zanjir nukleotidlarini ajratish funksiyasini ham bajaradi. Demak, DNK
polimeraza fermenti DNK ning qo‘shqavat zanjirini ikkiga ajrata olish
va qayta tiklash funksiyasini o ‘taydi.
DNK tuzilishi va funksiyasini bilish irsiy axborot uzatish bilan
aloqador genetik jarayonlar mohiyatini anglashda muhim o ‘rin tu-
tadi. DNK hujayra yadrosida joylashganini, aminokislotalardan oq
sil molekulasining sintezlanishi esa sitoplazmada ro‘y berishligini
e’tiborga olinsa, bu jarayonda DNK molekulasi oqsil biosintezi uchun
bevosita
«qolip»
vazifasini o‘tay olmasligi m a’lum bo‘ladi. Boshqa
cha aytganda DNK dagi genetik axborot qandaydir oraliq molekulaga
uzatilishi, u esa o ‘z navbatida ana shu axborotni sitoplazmaga ta-
shishi va polipeptid zanjimi sintez qilishda qatnashishi mumkin, deb
taxmin qilish lozim. Bunday taxmin birinchidan ko‘p oqsil sintez qi
ladigan hujayralarda ko‘p RNK borligiga, ikkinchidan DNK va RNK
ning uglevod-fosfat «sklet»ini o ‘zaro o‘xshashligiga asoslanadi.
Bunday oraliq molekula RNK boiishi mumkinligi DNK ning tuzi
lishi qo‘shaloq spiraldan iborat ekanligi aniqlangandan so‘ng ma’lum
b oidi. Modomiki shunday boisa, u holda, DNK ning bir zanjirida
RNK molekulasi sintezlanishi tabiiy bir hoi.
Dostları ilə paylaş: