ATLAS ODAM ANATOMIYASI I-TOM SINELNIKOV (O\'zbekcha)
tashlangan.) Bo’g’imning orqa yuzasida bir qancha
boylamlar joylashgan:
1.
Suyaklararo
dumg’aza-yonbosh
boylamlar,
ligg. sacroiliaca interossea, dumg’aza-yonbosh bo’g’iminig orqasida, shu
bo’g’imni hosil qiluvchi suyaklar oralig’ida
jolashgan bo’lib, o’zining uchlari bilan
yonbosh va dumg’aza g’adir-budirliklariga
brikadi.
2. Orqa dumg’aza-yonbosh boylamlar,
ligg. sacroiliaca posteriora (dorsalia). Bu
boylamning alohida tutamlari orqa pastki
yonbosh o’tkir o’siqdan boshlanib, II – III
dumg’aza teshiklari sathida lateral dumg’aza
qirrasiga brikadi. Boshqasi orqa yuqorigi
yonbosh o’tkir o’siqdan boshlanib, pastka va
osgina medial tomonga yo’naladi hamda IV
dumg’aza umirtqasi sohasida dumg’azaning
orqa yuzasiga brikadi.
Dumg’aza-yonbosh
bo’g’imi
kam
harakatchan bo’g’imlarga kiradi.
Chanoq
suyagi,
dumg’aza-yonbosh
bo’g’imidan tashqari, umirtqa pog’onasi bilan
qotor mustahkam boylamlar bilan brikadi. Bu
boylamlar quyidagilar:
1. Dumg’aza-do’mboqcha boylami
, lig. sacrotuberale (ras. 259 – 261), o’tiqg’ich
do’mboqchasidan
(g’adir-budirligidan)
boshlanib, yuqoriga va medial tomonga qarab
yo’naladi; dumg’aza va dumning tashqi
qirrasiga brikadi. Bu boylamning bir qism
tolalari o’tirg’ich suyagi shoxining pastki
qismiga o’tadi va shu suyak bo’ylab davom etib
o’roqsimon o’siq,
processus falciformis, ni
hosil qiladi.
2. Dumg’aza-o’tkir o’siq boylami, lig.
sacrospinale (ras. 259 – 261), o’tirg’ich o’tkir
o’sig’idan boshlanib, orqaga va medial
tomonga yo’naladi va oldingi boylamning
oldida joylashib, dumg’aza suyagi va dum
suyagi ozroq qismining qirg’oqlariga brikadi.
Ikkala boylam o’tkir o’siqning yuqori va
pastki qismida joylashgan katta va kichik
o’yiqlar bilan birgalikda ikkita teshik: katta
o’tirg’ich teshigi,
foramen ischiadicum majus, va
kichik
o’tirg’ich
teshigi
, foramen ischiadicum minus, ni hosil qiladi. Bu teshik
orqali chanoqdan chiquvchi muskullar hamda
tomir va nervlar o’tadi.
3. Yonbosh-bel boylami,
lig, iliolumbale (ras. 259, 260), IV va V bel umirtqalarining
ko’ndalang o’siqlarining oldingi yuzalaridan
boshlanib, tashqariga yo’naladi hamda yonbosh
qirrasining orqa qismiga va yonbosh suyagi
qanotining medial yuzasiga brikadi. Bu boylam
bel-dumg’aza
bo’g’imi,
articulatio lumbosacralis, ni mustahkamlab turadi.