Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə11/20
tarix14.05.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#57904
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
1-lab

Ishni bajarish tartibi.

1.Quyonlarni harakatsizlantirish turli tartibda olib boriladi. Quyonni harakatsizlantirish (fiksasiya qilish) uchun itlarni fiksasiya qiluvchi katta stolga o`xshash tuzilishdagi kichik viviseksiya stolchalari (stanoklari) dan foydalaniladi. Narkoz berilmagan quyon yog`ochdan yasalgan panjarali qafasga solinadi. Qafasning uzunligi 30 sm, kengligi 15 sm, balandligi 18 sm. Qafasning oldingi qismining o`rtasida oval shakldagi teshik bo`lib, u orqali quyonni (mushukni) boshi tashqariga chiqib turadi. Qafasni pastki qismida bir qancha uzunasiga ariqcha bo`lib, u ariqcha orqali tajriba davrida tezak va siydik tashqariga chiqib turadi. Buning uchun qafasning o`rtasidan sal yuqoriroq qismida tajriba davrida quyonni kirgazib chiqarib turish uchun qopqoq qilingan. Quyonni boshini oldinga chiqrib qafas yopiladi, natijada unga shu holatda ma`lum suyuqlik yuborish yoki undan qon olish mumkin. Birmuncha katta quyonlarga narkotik moddalar yuborilganidan so`ng, ularning yoni bilan yotqizib yoki qornini yuqoriga qaratib maxsus 75x17 sm li jarrohlik stoliga fiksasiyalanadi.



Quyonni yoni bilan yuqoriga qaratib yotqizib harakatsizlantirish

Quyonni qorniniyuqoriga qaratib 2. Kalamushlarni harakatsizlantirish. Kalamushlarni to`rt chekkasiga mix qoqilgan yog`och taxtaga oyoqlaridan bint yoki maxsus ip bilan bog`lanadi. To`rtburchakli taxta ustiga kalamush yoni va yelkasi bilan quyidagicha harakatsizlantiriladi.Imkoniyat bo`lganida maxsus ikkita qopqoqli temir silindrsimon stanokdan foydalaniladi. Qopqoq ochilganda silindr ichiga kalamush kiradi va qopqoq yopiladi. Natijada kalamush maxkam harakatsizlanadi yoki fiksasiyalanadi. Silindrsimon stanokning keyingi teshigi orqali harakatsizlantirilgan kalamushning orqa oyoq terisi tagiga eritmani yuborish yoki uning dumidan qon olish mumkin.



Kalamushniyoni bilan. Kalamushniyelkasi bilan yotqizib harakatsizlantirish

3.Itlarni harakatsizlantirish alohida ahamiyatga egadir.Itni

harakatsizlantirish uchun ma`ruza va amaliy laboratoriya darslarida hayvonlarni maxsus bosh tutgich bo`lgan stanoklarga bo`g`lab va ularga jag` tutgich yoki bog`lam qo`yib uni og`zi yopilgan holatda bog`lanadi. Bog`lamni o`rtasini burun ustidan, oxirini esa jag`ni pastki qismidan bog`lab,eng oxirini ensa suyagiga olib borib bog`lanadi. Bosh tutqich turli shakl va kattalikda bo`ladi. Oddiy bosh tutqichni ma`lum darajada umumiy bosh tutqich deb hisoblasa ham bo`ladi. Chunki u katta va kichik itlar uchun ham ishlatilaveradi. Bosh tutqich ip bilan mahkamlanib hayvonni ensasiga bog`lanadi.

. It jag’im fiksatsiyasi Bosh tutqich




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin