Qisqacha nazariy ma’lumot. Hayvonlar organizmida kechadigan fiziologik jarayonlarni o’rganish uchun o’tkaziladigan tajribalarda laboratoriya va qishloq xo’jalik hayvonlaridan foydalaniladi. Nerv sistemasi, ichki sekretsiya bezlarining fiziologiyasini o’rganishda laboratoriya hayvonlaridan baqalar, itlar, va quyonlardan foydalaniladi. Tajribalar fakultet yoki kafedra vivariyalarida saqlanadigan sog’lom hayvonlarda o’tkaziladi. Hayvonlarda tajribalarni o’tkazishda hayot faoliyati xavsizligiga e'tibor berilishi lozim. Chunki hayvonlar eksperimentator - tajriba o’tkazuvchiga tan jarohati yetkazishi mumkin, shuning uchun hayvonlar harakatsizlantiriladi. Hayvonlarni harakatsizlantirishni o’ziga xos xusiyatlari mavjuddir.