Odam anatomiyasi


 yuqorigi jag’ning topografiyasi



Yüklə 10,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/160
tarix06.09.2023
ölçüsü10,25 Mb.
#141763
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   160
ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)

 
92. yuqorigi jag’ning topografiyasi. 
91. yuqorigi jag’, maxilla, o’ng. (oldingi 
tashqi yuza.) 
Yuqorigi jag’ tanasining oldingi yuzasi ichkari 
va oldinga burun tomon yo’nalib o’tkir tomon 
– burun o’ymasi, 
incisura nasalis,
ni hosil 
qiladi. O’ymaning pasida oldingi burun qiltig’i, 
spina nasalis anterior, 
yakunlanadi. Ikkala 
yuqorigi jag’dagi bu o’ymalar birlashib burun 
bo’shlig’iga olib kiruvchi noksimon apertura, 
apertura piriformis
, ni hosil qiladi. 
Yuqorigi jag’ning burun yuzasi, 
facies 
nasalis,
(ras. 93), murakkab tuzulgan. Uning 
orqyuqorigi burchagida teshik – yuqorigi jag’ 
pazuxasiga olib boruvchi yuqorigi jag’ 
darasi(yo’li), hiatus maxillaris, joylashgan. Bu


Страница | 48
93. Yuqorigi jag’, maxilla, o’ng; 
ichkaridan ko’rinishi. 
94. Yuqorigi jag’, maxilla, o’ng. (oldingi 
tashqi 
yuza). 
(Alveolyar 
kanallar 
ochilgan.) 
95. Yuqorigi jag’lar, maxillae; pastdan 
ko’rinishi. 
yo’ldan orqaroqda notekkis burun yuzasi 
tanglay suyagining perpendikulyar plastinkasi 
bilan chok hosil qiladi. Bu chokning yonidan 
ya’ni yuqorigi jag’ning burun yuzasida 
joylashgan egatcha katta tanglay egatchasi, 
sulcus palatinus major
, vertikal holatda o’tadi. 
U katta tanglay kanali, 
canalis palatinus major,
devorining bir qismini hosil qiladi. Yuqorigi 
jag’ yo’lining oldingi tomonidan ko’zyosh 
egatchasi, 
sulcus lacrimalis,
o’tadi va bu 
egatcha oldindan yuqorigi jag’ning peshona 
o’sig’I bilan chegaralangan bo’ladi. Ko’zyosh 
egatchasiga yuqoridan ko’zyosh suyagi, 
pastdan – pastki chig’anoqning ko’zyosh 
o’simtasi tegib turadi. Burun yuzasining yanada 
oldirog’ida pastki burun chig’anog’i briuvchi 
gorizontal chiqiqlik – chig’anoq qirrasi, crista 
conchalis, joylashgan. 
Burun yuzasi yuqorigi tomonida peshona 
o’sig’I, processus frontalis, jaylashgan. Unda 
medial (burun) va lateral (yuz) yuzalari bor. 
Lateral yuzani oldingi ko’zyosh qirrasi, 
crista 
lacrimalis anterior,
ikkita qism(uchastka) ga 
bo’ladi. Orqa qism pastda ko’zyosh egatchasi, 
ga o’tadi. Orqa qismni ichki tomondan 
chegarasi bo’lib ko’zyosh tomoni, margo 
lacrimalis, xizmat qiladi va u ko’zyosh suyagi 
bilan brikib ko’zyosh-yuqorigi jag’ choki, 
sutura lacrimomaxillaris
, ni hosil qiladi. 
Medial yuzadan oldindan orqaga tomon 
g’alvirsimon qirra, 
crista ethmoidalis,
o’tadi. 
Burun 
o’simtasining 
yuqorigi 
tomoni 
tishlashgan va peshona suyagining burun 
o’sig’i bilan birlashib peshona-yuqorigi jag’ 
choki, 
sutura frontomaxillaris,
ni hosil qiladi. 
Burun yuzasining oldingi tomoni burun suyagi 
bilan birlashib burunyuqorigi jag’ choki, sutura 
nasomaxillaris, ni hosil qiladi (ras.49). 
Tanglay o’simtasi, 
processus palatinus,
(ras. 
93, 95), gorizontal joylashgan suyak 
plastinkadan tashkil topgan bo’lib, yuqorigi 
jag’ tanasi burun yuzasini pastki tomonidan 
chiqib ichkariga tomon yo’naladi va tanglay 
suyagini gorizontal plastinkasi bilan burun va 
og’iz bo’shlig’i orasidagi suyakli to’siqni hosil 
qiladi. Ikkala yuqorigi jag’ suyagi tanglay 
o’simtasining ichki notekkis yuzalari bir biri 
bilan birlashib o’rta tanglay choki
, sutura 
palatina mediana,
ni hosil qiladi.


Страница | 49
O’rta tanglay chokida, tanglay o’simtalari 
burun bo’shlig’i tomonga qaragan o’tkir 
chiqiqlik – burun qirrasi
, crista nasalis, 
ni hosil 
qiladi va bu qirraga dimoqning pastki tomoni va 
burunning tog’ay to’sig’i brikadi. Tanglay 
o’simtasining orqa tomoni tanglay suyagi 
gorizontal plastinkasining oldingi tomoniga 
tegib turadi va u bilan tanglayning ko’ndalang 
choki, 
sutura palatina transversa, 
ni hosil 
qiladi. Tanglay o’sig’ining yuqorigi yuzasi 
silliq va sal botiqroq. Pastki yuzasi g’adir-
budur, uning orqa oxiriga yaqinroq joyda bir 
biridan kichikroq tanglay qiltig’i, 
spinae 
palatini, 
orqali ajiralib turuvchi ikkita tanglay 
egatchasi, 
sulci 
palatini,
joylashagan 
(egatchada tomir va nervlar yotadi). O’ng va 
chap tanglay o’simtasi o’zlarining oldingi 
yuzasi bilan ovalsimon shakilda kesuvchi 
chuqurcha, 
fossa incisiva,
ni hosil qiladi. 
Chuqurchaning tubida kesuvchi kanal, 
canalis 
incisivus,
ga ochiluvchi kesuvchi teshik, 
foramina incisiva
, (ular ikkita) joylashadi, bu 
kanal esa burun bo’shlig’ida shu nomli teshik 
bilan yakunlanadi. Kanal o’simtalarning birida 
joylashgan bo’lishi xam mumkun, bu xolatda 
esa ikkinchi o’simtada kesuvchi egatcha 
joylashadi. Kesuvchi huqurcha joylashgan joy, 
tanglay o’simtalaridan kesuvchi chok, 
sutura 
incisiva, 
bilan ajiralib turadi; bu holatda 
kesuvchi 
suyak, 
os 
incisivum,
hosil 
bo’ladi.(ras95, 123). 
Alveolyar o’simta, processus alveolaris, (ras. 
91, 95), rivojlanishi tishlarning rivoji bilan 
bog’liq bo’lib, yuqorigi jag’ tanasidan pastga 
qarab chiqadi va bo’rtgan joyi oldinga, 
tashqariga qaragan yoy shaklini oladi. Bu 
joyning pastki yuzasi – alveolyar yoy, 
arcus 
alveolaris
, deb ataladi. Unda yo’ldoshchalar – 
tishlar alveolasi, alveoli dentales, joylashib, xar 
tomonda 

tadan 
tishlar 
ildizining 
joylashadigan 
joyi 
bo’lib 
hisoblanadi. 
Alveolalar bir biridan alveolalararo to’siq, 
septa interalveolaria,
bilan ajiralib turadi. Bir 
qancha alveolalar o’z navbatida ildizlararo 
to’siq, 
septa 
interradicularia,
bilan 
chegaralanib, kichik yacheykachalarni hosil 
qiladi va yacheykachalar soni tish ildizlarining 
soniga teng bo’ladi. 
Oldingi alveolalarning beshtasiga tegishlicha 
beshta bo’ylama alveolyar chiqiqlik, 
juga 
alveolaria, 
bor. Alveolyar o’siqning bir qismi 
va oldingi ikki alveola xomilada aloxida 
kesuvchi suyak, 
os incisivum,
da joylashib, bu 
suyak erta yuqorigi jag’ning alveolyar 
o’simtasiga qo’shilib ketadi. ikkala alveolyar 
o’simta brikadi va yuqorigi jag’aro chok, sutura 
intermaxillaris, ni hosil qiladi. 

Yüklə 10,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin