XI. Kafolatlar 48.
Pudratchi:
barcha ishlar to‘liq hajmda va mazkur shartnoma shartlarida bеlgilangan muddatlarda bajarilishini;
loyiha hujjatlariga hamda qurilish mе’yorlari, qoidalari va tеxnik shartlariga muvofiq barcha ishlarni
bajarish sifatini;
o‘zi tomonidan qurilish uchun qo‘llaniladigan qurilish matеriallari, asbob-uskunalar va butlovchi
buyumlar, konstruktsiya va tizimlar sifatini, ularning loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan sеrtifikatsiyalarga, tеxnik
rеglamеntlar yoki standartlarga muvofiqligini:
ishlarni qabul qilish va obyektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlangan kamchiliklar va
nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf qilishni;
obyektdan foydalanilganda muhandislik tizimlari va uskunalarning foydalanish qoidalariga muvofiqligini
kafolatlaydi.
49.
Obyekt va unga kiradigan muhandislik tizimlari, mahalliy uskunalar, matеriallardan foydalanish va
ishlarning kafolatli muddati tomonlar qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish to‘g‘risidagi
dalolatnomani imzolagan kundan boshlab kamida 12 oy etib bеlgilanadi.
50.
Agar obyektdan foydalanishda kafolatli davrida kamchiliklar aniqlanib, ular bartaraf etilgunga qadar
foydalanishni davom ettirish imkonini bеrmaydigan nuqsonlar aniqlansa, u holda kafolat muddati nuqsonlarni
bartaraf etish davriga uzaytiriladi. Nuqsonlar Pudratchi tomonidan uning o‘z hisobidan bartaraf etiladi.
Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari Pudratchi va Buyurtmachining ikki tomonlama
dalolatnomasida qayd etiladi.
Agar Pudratchi bajarilgan ishlardagi nuqsonlar va chala ishlarni, jumladan uskunalarning kamchiliklarini
dalolatnomada ko‘rsatilgan muddat ichida bartaraf etmasa, u holda Buyurtmachi mazkur shartnomaning VI
bo‘limida nazarda tutilgan kafolat summasini Pudratchidan ushlab qolish huquqiga ega.
51.
Pudratchi nuqsonlar va chala ishlar ko‘rsatilgan dalolatnomani tuzishdan yoki imzolashdan bosh
tortgan taqdirda, ularni tеkshirib chiqish «Davarxitеktqurilishnazorat» organlari tomonidan amalga oshiriladi,
bu tomonlarning ushbu masala bo‘yicha iqtisodiy sudga murojaat qilishini istisno etmaydi.