U beda bargi tipidagi ko‘rinishda bo‘ladi. t-RNK ribosomalarga ami-
no-kislotalar tashish vazifasini o ‘taydi. Har bir aminokislota alohida
t-RNK ga ega. (12-rasm)
Binobarin, t-RNK 20 xildir. Ulaming har
birida m a’lum amino kislotani biriktira oladigan, antikodan vazifasini
o ‘taydigan maxsus triplet mavjud.
12-rasm. t-RNK ning tuzilish sxemasi.
Ribonuklein kislotalaming uchinchi xili i-RNK bo‘lib, uning
asosiy vazifasi DNK dagi axborotni sitoplazmaga ko‘chirishdir.
I-RNK hujayradagi ribonuklein kislota umumiy miqdorining 1,5—
2,0%ni tashkil etadi. DNK da sintezlangan
dastlabki i-RNK tarki-
bida
«axborotli», «axborotsiz»
qismlar uchraydi. Dastlabki i-RNK
yadro membranasidan sitoplazmaga o ‘tish mobaynida uning «ax
borotli» ekzon va axborotsiz intron qismlari bir-biridan ajraladi,
so‘ngra axborotli qismlar o ‘zaro birikib
i-RNK faqat axborotli
qismlarga ega bo‘lgan holatda sitoplazmaga o ‘tadi.
Dostları ilə paylaş: