Страница | 142
yuqoridagi muskul payini o’rab boradi, so’ngra
ortga qayrilib bo’g’im
kapsulasining sinovial
membranasiga
kirib
ketadi.
Shu
tariqa
do’mboqchalararo egatchada, yelkaning ikki
boshli muskuli payining
atrofida ikki qavatli
do’mboqchalararo
sinovial
qin,
vagina
synoviales intertubercularis,
hosil bo’ladi.
Bo’gim bo’shlig’i ko’p hollarda timshuqsimon
o’siqning ildiz sohasida joylashgan kurakosti
muskulining tog’ayosti cho’mtakchasi,
bursa
subtendinea m.subscapularis,
bilan bog’langan
bo’ladi.
Bo’g’im kapsulasining
ichki yuzasida uchta
bo’g’im-yelka boylamlari, ligg. glenohumeralia
joylashadi (ras. 241). Ular bir tomondan yelka
suyaginining anatomik bo’yinchasiga, ikkinchi
tomondan esa kurak suyagining bo’g’im
lablariga brikadi. Yuqorigi va o’rta boylam,
kurakosti
muskulining
ostida
yotuvchi
cho’mtakchaning teshigi bilan ajiralib turadi.
Boylamlar
yelka
suyagining
bo’g’im
kapsulasini old yuzasini mustaxkamlaydi.
Bundan tashqari, yelka bo’g’imida juda
mustahkam
bo’lgan
tumshuqsimon-yelka
boylami,
lig. coracohumerale
, ham mavjud. U
kapsulani fibroz qavatining yo’g’onlashuvidan
hosil bo’lgan bo’lib, tumshuqsiomon o’siqning
tashqi tomonidan yelka suyagining katta
do’mboqchasiga tortilgan bo’ladi.
Tumshuqsimon-akramion
boylam,
lig.
coracohumerale, yelka bo’g’imining
ustida
joylashgadi va kurakning akromion hamda
tumshuqsimon o’sig’i bilan birgalikda yelka
bo’g’imi gumbazini hosil qiladi. Bo’g’im
gumbazi
yelka
bo’g’imini
yuqoridan
himoyalaydi va bog’im kapsulasining cho’zilib
tortilishi bilan birgalikda qo’lni oldinga va yon
tomonga
yelka
bo’g’imidan
baland
ko’tarilganda tormozlovchi ahamiyatga ega.
Qo’lning yuqoriga harakati yelka bo’g’imi
sathidan
ko’tarilgandan so’ng kurakning
harakati bilan birgalikda amalga oshadi.
Yelka bo’g’imi uch o’qli, shakliga ko’ra
sharsimon bo’g’imlarga kiradi. Yelka bo’g’imi
odam tanasidagi juda harakatchan bo’g’im
bo’lgani uchun qo’l ko’p
erkin harakatlarni
amalga oshira oladi.
Dostları ilə paylaş: