib loyihalanadi. Mikrorayon ichiga kiruvchi yo'laklarning biri-biridan oralig'i 300 m dan oshmasligi lozim, murakkab perimetrial rejalashtirishda esa 180 m dan oshmasligi kerak. Ichki yo'laklar sirtida eng kichik hisobiy krinish darajasi 40 m va qarama-qarshi avtomobil uchun kamida 80 m, bo'ylama nishablik 80 %dan oshmasligi lozim.