II BOB.
ODAM IRSIYATINING MODDIY ASOSLARI
Tayanch tushunchalar: mitotik sikl, mitoz, kariokinez, sitoki-
nez interfaza, profaza, metafaza, anafaza, telofaza, xromosoma,
sentromera, metatsentrik, submetatsentrik, akrotsentrik, telotsentrik,
proksimal, distal, ju ft xromatid, xromonema, xromomeralar, ge-
teroxromatin, euxromatin, DNK, RNK, nukleotid, dezoksiribonuk-
leotid, adenin, guanin, sitozin, timin, uratsil, komplementarlik, DNK
replikatsiyasi, konservativ, yarimkonservativ, dispersion, kariotip,
diploid, gaploid, gomologik xromosomalar, amitoz, endomitoz, poli-
teniya. Meyoz, reduksion, ekvatsion, leptonema, zigonema, paxinema,
diplonema, diakinez, k o n ’yugatsiya, sinapsis, krossingover, xiazma,
interkinez, gametogenez, spermatogenez, oogenez, bo ‘linish, o'sish,
yetilish va shakllanish, goniylar, spermatagoniy, oogoniy, spermatotsit
I, ootsit I, spermatotsit P, spermatida, spermatozoid, spermatogenez,
ootsit P, birinchi tartibli yo ‘naltiruvchi tana, ootida, ikkinchi tartibli
у о ‘naltiruvchi tana, tuxum.
2.1.
Hujayra sikli.
Barcha tirik mavjudotlar singari odam irsi-
yatining moddiy asoslari b o iib xromosomalar, ulardagi nuklein kis-
lotalar, genlar hisoblanadi. Biroq ana shu genlar odam gavdasining
tuzilishi va turli-tuman belgi-xossalarining rivojlanishiga to‘g ‘ridan
to‘g ‘ri ta’sir etmaydi. Gen bilan belgi orasidagi aloqa juda murakkab.
Irsiy belgi-xossalaming moddiy asoslari ko‘payish orqali av
lodlarga beriladi. Ko‘payish esa erkak, ayol jinsiy hujayralaming
qo‘shilishi, ya’ni urugianishi bilan aloqador. Boshqa tirik mavjudot
lar kabi odam tanasi ham hujayralardan iborat. Odamning o ‘rtacha
umri 70 yosh boisa, uning tanasidagi ayrim hujayralaming, masalan,
eritrotsitlaming umri 120 kungacha davom etadi. Binobarin, odam
organizmining yashashini ta’minlash uchun uning tanasida o ‘z um-
rini tugatgan hujayralar o ‘miga yangilari paydo b o iib turishi shart.
Odamda muskul hujayralari, eritrotsitlar voyaga yetgandan so‘ng
umuman boiinm aydi. Ichak epiteliysi, teri, o‘pka va boshqa a’zolar
hujayralari butun hayoti davomida tinmasdan boiinib turadilar.
30
Hujayraning hayot sikli deganda bir bo‘linishning oxiridan ikkinchi
bo‘linishning oxirigacha bo‘lgan davr tushuniladi. Hujayra sikli orga
nizm to‘qimalarining xiliga qarab turlicha davomiylikka ega. Masalan,
odamda leykotsit hujayralaming hayot sikli 3-5 sutka, teri epiteliy hu-
jayralarida 20-25 sutka, ko‘zning shox parda hujayralarida 2-3 sutka,
ilik hujayralarida 8-12 soat davom etadi. Odam hujayralarining hayot
sikli boshqa eukaroit organizmlamikiga o‘xshash:
Dostları ilə paylaş: |