Axillov refleksi Tovon (axill) payiga bolg'acha yordamida urish bilan chaqiriladi. Reflektor yoy: katta boldir nervi (quymich nervining shoxi), orqa miyaning I-II quymich segmentlari. Javob reaktsiyasi esa oyoq kaftining yuqoriga bukilishidan iboratdir (66-Vrasm).
66-rasm. Proprioretscptiv reflekslami yuzaga keltirish usuli va refleks yoyi chizmasi. Atizza refleksi. B-axill payi reflekslari yuzaga kelish chizmalari.
Tajribaga kerakli anjomlar: nevrologik bolg'acha. Ish odamda olib boriladi.
Tajriba o'tkazish tartibi 1. Tizza refleksini tekshirish uchun tekshiriluvchi kursida o'tirishi va oyoqlarini chalkashtirishi taklif qilinadi. Nevrologik bolg'acha bilan to'rt boshli mushak payiga tizza qopqog'ining pastki qismiga asta uriladi. o'ng va chap tomondagi reflekslar solishtiriladi.
Axillov refleksini tekshirish uchun tekshiriluvchi tizzasini kursiga qo'ygan, cho'kka tushgan holda olib boriladi. Tovon bemalol osilib turadi.
Nevrologik bolg'acha bilan tovon (Axillov) payiga asta uriladi. Tovonning yuqoriga bukilish-bukilmasligi kuzatiladi.
Tirsak refleksini tekshirish uchun tekshiriluvchi qo'lini yarim bukkan va bo'shashgan holatda tekshiruvchining kaftiga qo'yadi. Tekshiruvchining bosh barmog'i tekshiriluvchining ikki boshli mushak payi ustiga qo'yiladi. Bolg'acha bilan tekshiriluvchi o'zining bosh barmog'iga uradi. Bilakning bukilayotgani aniqlanadi.
Elkaning uch barmoqli mushak refleksini tekshirishda eksperimentator tekshiriluvchining yonida turib, tekshiriluvchi elkasini sekin tashqariga, gorizontal holatgacha engashtiradi va chap qo'li bilan chig'anoq sohasida shunday ushlab turishi kerakki, bunda bilak to'g'ri burchak holatida osilib tursin. Bilakning yozilishini aniqlash kerak.
Tajribani rasmilashtirishga doir ko'rsatmalar. Shartsiz reflekslarga ta'rif bering.
Somatik reflekslarning reflektor yoyi chizmasini chizing.
Vegetativ reflekslarning reflektor yoyi (simpatik, parasimpatik) chizmasini chizing.
Hamma sanab o'tilgan reflekslar reflektor yoyining asosiy qatorlarini ko'rsating. Somatik va vegetativ reflekslar reflektor yoylarining tuzilishidagi tamoyil farqlarini ko'rsating .
Dostları ilə paylaş: |