Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə14/20
tarix14.05.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#57904
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
1-lab

SKELET MUSKULLARI

Skelet muskullarining tuzilishi Skeletning ko’ndalang targ’il muskullari uzunligi bir necha millimetrdan bir necha santimetrgacha va diametri 10 mk dan 100 mk gacha boradigan tolalardan tuzilgan. Har bir muskul tolasi simplastik ko’p yadro’li struktura, ya’ni Hujayralar chegarasi bilinmaydigan tu-zilma xisoblanadi Tola yuzasi mikroskopda strukturasiz bo’lib ko’rinadigan tinik, parda — sarkolemma bilan qoplangan. Tolalar ichidagi protoplazma sarkoplazmadan iborat, unda qisqaruvchi iplar — miofibrillalar, shuningdek Hujayra ichidagi kiritmalar — sarkosomalar va mitoxondriyalar bor, oksidlanish protsessi va boshqa ba’zi fermentativ protsesslar shu kiritmalarda ro’y beradi.Umurtqali hayvonlarning skelet muskullari ikki hil — qizil va oq tolali bo’ladi. qizil muskullarnnng tolalari gemoglobinli protoplazmaga boy ularda miofibrillalar bir kadar kam. Oq muskullarnnng tolalari aksincha. miofibrillalari ko’proq ozgina bo’lgan protollazmasida mioglobni kam. Kishi muskullarga quyonning yarimpay muskuli yoki mushakning kambalasimon muskuli misol bo’ladi. Quyon va mushakining boldir muskullari oq muskullarga misol bo’la oladi.Ko’ndalang targ’il muskul tolalarining miofibrillalari uzunasiga to’g’ri navbatlanuvchi qism (disk) larga bo’lingan, bular optik xossalari bilan fark, kiladi. Bu disklardan ba’zilari nurni ikki marta sindiradi, ya’ni anizotrop bo’ladi.Turli organlardagi silliq muskullar funktsiyasi yuksak darajadagi hayvonlar va odam organizmidagi silliq. muskullar ichki organlar, tomirlar va terida bo’ladi. Silliq. muskullar bir kadar sekin xarakat kiladi va uzok, tonik kiskarishlarga qodir bo’ladi. Kavak organlar: me’da, ichak, hazm bezlarining yo’llari, kovuk. (siydik pufagi), o`t pufagi va boshtsalar devoridagi silliq muskullarning ko’pincha ritm bilan bir qadar sekin qisqarishi o’sha kovak organlar ichidagi suyuqlikning siljib borishini va tashqariga chiqarilishini ta’minlaydi. Ichak muskullarining mayatniksimon va peristal-tik harakatlari bunga misol bo`la oladi. Silliq muskullarning uzoq, tonik qisqarishlari kovak organlarning sfinkterlarida ayniqsa yaqqol ko`rinadi; ularning tonik qisqarishi organ ichidagi suyuqlikning chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi. Bu esa o`t pufagida o`tnnng va qovuqda siydikning tuplanishi, turli ichakda axlatning shakllanishi va shunga o`xshashlar uchun zarur shartdir. Qon tomirlari, ayniqsa arteriyalar va arteriolalarning devorlaridagi silliq muskullarda xam ro’y-rost tonus bor- Arteriyalar devoridagi muskul kavatining tonusi arteriyalar diametrining kattaligi-ni idora etadi, shu bilan qon bosimining darajasini va organlarning qon ta’minotini tartnbga soladi.Silliq. muskullar tonusi va xarakat funktsiyasini vegetativ nervlar orqali keluvchi impulslar va gumoral ta’sirlar boshqaradi.






Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin