Страница | 153
ustida ko’st kosasining ko’ndalang boylami,
lig. transversum acetabuli,
tortilgan. Yuqorida
aytilgan boylamga va ko’st kosasining ergin
qirg’oqlari bo’ylab, ko’st (kosasi) labi, labrum
acetabulare, brikadi va bu labning hisobiga
ko’st kosasining chuqurligini bir qancha
kengayadi.
Bo’g’im kapsulasi chanoq suyagida ko’st
kosasining qirg’oqlariga, son suyagida – old
tomondan
ko’stlararo
chiziqqa,
orqada
tomonda esa son suyagi bo’yinchasining
2
/
3
qismini qoplab turadi va ko’stlararo chiziqqa
yetib bormaydi.
Chanoqson bo’g’imi quyidagi boylamlar
bilan mustahkamlanadi:
1. Yonbosh-son boylami,
lig. iliofemorale
(ras. 260, 262), chanqson bo’g’imining oldingi
yuzasidan o’tadi. U oldingi pastki yonbosh
o’tkir o’sig’idan boshlanib, ko’stlararo chiziqqa
brikadi. Boylam chanoqson bo’g’imini ortiqcha
yozilish harakatini chegaralaydi va gavdani
vertikal holatda ushlab turishda qatnashadi.
2. Yopqich-son boylami,
lig. pubofemorale
(ras. 262), qov yuqorigi chizig’idan boshlanadi
va pastga yo’naladi, chanoqson bo’g’imi
kapsulasiga brikib ketadi, tutamlarning bir
qismi ko’stlararo chiziqning medial qismiga
yetib borib unga brikadi.
3.
Quymich-son
boylami,
lig.
ischiofemorale, (ras. 260), quymich suyagi
tanasining oldingi yuzasidan boshlanib, oldinga
yo’naladi va chanoqson bo’g’imi kapsulasiga
qo’shilib ketadi; tutamlarning bir qismi ko’st
Dostları ilə paylaş: