YUQORIGI ERKIN TUGASHNING BO’G’IMLARI (QO’L ERKIN QISMINING BO’G’IMLARI). Yelka bo’g’imi Yelka bo’g’imi, articulatio humeri (ras. 241 –
246), kurakning bo’g’im chuqurchasi
, cavitas glenoidalis scapulae, va yelka suyagining
boshchasi,
caput humeri, dan hosil bo’ladi.
Bo’g’im yuzalari gialin tog’ayi bilan qoplangan
bo’lib, bir biriga mos kelmaydi. Bo’g’im
yuzalarining kongruentligi (yuzalarning bir
biriga to’g’ri keladigan sathi) bo’g’im lablari,
labrum glenoidale , (ras. 244), hisobiga ortadi.
Bo’g’im
kapsulasi
kurakka
bo’g’im
chuqurchasi tog’a yining qirg’oqlariga va
bo’g’im lablarining tashqi qirg’oqlariga
fiksatsiyalanadi; yelka suyagida esa bo’g’im
kapsulasi anatomik bo’yinchaga brikadi.
Bo’g’im kapsulasi keng va kuchsiz tortilgan.
Pastkimedial qismda u yupqa, qolgan joylarda
uning fibroz qavati bu yerda joylashgan
muskullarning
paylariga
brikib
ketadi;
yuqoriorqa va lateral qismlarda – o’simtausti,
o’simtaosti va kichik yumoloq muskullarga,
241. Yelka bo’g’imi, articulatio humeri, o’ng; oldindan ko’rinishi. (Bo’g’im kapsulasining yuza qavati olib tashlangan.) 242. Yelka bo’g’imi, articulatio humeri, o’ng; orqadan ko’rinishi. (Kurakning o’tkir o’sig’i olib tashlangan.)