Odam va hayvonlar fiziologiyasi


Tajribani rasmivlashtirishga doir ko'rsatmalar



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə17/20
tarix14.05.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#57904
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1-lab

Tajribani rasmivlashtirishga doir ko'rsatmalar. Tajriba sxemasini chizing, ikkilamchi tetanusning kelib chiqish sabablarini xulosada tushuntiring

Mavzu: Organizmda reflekslarni kuzatish. Turli qo‘zg‘atkichlar ta’sirida orqa miya reflekslarini kuzatish. Retseptiv maydon haqida tushuncha. Reflektor yoyining tarkibi va turlari. Reflektor yoyi butunligining ahamiyati (Baqada olib boriladigan tajribalar).

Orqa miyada har bir refleks o'zining retseptiv maydoniga, ya'ni ta'sirlanganda refleks yuzaga chiqadigan tana qismlariga ega. Lekin teri masalan, bir, ikki yoki ko'plab reflekslarning maydoniga ega bo'lishi mumkin. Retseptiv maydoni ta'sirlanganda kelib chiqadigan javob reaktsiyalarining xarakteri tananing qaerida joylashganidan tashqari, ta'sirot kuchiga va uning vaqtiga va nerv markazlarining funktsional holatiga bog'liq. Eng sodda, shartsiz reflekslami hayvonda bosh miyasi olib tashlangan yoki uning orqa miyasidan kesib ajratilgan holda o'rganish mumkin. Bunday tajribalarda orqa miya reaktsiyalari aniqlanadi.



Tajribaga kerakli anjomlar: Shtativ, asboblar yig'indisi, jomcha, filtr qog'ozi parchasi, paxta, sulfat kislotaning 0,1-0,3-0,5%li eritmalari, Ringer eritmasi, suv, baqa.

Tajriba o'tkazish tartibi ;Baqaning bosh miyasi olib tashlanadi va spinal baqa preparati tayyorlanadi. Orqa miya karaxtlik (shoki) hodisasi yo'qolguncha 3-5 daqiqa kutiladi, so'ng baqani pastki jag'idan shtativ ilmog'iga ilinadi. Filtr qog'oz parchasi 0,1 % li sulfat kislota eritmasi bilan ho'llanib, pintset yordamida baqa orqa oyog'i boldir terisining tashqi sathiga qo'yiladi. Shu oyoqdagi bukuvchi reaktsiyalar kuzatilib, suv bilan baqa oyog'i yuviladi. Baqaning shu oyog'i sulfat kislotaning 0,3% li, keyin esa 0,5 % li eritmalari bilan ta'sirlanadi. O'ta aniq bukuvchi refleksning hosil qiladigan sulfat kislota kontsentratsiyasi (ta'sirlovchi kuch) tanlanadi. Tanlangan kontsentratsiyali kislotaga ho'llangan qog'oz parchasi baqa komining yon yuzasiga qo'yiladi. Bir necha vaqt o'tgach himoya refleksi kuzatiladi: baqa ta'sirlovchi agentni unga yaqin joylashgan oyoq panjalari bilan olib tashlashga harakat qila boshlaydi.

Qog'oz baqaning oldingi panjasining tashqi yuzasiga, qorniga, ko'krak qismi yaqiniga, oldingi va orqa oyoqlari oralig'iga navbat bilan yopishtirilganda, har safar ana shu retseptiv maydon ta'sirlaganda kelib chiqadigan baqa harakatlarining xarakteri aniqlanadi. Har bir ta'sirlash orasidagi vaqt 2-3 daqiqadan kam bo'lmasligi va har bir ta'sirlashdan keyin baqani suv bilan kislota qoldig'idan yuvib tashlash zarur.



Tajribani rasmiylashtirishga doir ko'rsatmalar. Kuzatilgan himova refleksining retseptiv maydoni chizmasi va reflektor yoyini daftarinigizga chizing va summatsiya (qo'shilish) hodisasini qanday hosilbo'lishini tushuntiring.

Reflektor boshqaruv (regulyatsiya)- adashgan nerv yadrolari, simpatik nerv tizimi markazlari va oraliq miya gipotalamik (dumboq osti) sohasidagi markazlar bilan bosh miya po'stlog'i markazlarining ishtirokida yuz beruvchi faoliyat.

MNT faoliyatining asosini reflektor faoliyat tashkil etishi shartsiz va shartli reflekslaming o'zaro ta'siri natijasida oddiy reaksiyadan tortib, murakkab javob reaksiyalar paydo bo'lishida namoyon bo'lishi aniqlandi.

Klinik amaliyotida ayrim xatoliklarga tashxis qo'yishda o'ta doimiyligi bilan ajralib turadigan shartsiz reflekslardan foydalaniladi. Jumladan:



Qosh teva refleks Bu refleks qosh tepasi yoyiga nevrologik bolg'acha bilan urilganda yuzaga keladi. Reflektor yoy: ko'z nervi (uch boshli nervning 1-shoxi), uch boshli nervning sezuvchi yadrosi, yuz nervining harakatlantiruvchi yadrosi, yuz nervi. Javob reaksiyasi qovoqning yumilishidan iborat

Korneal refleks. Bu refleks ko'zning rangdor pardasi tepasidagi shox pardaga ehtiyotkorlik bilan paxta yoki yumshok qog'oz tekkizilganda ro'y beradi. Reflektor yoy: qosh tepasi refleksining reflektor yoyidir. Javob reaktsiyasi qovoqning yumilishidan iborat.




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin