No’xotsimon suyak bo’g’imi No’xotsimon suyak bo’g’imi , articulatio ossis pisiformis, no’xotsimon suyakni uchqirrali
suyak bilan birlashtiradi. Sesamasimon bo’lgan
bu no’xotsimon suyak bo’g’im yuzasini faqat
uchqirrali suyakka qaragan joyida saqlaydi.
Bo’g’im kapsulasi suyak bo’g’im yuzasining
qirg’oqlariga
fiksatsiyalanadi.
Bo’g’im
bo’shlig’i bilakkaftusti bo’g’imining bo’shlig’i
bilan a’loqada bo’lishi ham mumkin.
Bo’g’imda quyidagi boylamlar mavjud.
1. No’xotsimon-ilmoqsimon boylam,
lig. pisohamatum, - no’xotsimon suyak
va
ilmoqsimon
suyakning
ilmog’i
orasida
tortilgan.
2. No’xotsimon-kaft boylami, lig.
pisometacarpeum, no’xotsimon suyakdan III –
V kaft suyaklarining asosiga tortilgan.
Aslida ko’rsatilgan boylamlar kaftni tirsak
bukuvchilari,
m. flexor carpi ulnaris, ning
davomi hisoblanib, uning orasida sesamasimon
suyak – no’xotsimon suyak joylashadi.
Sesamasimon
suyaklar
pay
orasida
joylashuvchi, uncha katta bo’lmagan suyak
yoki
tolali
tog’aydan
tashkil
topgan
tuzilmalardir. Bu suyaklar muskulning tegishli
paylarini ko’tarib turganligi uchun muskul
payini suyakka nisbatan qulay burchak ostida
bo’lishini taminlaydi.
Kaftusti-kaft bo’g’imlari Kaftusti-kaft bo’g’imlari, articulationes carpometacarpeae (ras. 254 – 258), kaftusti
sukatlari ikkinchi qatorining distal yuzasi bilan,
kaft suyaklarining asosi orasida hosil bo’ladi.
Kaftusti-kaft bo’g’imlari ikkiga bo’linadi:
birinchisi; trapetsiya suyagi va I kaft suyagi
(bosh barmoq) orasidagi bo’g’im va ikkinchisi;
bir
tomondan
trapetsiya
suyagi,
trapetsiyasimon, bochshali va ilmoqsimon
suyaklar, ikkinchi tomondan esa II – V barmoq
suyaklari orasidagi bo’g’imlar.
Kaft
katta barmog’ining kaftusti-kaft
bo’g’imi,
articulatio carpometacarpea pollicis, trapetsiya suyagining egarsimon yuzasi hamda
I kaft suyagi asosining egarsimon yuzasi
orasida hosil bo’ladi. U ikki o’qli bo’g’imning
boshqacha ko’rinishi –
egarsimon bo’g’imga kiradi.
Oldin ko’rib o’tilgan kaftning boshqa
bo’g’imlariga nisbatan kaft bosh barmog’ining
kaftusti-kaft bo’g’imi – oddiy bo’g’imga
xisoblanadi.
II – V kaft suyaklarining kaftusti-kaft
bo’g’imlari trapetsiya suyagining distal, yassi
bo’g’im yuzasi hamda trapetsiyasimon,
boshchali va ilmoqsimon suyaklar va ularga
qaragan II – V kaft suyaklarining asoslari
orasida hosil bo’ladi. V kaft suyagining
kaftusti-kaft
bo’g’imi
shakli
bo’yicha
egarsimon bo’g’imlarga yaqindir. Bo’g’im
kapsulasi suyaklarning bo’g’im yuzalarining
bo’g’im qirg’og’i bo’ylab brikadi va zich
tortilgandir.
Kaftusti-kaft
bo’g’imining
bog’lovchi apparatiga kaftning oldingi va orqa
yuzasida kaftusti suyaklaridan kaft suyaklariga
tortilgan,
kaftusti-kaft
boylamlari,
ligg. carpometocarpea palmaria et dorsalia, lardir.
Kaftusti-kaft bo’g’imlari mexanik nuqtai
nazardan bir butun – kaftning qattiq asosi
hisoblanadi.
Bunday
bo’g’imlar
kam
harakatchan bo’lgan,
yassi bo’g’imlardir .