Ishdan maqsad. Ko‘ndalang-targ‘il, skelet, yurak, silliq mushaklari va asab to‘qimalarining tuzilishini gistologik preparatlar yordamida o’rganish.
Kerakli jihozlar:Mikroskop, ko‘ndalang-targ‘il, skelet, yurak, silliq mushaklari va asab to‘qimalarining gistologik preparatlar.
Nazariy tushuncha. Umurtqali hayvonlar va odamda uch turli muskul bor kavak organ devoriga kiradigan silliq muskullar, yurakning ko’ndalang targ’il muskullari va skeletning ko’ndalang targ’il muskullari. Bularning hammasi tuzilish va fiziolognk xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladi.