Odam anatomiyasi


 Ynoq suyagi, os zygomaticum, o’ng



Yüklə 10,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/160
tarix06.09.2023
ölçüsü10,25 Mb.
#141763
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160
ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)

100. Ynoq suyagi, os zygomaticum, o’ng. 
A – tashqaridan ko’rinishi Б – ichkaridan 
ko’rinishi

101. Yanoq suyagining topografiyasi. 
 
 
axillaris, 
ni hosil qiladi. Suyakning ko’zkosasi 
yuzasida 
yanoqko’z 
kanali, 
foramen 
zygomaticoorbitale, 
joylashib, 
suyakning 
ichida ikkita kanalchaga bo’linagi. Bu 
kanalning bir shoxisuyakning oldingi yuzasiga 
yanoqyuz teshigi, foramen zygomaticofaciale, 
sifatida, boshqasi – yanoq suyagining chakka 
yuzasiga 
yanoqchakka 
teshigi, 
foramen 
zygomaticotemporale,
(bu kanallardan nervlar 
o’tadi). Bu yuzada ko’pincha ko’z chiqiligi, 
eminenria orbitalis,
ko’rinadi. 
Yanoq suyagining orqa burchagidan chakka 
o’simtasi, 
processus temporalis,
chiqadi. U 
chakka suyagining yanoq o’simtasi bilan 
chakka-yanoq 
choki, 
sutura 
temporozygomatica,
orqali brikadi (ras. 49) va 
yanoq ravog’i, arcus zygomaticus, ni hosil 
qiladi. 
Pastki jag’ 
Pastki jag’,
mandibula
, (ras. 102-106; ras46-
51), toq,bosh qutusini yuz qismining pastki 
qismini xosil qiladi. Suyakda tana va shoxlar 
deb ataluvchi (tananing orqa oxiridan yuqoriga 
yo’nalgan) ikkita o’simta mavjud. 
Tana, corpus, o’rta chiziqda hayotning 
birinchi yilida bitishib ketuvchi ikki qismdan 
(iyakosti simfizi, 
symfhysis mentalis
) iborat. 
Xar bir qism do’ngligi tashqariga qaragan 
holatda egilgan. Uning balandligi, enidan ko’ra 
kattaroq. Tanada pastki qirg’oq – pastki 
jag’ning asosi, 
basis mandibulae, 
va yuqorigi – 
alveolyar qism, 
parsa alveolaris, 
mavjud. 
Tananing tashqi yuzasida, uning markaziy 
qismida, kichikroq iyak do’mboqchasi, 
tuberculum 
mentale,
joylashgan. 
Bu 
do’mboqchadan tashqari va yuqoriroqda iyak 
teshigi, 
foramen mentale,
(tomir va nervlarning 
chiqish joyi) joylashgan. Bu teshikning 
joylashgan joyi ikkinchi kichik tishning 
ildiziga mos keladi. Iyak teshigidan orqada 
yuqoriga qarab qiyshiq chiziq, linea obliqua, 
bor bo’lib yo’nalishi davomida pastki jag’ 
shoxini oldingi qirg’og’iga davom etadi. 
Alveolyar qismning rivoji undagi tishlar 
soniga bog’liq. 
Bu qism yupqalashgan va o’zida alveolyar 
chiqiqlik, 
juga alveolaria,
saqlaydi (ras. 102). 
Yuqoridan u erkin yoysimon qirg’oq – 
alveolyar ravoq, 
arcua alveolaris,
bilan 
chegaralangan (ras. 104). Alveolyar ravoqda 16 
(xar bir tarafda 8 tadan) ta tish alveolaralri, 
alveoli dentales
, (ras. 104), bir biridan 
alveolalar aro to’siq, 
septa interalveolaria,
bilan ajiralgan holatda joylashgan. 
Pastki jag’ tanasining ichki tarafida(ras. 105), 
markaziy chiziqqa yaqin joyda, yakka yoki
ikkiga ajiralgan iyak qiltig’i
, spina mentalis,
(iyak-tilosti 
va 
iyak-til 
muskullarining 
boshlanish joyi) joylashgan. Uning pastki 
tomonida chuqurlik – ikkiqorinchali chuqurcha, 
fossa digastrica, bor bo’lib, u yerga ikki 
qorinchali muskul brikadi. Pastki jag’ tanasini 
ichki lateral yuzasida, pastki jag’ shoxiga 
tomon yo’nalgan chiziq – jag’-tilosti 
chiziqchasi, 
linea mylohyoidea
, (bu yerdan 
jag’-tilosti muskuli va halqum yuqorihi 
konstriktorining jag’-halqum qismi brikadi) 
yotadi. 
Jag’-tilosti chizig’idan yuqoriroqda, tilosti 
qiltig’iga yaqin joyda, tilosti chuqurchasi, 
fovea 
sublingualis,
- tilosti bezining joylashgan o’rni, 
joylashgan. Bu chiziqdan pastroqda va 
orqaroqda esa – ko’pincha sust ko’rinuvchi 
pajtki 
jag’osti 
chuqurchasi, 
fovea 
submandibularis,
jag’osti bezining o’rnashgan 
o’rni, mavjud. 
Pastki jag’ning shoxlari, 
ramus mandibulae,
(ras. 102, 106), pastki jag’ tanasini orqa 
oxiridan yuqoriga va qiyshiq holda orqaga 
yo’nalib, tananing pastki qirg’og’i bilan 
burchak - pastki jag’ burchagi, 
angulus 
mandibulae,
ni hosil qiluvchi, keng suyak 
plastinkadan tashkil topgan. 
Shox ichki yuzasining markazida pastki 
jag’ning 
teshigi, 
foramen 
mandibulae,
joylashib, ichkari va oldindan kichikroq suyak 
chiqiqligi – pastki jag’ tilchasi, 
lingula 
mandibulae, 
bilan chegaralangan. Bu teshik 
o’zidan tomir va nervlar o’tuvchi kanal – pastki 
jag’ kanali, 
canalis mandibulae,
ga davom etadi 
(ras. 102). Kanal pastki jag’ning g’avoksimon 
bo’lgan ichi bo’ylab o’tadi. Pastki jag’ 
tanasining oldingi yuzasiga bu kanal – iyak 
teshigi, 
foramen mentale,
sifatida ochiladi. 
Pastki jag’ teshigidan pastda va oldinda, 
qanotsimon(patsimon) 
g’adir 
budurning 
yuqorisidan, jag’-yilosti egatchasi, sulcus 
mylohyoideus (bu yerda shu nomli tomir va 
nervlar yotadi) o’tadi. Ba’zan bu egat suyak 
plastinkasi bilan qoplanadi va kanalga aylanadi.
Pastki jag’ shoxining yuqorigi oxirida o’yma - 
pastki jag’ o’ymasi, 
incisura mandibulae,
bilan 
ajiralgan ikkita o’simta joylashgan. Oldingi 
tojsimon o’siq, 
processus coronoideus,
ning 
ichki tomonida ko’pincha chakka muskuli 
yopishishi uchun g’adir-budurlik bor. Orqa, 
bo’g’im o’simtasi, 
processus condylaris,
pasti 
jag’ boshchasi, 
caput mandibulae,
bilan 
yakunlanadi. Bo’g’im o’simtasi chakka suyagi 
bilan chakka-pastki jag’ bo’g’imi, 
articulatio 
temporomandibularis, 
ni 
hosil 
qilishda 
qatnashuvchi ellipsimon bo’g’im yuzasiga ega. 
Pastki jag’ boshchasi, pastki jag’ bo’yincha, 
collum mandibulae,
si orqali tanasiga bo’g’im


Страница | 52
o’sig’iga birlashadi. Bo’yinchaning ichki 
aylanasida 
qanotsimon 
chuqurcha, 
fossa 
pterygoidea, 
- lateral qanotsimon muskulning 
brikish joyi, yaxshi ko’rinadi. 

Yüklə 10,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin