bo‘linishgacha
va
bo‘Iinish
davridan iborat. Bo‘linishgacha bo‘lgan davr -
interfaza,
somatik hujayralaming bo‘linish davri -
mitoz
deb ataladi.
Inter
faza
hujayra hayot siklining 90% vaqtini egallaydi va uch davrga
bo‘linadi. Ular
sintezlanishgacha, sintezlanish
va
sintezlanishdan
keyingi
davrdan iborat. Sintezlanishgacha bo‘lgan davr G1 harfi bi
lan ifodalanadi. G 1 davrida hujayra o ‘sadi, yadrocha shakllanadi,
sitoplazmadan yadro tomon 90% gacha oqsil o ‘tadi. Azotli asoslar,
uglevodlar, fosfat kislotalar ko‘plab sintezlanadi. Hujayrada ixtisos-
lashish differensiyallanishi amalga oshadi.
Sintezlanish davri S harfi bilan belgilanib, unda DNK reduplikatsi-
yalanishi ro‘y berib, miqdori ikki marta ortadi. Shu bilan birga RNK
va oqsil molekulalari ham sintezlanadi, sentriolalar ikki hissa ortadi.
Sintezlanishdan keyingi davr G2 harfi bilan belgilanib, bu davrda ham
RNK va oqsil sintezi davom etib, hujayra bo‘linishga tayyorlanadi. Bu
tayyorlanish interfazaning boshiga nisbatan oxirida sitoplazma hajmini
ikki marotaba ortishi, ayniqsa, mikronaychalar hosil bo‘lishi uchun
zarur bo‘lgan tubulin oqsili ko‘plab sintezlanishi bilan izohlanadi.
Mitoz
bo‘linish bir-biri bilan b o g iiq bo‘lgan to‘rt fazadan iborat.
Bular profaza, metofaza, anafaza, telofazadir (
7-rasm
).
Profazada
xromatidlar spirallashadi va ulaming qo‘shqavatli xro-
motidlari yorug‘lik mikroskopida ko‘rinarli holatda o‘zaro sentro-
meri bilan birlashgan holatda bo‘ladi. Yadro qobig‘i parchalanib,
karioplazma sitoplazma bilan aralashadi. Sentriolalar ikkiga bo‘linadi
va ikki qutb tomon harakatlanadi. Ular o‘rtasida axromatin iplar - mik
ronaychalar hosil bo‘ladi. Xromosomalar yadro bo‘yicha keng tarqa-
ladi. Yadrochalar parchalanib ketishi bilan profaza tugallanadi.
Metofazada
mikronaychalar shakllanishi tugallanadi. Xromoso
malar hujayraning ekvatoridan bir qator bo‘lib o‘rin oladilar. Har bir
31
xromosoma bitta axramatin ipiga o‘z sentromeri bilan birikadi. Meto-
faza eng qisqa muddatli faza hisoblanadi.
Anafazada
xromosoma xromatidlarini birlashtirib turuvchi bel-
bog‘ uziladi, xromosomalar bir-biridan tamomila ajraladilar. Xromo
somalaming sentromeriga birikkan axromatin iplari - mikronaycha-
lar qisqarishi tufayli ular qutblar tomon tarqala boshlaydi. Xromo
somalaming qutblarga tarqalishi tugallangandan so‘ng, ulaming soni
bo‘linishgacha bo‘lgan ona hujayraning xromosomalar soniga tengla-
shadi. Masalan, ona hujayrada 46 ta xromosoma b o isa, anafazaning
ikki qutbidagi xromosomalar ham 46 tadan boiadi.
Telofazada
xromosomalar qutblarga to‘planib, spirallar yoyila
boshlaydi. Ular ingichkalashib, mikroskopda ko‘rinmaydigan holatda
boiadilar. Yadro q o b ig i hosil boiadi, yadrocha qayta shakllanadi.
7-rasm. Hujayraning mitoz bo ‘linishi.
Telofazaning oxirida sitoplazmaning ikkiga ajralishi kuzatiladi.
Bu jarayon plazmatik membrana o‘rtasida botiqlik paydo b o iib , asta-
sekin torayishi natijasida ro‘y beradi.
Shunday qilib, mitoz boiinishda bitta ona hujayradan ikkita qiz
hujayra hosil b oiadi. Mitoz yadroning boiinishi - kariokinez va si
toplazmaning boiinishi - sitokinezdan iborat.
32
2.2.
Dostları ilə paylaş: |