suyagining bo’g’im va boylamlari; ichkaridan ko’rinishi. (Frontal kesim, ensa suyagining orqa qismi va I – V bo’yin umirtqalari olib tashlangan.) 229. Ensa suyagi va bo’yin umirtqalarining boylamlari; ichkaridan ko’rinishi. o’siqlarining uchlarini bir biriga birlashtiruvchi
juft boylamlar bo’lib, umirtqaning shu
boylamga nisbatan qarama-qarshi tomonga
ko’p egilishidan saqlaydi. Bo’yin soxasida ular
ikkitadan bo’lishi yoki bo’lmasligi ham
mumkin.
Bel-dumg’aza bo’gimi Bel-dumg’aza bo’gimi, articulatio lumbosacralis (ras. 224, 261), dumg’azaa asosi
va V bel umirtqasi orasida hosil bo’ladi.
Bo’g’im shakli o’zgargan, keng bo’shliqli
umirtqalararo disk bo’lib, o’lcham jihatidan
yuqoridagi disklarga nisbatan kattadir (ras.
261). Yuqoridan va pastdan bo’shliq
umirtqalar tanasini qoplab turuvchi gialin
tog’ayigacha cho’zilgan.
Bu bo’g’imning diskining oldingi qirg’og’i
nisbatan baland bo’lib, dumg’aza va V bel
umirtqasining oldingi pastki qirg’og’i bilan
birgalikda oldinga turtib chiqib turuvchi burinni
hosil qiladi (ras. 224).
Bel-dumg’aza bo’g’imi asosan yonbosh
chuqurchasining orqa tomoni va yonbosh
qirrasining orqa uchdan bir qismidan boshlanib,
V bel va I dumg’aza umirtqa tanalarining
oldingi yonbosh qismiga brikuvchi - yonbosh-
umirtqa boylami,
lig. iliolumbale (ras. 259,
260), bilan mahkamlangan. Bundan tashqari
bo’g’im umirtqalarning oldingi va orqa
qismidan mos ravishda pastka yo’nalgan
oldingi va orqa boylamlar bilan ham
mustahkamlangan.
Dumg’aza-dum bo’g’imi Dumg’aza-dum bo’g’imi. articulatio sacrococcygea, V dumg’aza va I dum
umirtqalarining
keng
bo’shliqli
shakli
o’zgargan umirtqalararo disk bilan brikishidan
hosil bo’ladi (ras. 224, 261).
Bu
bo’g’imni
quyidagi
boylamlar
mustahkamlab turadi (ras. 224, 259, 260):
1.