Kaftlararo bo’g’imlar Kaftlararo bo’g’imlar, articulationes intermetacarpeae (ras. 254 – 258), II – V kaft
suyaklarining ikki yondagi yassi yuzalari
orasida hosil bo’ladi. Bo’g’im kapsulasi
suyaklarning bo’g’im yuzasi qirralari bo’ylab
brikadi. Bo’g’im bo’shlig’i proksimal qismda
kaftusti-kaft bo’g’imi bilan a’loqada bo’ladi.
Kaftlararo bo’g’imlarning boylamlariga ikki
gurux boylamlar kiradi. Ulardan biri kaftning
oldingi va orqa yuzasida joylashgan – bu to’rtta
orqa kaft boylamlari
, ligg. metacarpea dorsalia, va uchta oldingi kaft boylami
ligg. metacarpea palmaria. Bu boylamlar kaft
suyaklari asoslarining orqa hamda oldingi
yuzalari bo’ylab tortilgandir. Boylamlarning
boshqa guruhi kaft suyaklarining asoslari
orasida tortilgandir – bu suyaklararo kaft
boylamlari,
ligg. metacarpea interossea .
Kaftlararo bo’g’imlar yassi
kam xarakatchan bo’g’imlarga kiradi.
Kaft-falanga bo’g’imlari Kaft-falanga bo’g’imlari ,
articulationes metacarpophalangeae (ras. 254 – 256), kaft
suyaklari boshchalarining bo’g’im yuzalari va
birinchi falangalarning ularga qaragan yuzalari
orasida hosil bo’ladi. I kaft suyagining
boshchasi old va orqa tomondan yassilangan
bo’lib, galtak shakliga ega, qolganlari esa –
sharsimon.
Bo’g’im
klapsulasi
bo’sh
tortilgandir. Ular yonboshdan, kaft suyagi
boshchalarining bilak va tirsak yuzalaridagi
chuqurchalardan
boshlanib,
proksimal
falangalarning ikki yoniga hamda qisman
oldingi
yuzalariga
brikuvchi,
kollateral
boylamlar,
ligg. collateralia, bilan mustah
kamlangadir. Bu boylamlarning bir qism
tutamlari kaft suyagi boshchalarnining ikki
yonidan boshlanib, birinchi falangalarning
oldingi yuzasiga o’tadi va qarama-qarshi
tomondagi shu nomli boylam bilan kesishib
falangalarning oldingi yuzasiga brikadi. Bu
bylamlar Kaft boylamlari,
ligg. palmaria , deb
ataladi.
Bo’g’imning oldingi yuzasida, II – V kaft
suyaklarining boshchalari orasida, kaftning
chuqur
ko’ndalang
boylamlari,
ligg. metacarpea transversia profunda, mavjud.
Birinchi
kaft-falanga
bo’g’imi
(bosh
barmoq) g’altaksimon bo’g’imga kiradi, II – V
barmoqlarning kaftusti-kaft bo’g’imlari –
sharsimon bo’g’imlarga kiradi.