Fanning ishchi o’quv dasturi
|
|
|
Kalendar reja
|
|
Laborotoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Laborotoriya mashg‘ulotlarini bajarish uchun odam va hayvonlarning a’zo va tizimlarini rasm, jadval, plakatlar, slaydlardan, baqa, kalamush, quyon va qoramollarning a’zolaridan foydalanilib o‘rgatiladi.
Laboratoriya ishlarini bajarishda mikroskop, kinoapparat, kadaskop, tok beruvchi manba, kimogrif, sentrifuga, pH-metr, torozi, shtativlar, turli kattalikdagi shisha stakanlar, kolbalar, menzurkalar, pipetkalar, ilmoq, jarroxlik stolchalari, shaamli taxtacha va boshqalardan foydalaniladi.Laboratoriya darslarini yuqori saviyada,sifatlio’tkazish uchun har tomonlama tayyorgarlik ko’rish zarurdir.
- Tayyorgarlik jarayoni esa quyidagilarni o’z ichiga oladi:
aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish.
laboratoriya hayvonlarini tayyorlash.
tajriba uchun kerakli jihozlarni, asbob-uskunalarni va eritmalarni tayyorlash.
eksperimentlarni o’tkazish uchun har xil tajriba hamda tekshirish usullarini bilish.
Amaliy-laboratoriya darslarida xavfsiz ish sharoitini ta'minlash maqsadida, talabalar quyidagi talablarni bajarishi shart:
1. Oq to’n (xalat)da darsga qatnashishi va ishlashi.
2. Laboratoriya hayvonlarini to’g’ri, ishonchli ravishda harakatsizlantirishi mahsus operatsiya stollariga bog’lash yoki narkoz berish yoii bilan).
3. Eksperiment-tajribani o’tkazish vaqtida ish joyini toza tutishi va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish.
4. Eksperiment-tajriba tugaganidan so’ng, ish joyini (stol, stanok va boshqalarni) dezinfeksiyalovchi kuchsiz eritmalar (xloramin va boshqalar) biian artib, tozalash: idishlar va asbob-uskunalarni iliq suv bilan yuvib, toza suv bilan chayqab, quritishi qo’llarini esa sovun bilan yuvishi.
5. Tajribalarni bajarishda qo’llaniladigan ximiyaviy moddalarni kiyim- kechagiga, og’iz bushlig’iga va organlarga tushishiga yoi qo’ymasligi.
6. Elektr asbob-uskunalarini qo’Uash vaqtida, xavfsizlik qoidalariga qattiq rioya qilishi.
7. Yong’inga qarshi qoidalarni bilishi va unga amal qilishi.
8. Texnika xavfsizligi bo’yicha ko’rsatma olishi va berilgan qoidalarga bo’ysunishi.
Yuqorida ko’rsatilgan talablarning bajarilishi, amaliy-laboratoriya darslarini sifatli va xavfsiz ish sharoitida o’tkazilishini ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |