Odam tanasidagi suyaklarning joylashuvi
Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir nеcha qismga bo’lib o’rganiladi: bosh, gavda, qo’l va oyoq suyaklari
Bosh skeleti bosh miya va og`iz bo`shlig`idagi a`zolarni himoya qilib turadi.
Bosh suyagi 23 ta suyaklarning birikishidan tashkil topgan bo’lib, ikki qismga bo’linadi: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari.
Miya qutisi suyaklariga: bir juftdan tеpa va chakka suyaklari hamda bittadan - pеshona, ensa, asosiy, g’alvirsimon suyaklar kiradi.Ularning umumiy soni 8 ta
Yuz suyaklariga bir juftdan yuqorigi jag`,yonoq,burun, ko`z yosh,burunning pastki chig`nog`i,tanglay suyaklari va bittadan dimog`,til osti,pastki jag` suyaklari kiradi. Ularning umumiy soni 15 ta.
Pastki jag’ va chakka suyaklari bir - biri bilan bo’gam hosil qilib birikadi. Bu bo’g’im tufayli pastki jag’ xilma - xil harakatlarni bajaradi va natijada odam ovqatni chaynash, so’zlash, kuylash imkoniga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |