Odam anatomiyasi


No’xotsimon suyak bo’g’imi



Yüklə 10,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/160
tarix06.09.2023
ölçüsü10,25 Mb.
#141763
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   160
ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)

No’xotsimon suyak bo’g’imi 
No’xotsimon suyak bo’g’imi
,
 articulatio ossis 
pisiformis, 
no’xotsimon suyakni uchqirrali 
suyak bilan birlashtiradi. Sesamasimon bo’lgan 
bu no’xotsimon suyak bo’g’im yuzasini faqat 
uchqirrali suyakka qaragan joyida saqlaydi.
Bo’g’im kapsulasi suyak bo’g’im yuzasining 
qirg’oqlariga 
fiksatsiyalanadi. 
Bo’g’im 
bo’shlig’i bilakkaftusti bo’g’imining bo’shlig’i 
bilan a’loqada bo’lishi ham mumkin. 
Bo’g’imda quyidagi boylamlar mavjud.
1. No’xotsimon-ilmoqsimon boylam, 
lig. 
pisohamatum,
- no’xotsimon suyak 
va 
ilmoqsimon 
suyakning 
ilmog’i 
orasida 
tortilgan. 
2. No’xotsimon-kaft boylami, lig. 
pisometacarpeum, no’xotsimon suyakdan III – 
V kaft suyaklarining asosiga tortilgan. 
Aslida ko’rsatilgan boylamlar kaftni tirsak 
bukuvchilari, 
m. flexor carpi ulnaris,
ning 
davomi hisoblanib, uning orasida sesamasimon 
suyak – no’xotsimon suyak joylashadi.
Sesamasimon 
suyaklar 
pay 
orasida 
joylashuvchi, uncha katta bo’lmagan suyak 
yoki 
tolali 
tog’aydan 
tashkil 
topgan 
tuzilmalardir. Bu suyaklar muskulning tegishli 
paylarini ko’tarib turganligi uchun muskul 
payini suyakka nisbatan qulay burchak ostida 
bo’lishini taminlaydi.
Kaftusti-kaft bo’g’imlari 
Kaftusti-kaft 
bo’g’imlari,
articulationes 
carpometacarpeae 
(ras. 254 – 258), kaftusti 
sukatlari ikkinchi qatorining distal yuzasi bilan, 
kaft suyaklarining asosi orasida hosil bo’ladi. 
Kaftusti-kaft bo’g’imlari ikkiga bo’linadi: 
birinchisi; trapetsiya suyagi va I kaft suyagi 
(bosh barmoq) orasidagi bo’g’im va ikkinchisi; 
bir 
tomondan 
trapetsiya 
suyagi, 
trapetsiyasimon, bochshali va ilmoqsimon 
suyaklar, ikkinchi tomondan esa II – V barmoq 
suyaklari orasidagi bo’g’imlar.
Kaft 
katta barmog’ining kaftusti-kaft 
bo’g’imi, 
articulatio carpometacarpea pollicis,
trapetsiya suyagining egarsimon yuzasi hamda 
I kaft suyagi asosining egarsimon yuzasi 
orasida hosil bo’ladi. U ikki o’qli bo’g’imning 
boshqacha ko’rinishi – 
egarsimon bo’g’imga
kiradi.
Oldin ko’rib o’tilgan kaftning boshqa 
bo’g’imlariga nisbatan kaft bosh barmog’ining 
kaftusti-kaft bo’g’imi – oddiy bo’g’imga 
xisoblanadi.
II – V kaft suyaklarining kaftusti-kaft 
bo’g’imlari trapetsiya suyagining distal, yassi 
bo’g’im yuzasi hamda trapetsiyasimon, 
boshchali va ilmoqsimon suyaklar va ularga 
qaragan II – V kaft suyaklarining asoslari 
orasida hosil bo’ladi. V kaft suyagining 
kaftusti-kaft 
bo’g’imi 
shakli 
bo’yicha 
egarsimon bo’g’imlarga
yaqindir. Bo’g’im 
kapsulasi suyaklarning bo’g’im yuzalarining 
bo’g’im qirg’og’i bo’ylab brikadi va zich 
tortilgandir. 
Kaftusti-kaft 
bo’g’imining 
bog’lovchi apparatiga kaftning oldingi va orqa 
yuzasida kaftusti suyaklaridan kaft suyaklariga 
tortilgan, 
kaftusti-kaft 
boylamlari, 
ligg. 
carpometocarpea palmaria et dorsalia,
lardir.
Kaftusti-kaft bo’g’imlari mexanik nuqtai 
nazardan bir butun – kaftning qattiq asosi 
hisoblanadi. 
Bunday 
bo’g’imlar 
kam 
harakatchan bo’lgan, 
yassi bo’g’imlardir


Yüklə 10,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin