ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
Kaftusti-kaft bo’g’imlari Kaftusti-kaft bo’g’imlari, articulationes tarsometatarseae (ras.
279),
Kaftusti
suyaklarini kaftsuyaklari bilan briktiradi. Uchta
Kaftusti-kaft bo’g’imlari farqlanadi: 1) medial
ponasimon suyak va I kaft suyaginin orasida; 2)
oraliq va lateral ponasimon hamda II va III kaft
suyaklarining orasida; 3) kubsimon va IV – V
kaft suyaklarining orasida. Medial ponasimon
va I kaft suyaklarning bo’g’im yuzasi kam
rivojlangan
egarsimon
shakilda,
qolgan
bo’g’imlar esa – yassi bo’g’im yuzasiga ega.
Kaftusti-kaft bo’g’imi bo’g’im yoriqlari bir
tekislikda joylashmagan bo’lib, II kaft suyagi
qolganlariga
nisbatan
uzundir,
lateral
ponasimon suyak kubsimon suyakning oldingi
qismiga nisbatan ozgina oldiroqqa chiqib
turadi.
Xar bir Kaftusti-kaft bo’g’imining bo’g’im
kapsulasi, bo’g’im tog’ayining qirg’oqlari
bo’ylab brikadi. Uni quyidagi boylamlar
mustahkamlaydi.
1. Orqa (teskari yuzadagi) kaftusti-kaft
boylamlari, ligg.tarsometatarsea dorsalia (ras.
277), Bo’g’imning orqa yuzasida joylashgan.
2. Oldingi (kaft yuzasidagi) kaftusti-kaft
boylamlari, ligg. tarsometatarsea plantaria, kaft
yuzasida joylashgan.
3. Suyaklararo kaft boylamlari, ligg.
metatarsea interossea, kaft suyaklarining
asoslarini o’zaro birlashtiradi (ras. 279).
4. Suyaklararo ponasimon-kaft boylamlari,
ligg. cuneometatarsea interossea (ras. 279),
ponasimon suyaklarni kaft suyaklari bilan
birlashtiradi. Shu boylamning medial tomonda
joylashgan
tutamlari
medial
ponasimon
suyakni II kaft suyagining asosi bilan
birlashtiradi va kaftusti0kaft bo’g’imining
,,kaliti” bo’lib xisoblanadi. Bu bo’g’imlar
kamxarakat bo’g’imlat tipiga kiradi.