Burgalar (A phaniptera) turkum
Burgalar (A phaniptera) turkum iga 2000 taga yaqin tur kiradi. Ml >11 tin
400 dan ortiq turi uchraydi. Burgalar to6liq metamorfoz bilan HVQillinadigan
qanotsiz hasharotlar boMib, ular asosan obligat nmntofaglar, issiqqonli
hayvonlarda (qushlar va sutemizuvchilarda, shu lUmladan, odamda) qon so‘rib
parazitlik qiladi. Markaziy Osiyoda pfgalarning 310 ta turi aniqlangan. IJurgalar
mayda ektoparazit bo‘lib, tanasining uzunligi 1-6 mm. ttn asi ikki yonidan siqilgan
bo‘lib, to‘q sariqdan to jigarranggacha boMishi mumkin. Ustidan qattiq yaltiroq
8
xitinli kutikula bilan qoplangan. Kulikulasida uchi orqaga qayrilgan xitinlashgan
tukchalar bo‘ladi. Mana shunday tukchalar boshining oldingi va pastki qismlarini
qoplagan ho‘ladi. Tukchalar burgaga xo‘jayinning jun va patlari orasida erkin
harakat qilishi uchun imkoniyat yaratadi. Burgalar issiq qonli hayvonlarning va
odamlarning ektoparazitlari boMib, ulaming qoni bilan oziqlanadi. Burgalaming
ko‘zlari va sanchibso‘ruvchi og‘iz apparati boshida joylashadi. Og‘iz apparati
quyidagicha tuzilgan: 1 juft pastki jagMar uzun ingichka plastinkalar shaklida
tuzilgan boMib, terini teshish uchun xizmat qiladi. Ular asosida soclak bezlari nayi
va 1 juft kalta pastki jag‘ paypaslagichlari joylashgan. Yuqori labi o‘zgarib, toq
sanchuvchi ignani hosil qiladi. Pastki lab reduksiyalangan, shunday bo‘lsada,
pastki lab paypaslagichlari yaxshi taraqqiy etgan. Ular tamovsimon bo‘lib, bir-
biriga zich taqalib turadi, natijada, sanchuvchi apparat qanotlari gcilofini hosil
qiladi. Ko‘krak qismida 3 juft oyoqlari bo‘lib, keyingi juft oyoqlari kuchli
rivojlangan va sakrovchi tipda tuzilgan. Ular uzun va mushakli oyoqlari bilan
sakrab harakatlanadi. Masalan, odam burgasi 9 sm balandlikka, 32 sm uzunlikka
sakrashi mumkin. Qorin qismi 10 ta bocg‘imdan tashkil topgan bo‘lib, orqa
qismida jinsiy apparati joylashgan. Qorin segmentlarining ikki yonida stigmalar
ko6rinadi. Burgalar ayrim jinsli, ular jinsiy dimorfizmga ega: erkaklari bir oz
kichikroq va qorin boclimining oxirgi qismi yuqoriga qayrilgan bo‘ladi, shu joyda
murakkab kopulyativ apparati joylashgan. Urg‘ochilarining jinsiy apparati
kolbasimon, xitinli rezervuar urug4 qabul qiluvchi pufakcha ko‘rinishida tuzilgan.
Urg‘ochilari hayoti davomida 450 tadan 345 2500 tagacha tuxum qo‘yadi, bir
qo‘yganda tuxumlar soni 6-10 tagacha boradi. Odatda, burgalar tuxumlarini
organik chirindilarga boy boMgan joylarga, ya’ni pol tirqishlariga, tocshamalar
ostiga, quruq axlatxonalarga, devor yoriqlariga va kemiruvchilar iniga qocyadi.
Tuxumdan chuvalchangsimon lichinkalar chiqadi. Embriogenez davri 3 kundan 15
kungacha davom yetadi, bu esa burgalaming turiga va tashqi muhit sharoitiga,
ayniqsa, harorat va namlikka bogMiq. Lichinkalari rangsiz, pigmentlashmagan,
tanasi tuk bilan qoplangan, oyoqsiz boMib, ikki qanotlilar lichinkasiga o‘xshash
boMadi. Lichinkalar chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Ular pilla
ichida g‘umbakka aylanadi. Tashqi muhit sharoitiga qarab, burgalaming
rivojlanishi 20 kundan 1 yilgacha davom etadi. G‘umbakdan chiqqan voyaga
yetgan davri -imago faqat qon bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan burgalar 2-5 yil
umr kocradi. Burgalar bir kunda kamida 1 marta qon so‘radi. Ular asosan (95 %)
sutemizuvchilarda va ayniqsa, kemiruvchilarda parazitlik qiladi. Burgalar muayyan
turdagi xo‘jayin bilan juda mahkam bogManmay, bir turdagi hayvondan ikkinchi
turdagi hayvonga va odamga o‘tishi mumkin. Sunday gematofag hayvonlarga
polifaglar deyiladi. Tabiatda shunday burgalar borki, hatto vaqtincha boMsa ham
ilonda, ba’zilari esa hasharotlaming lichinkalarida parazitlik qiladi. Mushuklarda
mushuk burgasi 0Ctenocephalides felis), itlarda it burgasi (Ctenocephalides canis),
odamlarda odam burgasi (Pulex irritans), kalamushlarda kalamush burgasi
9
(Xenopsylla cheopis) parazitlik qiladi. Lekin ular odamga ham hujum qiladi.
Kalamush va odam burgalari odamlarga о Mat (chuma) va terlama kasalligining
qo‘zg‘atuvchilarini yuqtiradi. Bu ogMr kasalliklaming mikroblari kasal odamlar,
kalamushlar va burgalaming axlati orqali odam terisiga tushib qolsa, uning
timalgan joyidan qonga o‘tib, ko‘paya boshlaydi. Odam burgasi urg‘ochisining
kattaligi 3-4 mm atrofida boMadi (111-rasm). Odam burgasi uy hayvonlarining
tanasida ham yashashi mumkin. Burgalar issiq qonga o‘ch boMib, oMgan
hayvonning sovub borayotgan tanasini tashlab, yangi xo‘jayin axtaradi. О Mat
kasalligi tabiiy manbali fakultativ transmissiv kasalliklar guruhiga kiradi. Uning
tabiiy manbai kemiruvchilar, asosan, kalamushlar, yumronqoziqlar, sug‘urlar va
qumsichqonlar hisoblanadi. Bu kasallik bilan og‘rigan bemor 3-4 kunda oMishi
mumkin. 346 111-rasm. O dam burgasi (Pulex irritans); A-imago; B-lichinka; D-
geumbak. 0 ‘lat odamga ikki xil yo‘I bilan yuqishi mumkin: 1. Bemor qoni bilan
oziqlangan burga qon bilan birga o‘lat qo‘zg4atuvchilarini (o'lat tayoqchalarini)
ham o‘ziga yuqtiradi. Burganing oshqozon va ichagida o‘lat tayoqchalari shu qadar
ko‘payib ketadiki. natijada burganing oshqozonini toMdirib, hasharotning normal
oziqlanishiga to‘sqin!ik qiladigan oclat tiqinini hosil qiladi. Zararlangan burga qon
so‘rganda ovqat oshqozoniga bora olmasdan qaytib tushadi, ya’ni burga qusadi.
Ana shu paytda o‘lat tayoqchalari ham burga «qusgan» joyga tushib, odamni
zararlaydi. Chaqqan joylami qashlaganda, timalgan teri orqali, ya’ni
kontaminatsiya yoMi bilan odamga o‘lat yuqishi mumkin. 2. Mexanik yo‘l bilan,
masalan, bemor bilan yaqin aloqada boMganda, bemoming chiqindilari va hatto
havo-tomchi orqali ham o‘lat kasalligi yuqishi mumkin. 0 ‘lat kasalining
qo4zg‘atuvchisi uzoq vaqtgacha noaniq bo‘lgan. 1893-1894-yillarda fransuz olimi
Sersen va yaponiyalik olim Kitasato (bir-birini bilmagan holda) o‘lat kasalining
qo‘zg‘atuvchisi chuma tayoqchasi - Pasteurella pestis ekanligini aniqladilar. 1896
yili Hindistonda ishlayotgan rus shifokori V.A. Xavkin o‘lat kasaliga qarshi zardob
ishlab chiqib, uni o‘zida sinab ko‘radi va bu zardob yaxshi natija berishini
aniqlaydi. 1897-yili M. Ogata va 1898-yili Zimond o*lat kasalining tarqalishida
burgalar ishtirok etishini tajribalar asosida isbotladilar. Rus shifokori D.K.
Zabolotniy (1887-y.) o‘lat kasalining 347 manbai sutemizuvchilardan
kemiruvchilar turkumi vakillari ekanligini aniqladi. Insoniyat tarixida o‘lat kasali
yer yuzidagi aholini 3 marta juda katta ofatlarga olib kelgan.
10
Birinchi marta 542-yili Misrda o‘lat kasali paydo bo'lib, qisqa vaqt ichida Suriya,
Kichik Osiyo va Konstantinopolga tarqaldi, 4 oy davomida har kuni 10 minglab
aholining yostigMni quritdi. Bu epidemiya «Yustiniana» chumasi nomi bilan
tarixda qolgan. Ikkinchi marta 1334-yili dastlab Osiyoda yangi chuma epidemiyasi
kelib chiqadi. Bu kasallik har xil yoMlar (asosan savdo-sotiq karvonlari) bilan
Hindiston, Kichik Osiyo, Konstantinopol, keyinchalik Arabiston orqali Afrika va 0
‘rta dengizga tarqaladi. 1348-yili Kipr orolining aholisi to‘lig‘icha qirilib ketadi. 2-
3 yil ichida bu ofat butun Yevropa qit’asiga tarqaladi, natijada Yevropa aholisining
to'rtdan bir qismi (25 mln. kishi) qirilib ketadi. Italiya aholisining yarmi halok
boMadi. Bu ofat tarixda «qora oMim» nomi bilan ma’lum. Uchinchi marta 1894-
yili chuma Gongkongda boshlanib, Osiyo mamiakatlarining deyarli hammasiga
tarqaladi. Bu epidemiyadan aholining 60-90%i oMgan. Hozirgi vaqtda oMat kasali
asosan Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning tropik mintaqalarida tez-tez uchrab
turadi. Burgalar faqat odamlar o'rtasida yuqumli kasalliklami tarqatib qolmasdan,
balki kemiruvchilar, yirtqichlar va uy hayvonlari o'rtasida ham ulaming qonini
so'rish orqali yuqumli kasalliklaming mikroblarini sog‘ hayvonlarga va odamlarga
o‘tkazadilar. Burgalardan saqlanishning asosiy yoMlaridan biri sanitariya-gigiyena
qoidalariga rioya qilishdir. Molxonalar, odam turadigan joylami toza saqlash,
undagi pol va to‘shalmalami vaqti-vaqti bilan karbolning 2-5% li eritmasi bilan
dezinfeksiya qilish, devor va pol tirqishlarini kerosinda hoMlangan latta bilan
11
yuvish lozim. Dala sharoitida kemimvchilarga qarshi kimyoviy dorilar (xlorpikrin,
piretrum) sepish kerak. Shuningdek, bularga qarshi kurashish uchun permetrinning
0,05% li suvdagi emulsiyasi, karbafosning 0,5 % li emulsiyasi, xlorofosning 1% li
eritmasi hayvon terisiga purkaladi. Ikki qanotlilar (D iptera) turkum iga 100
mingtadan 120 mingtagacha tur kiradi. MDH mamlakatlarida 10 mingdan ortiq turi
uchraydi. Ular eng yuksak tuzilgan hasharotlardan hisoblanadi. OgMz organlari
yalovchi, sanchib-so‘ruvchi yoki kesib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Lichinkasining
voyaga yetishi davrida metamorfoz keskin namoyon boMadi. G‘umbagi erkin yoki
bochkasimon tipda tuzilgan. 348 Ular orasida yirtqich, qon so‘ruvchi parazitlari
bor. Lichinkalari suvda, tuproqda yoki chiriyotgan organik qoldiqlarda rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: |