100. Ynoq suyagi, os zygomaticum, o’ng. A – tashqaridan ko’rinishi Б – ichkaridan ko’rinishi .
101. Yanoq suyagining topografiyasi. axillaris, ni hosil qiladi. Suyakning ko’zkosasi
yuzasida
yanoqko’z
kanali,
foramen zygomaticoorbitale, joylashib,
suyakning
ichida ikkita kanalchaga bo’linagi. Bu
kanalning bir shoxisuyakning oldingi yuzasiga
yanoqyuz teshigi, foramen zygomaticofaciale,
sifatida, boshqasi – yanoq suyagining chakka
yuzasiga
yanoqchakka
teshigi,
foramen zygomaticotemporale, (bu kanallardan nervlar
o’tadi). Bu yuzada ko’pincha ko’z chiqiligi,
eminenria orbitalis, ko’rinadi.
Yanoq suyagining orqa burchagidan chakka
o’simtasi,
processus temporalis, chiqadi. U
chakka suyagining yanoq o’simtasi bilan
chakka-yanoq
choki,
sutura temporozygomatica, orqali brikadi (ras. 49) va
yanoq ravog’i, arcus zygomaticus, ni hosil
qiladi.
Pastki jag’ Pastki jag’, mandibula , (ras. 102-106; ras46-
51), toq,bosh qutusini yuz qismining pastki
qismini xosil qiladi. Suyakda tana va shoxlar
deb ataluvchi (tananing orqa oxiridan yuqoriga
yo’nalgan) ikkita o’simta mavjud.
Tana, corpus, o’rta chiziqda hayotning
birinchi yilida bitishib ketuvchi ikki qismdan
(iyakosti simfizi,
symfhysis mentalis ) iborat.
Xar bir qism do’ngligi tashqariga qaragan
holatda egilgan. Uning balandligi, enidan ko’ra
kattaroq. Tanada pastki qirg’oq – pastki
jag’ning asosi,
basis mandibulae, va yuqorigi –
alveolyar qism,
parsa alveolaris, mavjud.
Tananing tashqi yuzasida, uning markaziy
qismida, kichikroq iyak do’mboqchasi,
tuberculum mentale, joylashgan.
Bu
do’mboqchadan tashqari va yuqoriroqda iyak
teshigi,
foramen mentale, (tomir va nervlarning
chiqish joyi) joylashgan. Bu teshikning
joylashgan joyi ikkinchi kichik tishning
ildiziga mos keladi. Iyak teshigidan orqada
yuqoriga qarab qiyshiq chiziq, linea obliqua,
bor bo’lib yo’nalishi davomida pastki jag’
shoxini oldingi qirg’og’iga davom etadi.
Alveolyar qismning rivoji undagi tishlar
soniga bog’liq.
Bu qism yupqalashgan va o’zida alveolyar
chiqiqlik,
juga alveolaria, saqlaydi (ras. 102).
Yuqoridan u erkin yoysimon qirg’oq –
alveolyar ravoq,
arcua alveolaris, bilan
chegaralangan (ras. 104). Alveolyar ravoqda 16
(xar bir tarafda 8 tadan) ta tish alveolaralri,
alveoli dentales , (ras. 104), bir biridan
alveolalar aro to’siq,
septa interalveolaria, bilan ajiralgan holatda joylashgan.
Pastki jag’ tanasining ichki tarafida(ras. 105),
markaziy chiziqqa yaqin joyda, yakka yoki
ikkiga ajiralgan iyak qiltig’i
, spina mentalis, (iyak-tilosti
va
iyak-til
muskullarining
boshlanish joyi) joylashgan. Uning pastki
tomonida chuqurlik – ikkiqorinchali chuqurcha,
fossa digastrica, bor bo’lib, u yerga ikki
qorinchali muskul brikadi. Pastki jag’ tanasini
ichki lateral yuzasida, pastki jag’ shoxiga
tomon yo’nalgan chiziq – jag’-tilosti
chiziqchasi,
linea mylohyoidea , (bu yerdan
jag’-tilosti muskuli va halqum yuqorihi
konstriktorining jag’-halqum qismi brikadi)
yotadi.
Jag’-tilosti chizig’idan yuqoriroqda, tilosti
qiltig’iga yaqin joyda, tilosti chuqurchasi,
fovea sublingualis, - tilosti bezining joylashgan o’rni,
joylashgan. Bu chiziqdan pastroqda va
orqaroqda esa – ko’pincha sust ko’rinuvchi
pajtki
jag’osti
chuqurchasi,
fovea submandibularis, jag’osti bezining o’rnashgan
o’rni, mavjud.
Pastki jag’ning shoxlari,
ramus mandibulae, (ras. 102, 106), pastki jag’ tanasini orqa
oxiridan yuqoriga va qiyshiq holda orqaga
yo’nalib, tananing pastki qirg’og’i bilan
burchak - pastki jag’ burchagi,
angulus mandibulae, ni hosil qiluvchi, keng suyak
plastinkadan tashkil topgan.
Shox ichki yuzasining markazida pastki
jag’ning
teshigi,
foramen mandibulae, joylashib, ichkari va oldindan kichikroq suyak
chiqiqligi – pastki jag’ tilchasi,
lingula mandibulae, bilan chegaralangan. Bu teshik
o’zidan tomir va nervlar o’tuvchi kanal – pastki
jag’ kanali,
canalis mandibulae, ga davom etadi
(ras. 102). Kanal pastki jag’ning g’avoksimon
bo’lgan ichi bo’ylab o’tadi. Pastki jag’
tanasining oldingi yuzasiga bu kanal – iyak
teshigi,
foramen mentale, sifatida ochiladi.
Pastki jag’ teshigidan pastda va oldinda,
qanotsimon(patsimon)
g’adir
budurning
yuqorisidan, jag’-yilosti egatchasi, sulcus
mylohyoideus (bu yerda shu nomli tomir va
nervlar yotadi) o’tadi. Ba’zan bu egat suyak
plastinkasi bilan qoplanadi va kanalga aylanadi.
Pastki jag’ shoxining yuqorigi oxirida o’yma -
pastki jag’ o’ymasi,
incisura mandibulae, bilan
ajiralgan ikkita o’simta joylashgan. Oldingi
tojsimon o’siq,
processus coronoideus, ning
ichki tomonida ko’pincha chakka muskuli
yopishishi uchun g’adir-budurlik bor. Orqa,
bo’g’im o’simtasi,
processus condylaris, pasti
jag’ boshchasi,
caput mandibulae, bilan
yakunlanadi. Bo’g’im o’simtasi chakka suyagi
bilan chakka-pastki jag’ bo’g’imi,
articulatio temporomandibularis, ni
hosil
qilishda
qatnashuvchi ellipsimon bo’g’im yuzasiga ega.
Pastki jag’ boshchasi, pastki jag’ bo’yincha,
collum mandibulae, si orqali tanasiga bo’g’im
Страница | 52
o’sig’iga birlashadi. Bo’yinchaning ichki
aylanasida
qanotsimon
chuqurcha,
fossa pterygoidea, - lateral qanotsimon muskulning
brikish joyi, yaxshi ko’rinadi.