Qo’l pasnjasining suyaklari
Qo’l panjasining suyaklari
(ras. 149 – 163,
ras. 127) kaft usti suyaklari,
ossa carpi
(carpalia), kaft suyaklari,
ossa metacarpi
(matecarpalia), va qo’lning barmoq suaklari,
ossa digitorum manus
(falangalar, phalanges),
kabi qismlarga bo’linadi.
Kaft usti suyaklari
Kaft usti suyaklari,
ossa carpi
(ras. 127, 147
– 161), ikki qator bo’lib joylashgan. Yuqorigi
yoki proksimal qator, va pastki distal qator.
Yuqorigi proksimal qator suyaklari pastdan
distal qator suyaklariga yopishib turadi,
yuqoridan esa bilak bilan bo’g’im hosil qiluvchi
ellipsimon, bilak tomonga bo’rtgan bo’g’im
yuzasini hosil qiladi; distal qator esa yuqoridan
proksimal qatorga pastdan, kaft suyaklari bilan
brikadi.
Kaft usti suyaklarining birinchi qatori, bilak
tomondan tirsak tomonga qarab sanaganda:
qayiqsimon, yarimoysimon, uchqirrali va
no’xotsimon, suyaklar joylashgan.
Kaft usti suyaklarining ikkinchi qatori,
birinchi qator singari sanalganda: trapetsiya –
suyagi, trapetsiyasimon suyak, boshchali suyak
va ilmoqsimon suyaklardan tashkil topgan.
Kam holatlarda, kaft ustining teskari yuzasida,
qayiqsimon suyak, trapetsiya suyagi va
boshchali
suyaklarni
orasida
joylashgan
markaziy suyak, os centrale, uchrab turadi (ras.
150).
148. Bilak suyaklari, o’ng (rentgeno
gramma).
1 – yelka suyagi; 2 – medial tepacha; 3 –
tirsak o’sig’i; 4 – tirsak suyagi; 5 – tirsak
suyagining bigizsimon o’simtasi; 6 –
yarimoysimon suyak; 7 – qayiqsimon suyak;
8 – bilak suyagining bigizsimon o’simtasi; 9
– bilak suyagi; 10 – bilak suyagining g’adir-
budurligi; 11 – bilak suyagining bo’yinchasi;
Dostları ilə paylaş: |