Страница | 48
93. Yuqorigi jag’, maxilla, o’ng;
ichkaridan ko’rinishi.
94. Yuqorigi jag’, maxilla, o’ng. (oldingi
tashqi
yuza).
(Alveolyar
kanallar
ochilgan.)
95. Yuqorigi jag’lar, maxillae; pastdan
ko’rinishi.
yo’ldan orqaroqda notekkis burun yuzasi
tanglay suyagining perpendikulyar plastinkasi
bilan chok hosil qiladi. Bu chokning yonidan
ya’ni yuqorigi jag’ning burun yuzasida
joylashgan egatcha katta tanglay egatchasi,
sulcus palatinus major
, vertikal holatda o’tadi.
U katta tanglay kanali,
canalis palatinus major,
devorining bir qismini hosil qiladi. Yuqorigi
jag’ yo’lining oldingi tomonidan ko’zyosh
egatchasi,
sulcus lacrimalis,
o’tadi va bu
egatcha oldindan yuqorigi jag’ning
peshona
o’sig’I bilan chegaralangan bo’ladi. Ko’zyosh
egatchasiga yuqoridan ko’zyosh suyagi,
pastdan – pastki chig’anoqning ko’zyosh
o’simtasi tegib turadi. Burun yuzasining yanada
oldirog’ida pastki burun chig’anog’i briuvchi
gorizontal chiqiqlik – chig’anoq qirrasi, crista
conchalis, joylashgan.
Burun yuzasi yuqorigi tomonida peshona
o’sig’I, processus frontalis, jaylashgan. Unda
medial (burun) va lateral (yuz) yuzalari bor.
Lateral yuzani oldingi ko’zyosh qirrasi,
crista
lacrimalis anterior,
ikkita qism(uchastka) ga
bo’ladi. Orqa qism pastda ko’zyosh egatchasi,
ga o’tadi. Orqa qismni ichki tomondan
chegarasi bo’lib ko’zyosh tomoni, margo
lacrimalis, xizmat qiladi va u ko’zyosh suyagi
bilan brikib ko’zyosh-yuqorigi jag’ choki,
sutura lacrimomaxillaris
, ni hosil qiladi.
Medial yuzadan oldindan orqaga tomon
g’alvirsimon qirra,
crista ethmoidalis,
o’tadi.
Burun
o’simtasining
yuqorigi
tomoni
tishlashgan
va peshona suyagining burun
o’sig’i bilan birlashib peshona-yuqorigi jag’
choki,
sutura frontomaxillaris,
ni hosil qiladi.
Burun yuzasining oldingi tomoni burun suyagi
bilan birlashib burunyuqorigi jag’ choki, sutura
nasomaxillaris, ni hosil qiladi (ras.49).
Tanglay o’simtasi,
processus palatinus,
(ras.
93, 95), gorizontal joylashgan suyak
plastinkadan tashkil topgan bo’lib, yuqorigi
jag’ tanasi burun yuzasini pastki tomonidan
chiqib ichkariga tomon yo’naladi va tanglay
suyagini gorizontal plastinkasi bilan burun va
og’iz bo’shlig’i orasidagi suyakli to’siqni hosil
qiladi. Ikkala yuqorigi jag’
suyagi tanglay
o’simtasining ichki notekkis yuzalari bir biri
bilan birlashib o’rta tanglay choki
, sutura
palatina mediana,
ni hosil qiladi.
Страница | 49
O’rta tanglay chokida, tanglay o’simtalari
burun bo’shlig’i tomonga qaragan o’tkir
chiqiqlik – burun qirrasi
, crista nasalis,
ni hosil
qiladi va bu qirraga dimoqning pastki tomoni va
burunning tog’ay to’sig’i brikadi. Tanglay
o’simtasining orqa tomoni tanglay suyagi
gorizontal plastinkasining oldingi tomoniga
tegib turadi va u bilan tanglayning ko’ndalang
choki,
sutura palatina transversa,
ni hosil
qiladi. Tanglay o’sig’ining
yuqorigi yuzasi
silliq va sal botiqroq. Pastki yuzasi g’adir-
budur, uning orqa oxiriga yaqinroq joyda bir
biridan kichikroq tanglay qiltig’i,
spinae
palatini,
orqali ajiralib turuvchi ikkita tanglay
egatchasi,
sulci
palatini,
joylashagan
(egatchada tomir va nervlar yotadi). O’ng va
chap tanglay o’simtasi o’zlarining oldingi
yuzasi bilan ovalsimon shakilda kesuvchi
chuqurcha,
fossa incisiva,
ni hosil qiladi.
Chuqurchaning tubida kesuvchi kanal,
canalis
incisivus,
ga ochiluvchi kesuvchi teshik,
foramina incisiva
, (ular ikkita)
joylashadi, bu
kanal esa burun bo’shlig’ida shu nomli teshik
bilan yakunlanadi. Kanal o’simtalarning birida
joylashgan bo’lishi xam mumkun, bu xolatda
esa ikkinchi o’simtada kesuvchi egatcha
joylashadi. Kesuvchi huqurcha joylashgan joy,
tanglay o’simtalaridan kesuvchi chok,
sutura
incisiva,
bilan ajiralib turadi; bu holatda
kesuvchi
suyak,
os
incisivum,
hosil
bo’ladi.(ras95, 123).
Alveolyar o’simta, processus alveolaris, (ras.
91, 95), rivojlanishi
tishlarning rivoji bilan
bog’liq bo’lib, yuqorigi jag’ tanasidan pastga
qarab chiqadi va bo’rtgan joyi oldinga,
tashqariga qaragan yoy shaklini oladi. Bu
joyning pastki yuzasi – alveolyar yoy,
arcus
alveolaris
, deb ataladi. Unda yo’ldoshchalar –
tishlar alveolasi, alveoli dentales, joylashib, xar
tomonda
8
tadan
tishlar
ildizining
joylashadigan
joyi
bo’lib
hisoblanadi.
Alveolalar bir biridan alveolalararo to’siq,
septa interalveolaria,
bilan ajiralib turadi. Bir
qancha alveolalar o’z navbatida ildizlararo
to’siq,
septa
interradicularia,
bilan
chegaralanib, kichik yacheykachalarni hosil
qiladi va yacheykachalar soni tish ildizlarining
soniga teng bo’ladi.
Oldingi alveolalarning beshtasiga tegishlicha
beshta bo’ylama
alveolyar chiqiqlik,
juga
alveolaria,
bor. Alveolyar o’siqning bir qismi
va oldingi ikki alveola xomilada aloxida
kesuvchi suyak,
os incisivum,
da joylashib, bu
suyak erta yuqorigi jag’ning alveolyar
o’simtasiga qo’shilib ketadi. ikkala alveolyar
o’simta brikadi va yuqorigi jag’aro chok, sutura
intermaxillaris, ni hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: