Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix31.03.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#92046
1   2   3   4   5   6
24-03 17-35

Ikki qanotlilar
Ikki qanotlilar 3 ta kenja turkumga boclinadi: 1. Uzun mo'ylovlilar
(Nematocera); 2. Kalta mocylovli to‘g‘ri chokli ikki qanotlilar (Brachycera-
Orthorrhapha); 3. Kalta mo'yiovli doira chokli ikki qanotlilar (Brachycera -
Cyclorrhapha). U zun mo^ylovlilar (Nem atocera) kenja turkum i vakillarining
mo‘ylovlari uzun va ko‘p bo‘g‘imli, qorin boMimi ingichka bo‘ladi. Lichinkalari
oyoqsiz, lekin ularning boshlari rivojlangan bo‘lib, og'iz organlari kemiruvchi
tipda tuzilgan. G'umbaklari harakatchan boMadi. Bu kenja turkumga qon
so6ruvchi chivinlar, iskabtoparlar, moshkalar, g'urra yasarlar, uzunoyoqlar,
zaxkashlar va boshqa oilalar kiradi. Qon so‘ruvchi ikki qanotlilar - gnuslar deb
ataladi. Gnuslar vaqtinchalik parazitlar hisoblanadi. Qon so‘ruvchi chivinlar
(Culicidae) oilasi vakillarining ogfiiz organlari sanchib-so^ruvchi tipda tuzilgan,
mocylovlari ingichka, 15 bo‘g‘imli, erkak individlari tukli, ko‘zlari yo‘q. Erkaklari
gul nektari bilan oziqlanadi, urg'ochilari esa qon so‘radi. Chivinlar tuxumlarini
tinch oqadigan hovuz va ko6lmak suvlarga, binolarning suv bosgan yertoUaiariga,
nam va zax tuproqlarga, hatto suvli bochkalarga qo‘yadi. Lichinkalari atmosfera
havosi bilan nafas oladi. Bir mavsumda chivinlaming 4-6 nasli rivojlanishi
mumkin. Chivinlaming hid bilish organi yaxshi rivojlangan. Ular ter hidini va
nafas olganda chiqadigan CO2 gazi konsentratsiyasining o‘zgarishini yaxshi
sezadi. Chivinlar juda serharakat hasharotlar. Ular qon so‘rish uchun bir necha km
masofaga ham uchib borishi mumkin. Tajribada chivinlar 18 km masofaga uchib
borishi kuzatilgan. Kunduzlari chivinlar daraxtlaming kavagi, yertoMalar va o‘tlar
orasida yashirinib yotadi, Kun botgandan keyin faol harakat qilib, qon so‘rishga
o‘tadi. Chivinlaming bir qancha oilasi bo'lib, tibbiyotda ahamiyatga ega bo‘lgani
Culicidae oilasidir. Bu oila 2800 tumi oez ichiga oladi, bulaming ko‘pchiligi
obligat gematofaglardir. Mamlakatimiz hududida Anopheles, Culex, Aedes
avlodlariga kiradigan turlari uchraydi. Anopheles aviodiga kiradiganlari bezgak
chivinlari deyiladi, chunki shu avlodga kiradigan hamma turlar bezgak kasalligini
tarqatadi. Culex aviodiga kiradiganlari esa oddiy chivinlar deyiladi. Bezgak
chivinlarining tipik vakili Anopheles maculipennis 349 hisoblanadi. Bu chivin
bezgak kasalligi qo‘zg‘atuvchilarining o4ziga xos tarqatuvchisidir (112-rasm).
12


112-rasm. Bezgak (Anopheles) va oddiy (Culex) chivinlarning asosiy farqlovchi
belgilari: 1-tuxumlar; 2-lichinkalar; 3-g‘umbaklar; 4-voyaga yetgan urg‘ochi
chivinlar. Bezgak chivini uzun va ingichka boMib, tanasi bosh, ko‘krak va qorin
qismlaridan iborat Bosh qismida mo4ylovlari va ko‘zlaridan tashqari. og'iz
apparati joylashgan. Urg‘ochi chivinlar qon bilan oziqlanadigan boMgani uchun
ulaming ogMz qism lari sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Erkaklari esa 0‘simlik
shiralari bilan oziqlanadi, shunga ko‘ra, ulaming ogMz apparati so‘ruvchi tipda
boMadi. Chivinlarning jufilashishi havoda boMadi. Juftlashib boMganidan keyin
urg‘ochilari tuxumini rivojlantirish uchun qon so‘radi. Qon so'rishda ular odam, uy
va yowoyi hayvonlami taiaydi. 1-2 daqiqa davomida gavdasining ogMrligidan ham
ko‘proq qonni so‘rib oladi. Shundan keyin urg‘ochi chivinlar qorongM joyga
o‘mashib olib, 2-12 kun davomida ovqatini hazm qiladi. Tuxumlar yetilgandan
keyin urg‘ochi chivinlar koMmak suvlarga uchib boradi va suv ustiga yoki suv
o'simliklariga qo‘nib tuxum Anopheles C u le x a m i 350 i|o‘yadi. Tuxum qo‘yib
boMgan chivinlarning bir qismi oMadi, qolganlari сна yana qon so‘rib tuxum
qo‘yishga kirishadi. Bezgak chivini o‘z hayotida 60 dan 350 tagacha tuxum
qo‘yadi. Boshqa chivinlarga qarshi o'laroq, bezgak chivini tuxumlarini bir-biriga
yopishtirmasdan tarqoq holda qo‘yadi. Bezgak kasalini tarqatmaydigan chivinlar
tuxumlarini suv yuzasiga g‘uj-g‘uj qilib tashlaydi. Mazkur tuxumlar to*plami
qayiqchaga 0‘xshab ketadi. Tashqi muhit haroratiga qarab,' 2-10 kun ichida
tuxumdagi lichinkalar yetiladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalarda gavdasining bosh,
ko‘krak va qorin qismlari yaqqol ajralib turadi. Har xil chivinlarning lichinkalari
morfo-anatomik tuzilishlari va biologik xususiyatlariga ko‘ra bir-birlaridan
farqlanadi. Lichinkalar 4 marta tullab, g‘umbaklarga aylanadi. G‘umbaklardagi
nafas olish naylarining shakliga qarab, bezgak chivinini oson farqlab olish
mumkin: ulaming nafas olish naylari konussimon boMib, go‘yo kamaycha
ko‘rinishida boMadi. G‘umbakdan imago rivojlanadi. Tuxum qo‘yishdan boshlab
imago chiqqunigacha boMgan rivojlanish davri, tashqi muhitga qarab, 14—30 kun
davom etadi. Culex avlodiga kiradigan Culex pipiens chivini ham odamda
uchraydigan transmissiv kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini tarqatadi. Yaponiya,
Koreya yarim orolida, Shimoliy Xitoy va Uzoq Sharqda Culex chivinlari ogMr
virus kasalligi -yapon ensefalitini tarqatadi. Aedes avlodiga kiradigan chivinlar
sariq isitma degan ogMr tropik kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tarqatishda ishtirok
etadi. Ulaming tuzilishi va rivojlanishi bezgak chivinlarinikiga o‘xshaydi, lekin
ayrim belgilari bilan farq qiladi: 1. Urg‘ochi oddiy chivinlarning voyaga yetgan
davrida pastki jag6 paypaslagichlari kalta boMib, xartumining uchdan bir qismini
egallaydi, bezgak chivinlarida pastki jag‘ paypaslagichlari xartumiga teng boMadi.
Erkaklarining pastki jag‘ paypaslagichlari oddiy va bezgak chivinlarida xartumiga
teng, ammo oddiy chivinlarda oxirgi bo‘gMmi kengaymagan boMib, bezgak
chivinlaridan farq qiladi. Bundan tashqari, erkaklarining mo‘ylovlari sertuk
boMadi. 2. Bezgak chivinlarining oyogM tanasidan 2 baravar uzunroq boMadi,
13


oddiy chivinlarda esa 1,5 baravar, ko‘kragining o‘rta bo‘gMmida joylashgan 1 juft
qanotida qoramtir 4 ta dogM boMib, bu dogMar zich joylashgan tanachalaridan
iborat. Oddiy chivinlarning qanotida dogMari boMmaydi. 3. Bezgak chivinlari
qo‘nib turganda qorin qismini ko‘targan holda burchak hosil qilib turadi, oddiy
chivinlar esa parallel holda qo‘nadi. 351 4. Odatda, bezgak chivinlari tuxumlarini
kislorodga boy, toza suv havzalariga qo'yadi, oddiy chivinlar uchun bunday
sharoitning ahamiyati yo‘q, suv boMsa yetarli, hatto yomgMrlardan qolgan
koMmaklarga, suvi bor idishlarga ham tuxumlarini qo‘yishi mumkin. 5. Culex
chivinlarining tuxumida havo kamerasi boMmaydi, shuning uchun u tuxumini bir-
biriga tik aylana o‘qi bo‘yicha yopishgan holda qo'yadi. Natijada qayiqchaga
o'xshash 200-400 tadan boMgan tuxumlar to'plamini hosil qiladi. Bunday holda
tuxumlar cho'kib ketmaydi. Aedes chivinlari esa tuxumini suvga emas, suvli, zax
joylardagi substratlarga qo'yadi. Odatda, ularning rivojlanishi deyarli qurib
qolayotgan suv havzalarida kuzatiladi. Tuxum ichida rivojlangan lichinkalar 1
yilgacha saqlanishi mumkin. Suv tekkandan keyin ular tashqariga chiqadi va
rivojlanadi. 6. Bezgak tarqatmaydigan chivinlaming lichinkalari suv yuzasiga
nisbatan burchak hosil qilib suzadi, chunki nafas teshikchalari qorin qismidan hosil
boMgan tana o'simtasida — sifonda joylashgan boMadi. Shu sababdan lichinkalar
suvning ustki parda qavatiga sifoni bilan yopishadi, gavdasi pastga osilib turadi.
Bezgak chivinining lichinkalari suv yuzasida yashab, shu joydagi mayda
zarrachalar va mikroorganizmiar bilan oziqlansa, oddiy chivinlaming lichinkalari
esa suv qatlamidagi organizmlar bilan oziqlanadi. 7. Oddiy chivinning
g'umbaklaridagi nafas olish nayi silindr shaklida boMadi, bezgak chivinida esa
konus shaklidadir. Bundan tashqari, chivinlar parazit nematodalardan
filyariyatlaming rivojlanish siklida ham oraliq xo‘jayin sifatida ishtirok etadi.
Odam bakterial kasali tuleremiya sababchisi ham mazkur hasharotlardir. Kasallik
tarqatuvchi patogen chivinlarga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish uchun
ularning biologiyasi, ekologiyasi va sistematikasi ko'p yillar davomida o'rganilib
kelinmoqda. Bu sohada ayniqsa, V. P. Beklemishev, N. I. Xodukin, A. S.
Monchadskiy, N. I. Isayev, D. L. Shtakelberg va boshqalaming xizmatlari kattadir.
B ukur chivinlar (Simulidae) oilasi vakillari qon so'ruvchi juda mayda chivinlar
boMib, gavdasining uzunligi 2-6 mm keladi. Bu chivinlar umumiy ko'rinishidan
pashshalarga o'xshash, tanasi tig'iz, yelka qismi ko'tarilgan, mo'ylovlari qisqa,
xartumchasi qisqa va sanchib-so'ruvchi tipda tuzilgan. Lichinkalari oqar suvda
yashaydi. Ular odamlar va uy hayvonlarining ba’zi parazit kasalliklarini,
shuningdek, tuleremiyani tarqatadi. 352 Ko'krak qismi bukur bo'lgani uchun bukur
chivinlar deyiladi. Ayni vaqtda ularning 1500 tadan ortiq turi aniqlangan. Bukur
chivinlarning rangi ko‘pincha qora va ko'kish tusda bo'ladi. Urg4ochilari
urug'Iangandan so‘ng oqar suvlar ostidagi o‘simliklar va boshqa substratlarga 100-
800 tadan tuxumlarini to'p-to'p qilib qo‘yadi. Oradan 4-12 kun o'tgach, tuxumdan
lichinkalar chiqadi. Ular orqa qorin segmentidagi so'rg'ichlar va ilmoqchalar
14


yordamida suvdagi har xil substratlarga yopishib olib hayot kechiradi. Bosh
tomonida joylashgan yelpig4ichsimon tukchalari va qilchalari yordamida suvni
filtrlab o'ziga oziq topadi. Lichinka 5 marta tullagach (3 hafla davomida), maxsus
pillali g'umbak hosil qiladi va 20-21 kun ichida jinsiy voyaga yetadi. Hayoti
davomida 1-3 marta avlod beradi. Bukur chivinlaming faqat urg'ochilari qon
so(radi, erkaklari esa gul shirasi bilan oziqlanadi. Ayrim janubiy hududlarda ular
faqat o'simlik shirasi bilan oziqlanadi. O'rta mintaqada va ayniqsa, tayga zonasida
qonxo'r bukur chivinlar ko'p uchraydi. Urg'ochilari hayvonlarga kunduz kunlari
shamol yo'q paytda hujum qiladi. Hayvon qonini so‘rib zaharli so'lak ajratadi, bir
necha soat o‘tgach, hayvon terisi shishadi, harorati ko'tarilib yurak urishi
tezlashadi. Ular Sibir yarasi, tulyaremiya, yapon ensefaliti, moxov kasalliklarini,
qoramollarda va shimol bug'ularida esa onxotserkoz, qushlarda gemosporidioz
kasalliklarining qo'zg'atuvchilarini tarqatadi. Iskabtoparlar (Phlebotomidae) oilasi
vakillari juda mayda bo' lib, tanasi uzun tukchalar bilan qoplangan, uzunligi 1,3—
3,5 mm keladi. Ular kichik kapalakchalarga ocxshaydi. Iskabtoparlar kemimvchilar
va boshqa sutemizuvchilar, kaltakesaklar hamda toshbaqalaming inlarida,
qushlarning uyalarida, molxonalarda, aholi turar joylarida yashaydi. Iskabtoparlar
oilasiga 600 ta tur kiradi. Ular Yevropaning janubi, 0 ‘rta va Janubiy Osiyo hamda
Shimoliy Afiikada keng tarqalgan. Markaziy Osiyoning cho'lli mintaqalarida ham
ko‘plab tarqalgan. Ularning faqat urg'ochisi qon so'radi; erkaklari gul nektari bilan
oziqlanadi. Iskabtoparlar obligat qon so'ruvchi hasharotlar bo'lib, odatda
odamlarga, hayvonlarga tunda, issiq va dim paytlarda hujum qiladi. Qonni faqat
urg'ochilari so'radi. Tana tuzilishi chivinlarga xos bo'lib, ulardan juda uzun
mo'ylovlari bo'lishi va tanasida qalin, qattiq uzun tuklari borligi bilan ajralib turadi.
Oyoqlari uzun va ingichka, ayniqsa, oxirgi juft oyog'i ancha uzun bo'ladi. Oyoqlari
va qanodari butun tanasi singari tukchalar bilan qoplangan. Otalangan urg'ochilari
353 tuxum qo'yishdan oldin. albatta, qon so‘rishi kerak, shundan keyingina
tuxumlari rivojlanadi. Iskabtoparlar ovqat izlab, 1,5 km dan ko4proq yoM bosadi.
Tuxumlami qorongM organik moddalarga boy, zax yerlarga qo‘yadi. Bir qo‘yishda
urg‘ochilari 50-70 taga yaqin tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi
chuvalchangsimon boMib, tanasi 12 segmentdan tashkil topgan. Lichinkalar chiriy
boshlagan organik moddalar bilan oziqlanadi va 4 marta tullaydi. To‘rtinchi marta
tullashdan keyin giumbakka aylanadi. G‘umbakdan voyaga yetgan hasharot
chiqadi. Tuxum qo4yishdan to voyaga yetgunigacha qulay sharoitda 46 kun kerak
boMadi, noqulay sharoitda rivojlanish muddati juda cho'zilib ketishi mumkin (113-
rasm). X 13-rasm. Iskabtopar; I-voyaga yetgan erkak va urg‘ochisi, II-g‘umbagi;
Ш-lichinkasi. Iskabtoparlarning qurtlari organik qoldiqlarga boy boMgan joylarda
masalan, g‘orlar, daraxtlaming kavagi yoki sudralib yuruvchilar va k e m i r u v c h
i l a m i n g inlarida rivojlanadi. Bir yilda ulaming i k k i avlodi voyaga yetadi. 354
Iskabtoparlardan Phlebotomus pappatasii turi odamlarga leyshmanioz
(pashshaxo‘rda) va pappatachi isitmasi kabi kasalliklami yuqtiradi. Shunday qilib,
15


yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko'rinib turibiliki, chivinlar uy hayvonlari va
odamlarning tinchligini buzishi bilan katta ziyon keltiradi. Chivinlardan bezovta
boMgan chorva mollarining mahsuldorligi pasayib ketadi. Bezgak chivinlari tropik
mamlakatlarda odamlar o‘rtasida bezgak kasalini, ayrim chivinlar virusli Yapon
cnsefaliti, tulyaremiya kasalligini tarqatadi. Chivinlami yo'qotish uchun ulaming
barcha rivojlanish davrlarini hisobga olgan holda, chora tadbirlarni amalga oshirish
kerak. 
Voyaga yetgan chivinlar yoz paytlarida kunduzi qo'nib turadigan joylarda, qish
paytida esa qishlash joylarida har xil insektitsidlar yordamida yo‘qotiladi.
Lichinkalari va g‘umbaklariga qarshi kurashish uchun suv havzalari tekshiriladi.
Anopheles lichinkalari sho‘r, kislorodi kam, soya suv havzalarida yashamaydi.
Suvi tez oqib turadigan daryo va anhorlarda ham lichinkalari uchramaydi.
Chivinlarning lichinkalariga qarshi kurashishda xo'jalik maqsadlari: uchun
keraksiz boMgan kichikroq suv havzalari tuproq bilan ko‘mib tashlanadi. Baliq
ko‘paytirilmaydigan va xo‘jalik maqsadlari: uchun ishlatilmaydigan suv
havzalariga zaharli kimyoviy moddalar sepiladi, neftlanadi. Neft suv betiga
nihoyatda yupqa parda ko'rinishida yoyilib, lichinkalar va g‘umbaklaming nafas
olish teshiklarini berkitib qo'yadi va ular oMadi. Kimyoviy moddalar
zarrachalarining kattaiigi lichinkalar oziqlanadigan mikroorganizmlardan kichik
boMishi kerak, shundagina ular kimyoviy moddalami yutadi. Hozirgi vaqtda
kurashning biologik usuli rivojlanib bormoqda. Lichinkalar va g'umbakiari bor suv
havzalarida ular bilan oziqlanadigan gambuziya baligMni ko‘paytirish yaxshi
16


natija bermoqda. Sholipoyalami esa uzib-uzib sug'orish, ya’ni qisqa vaqt ichida
suvni chiqarib tashlash yoMi bilan parazitlami yo'qotish mumkin. Bundan tashqari,
hovuz suvlarini vaqti-vaqti bilan oqizib turish, suv havzalarining organik
chiqindilar bilan ifloslanishiga yoM qo‘ymaslik kerak. K alta m o‘ylovli to‘g‘ri
chokli ikki qanotlilar (BrachyceraOrthorrhapha) kenja turkum i. Bu kenja turkum
vakillarining qanotlari kalta va kuchli, mo‘ylovlari 3 bo'gMmli boMadi.
Qurtlarining bosh kapsulasi reduksiyaga uchragan. G'umbagi yopiq tipda tuzilgan.
Imago chiqishi oldidan g‘umbak po'sti bosh ko‘krak ustidan «t» shaklida yirtiladi.
Bu kenja turkumga so'nalar, qo‘tir pashshalari oilalari va 355 boshqa ikki
qanotlilar kiradi. Odamlar va chorva mollariga, asosan, so'nalar oilasining vakillari
jiddiy ziyon keltiradi (114-rasm). D E 114-rasm. K alta m o‘ylovli ikki qanotlilar:
A - so‘na; В - volfart pashshas; D - qonxo‘r it pashshasi; E- qonxo‘r qo‘y
pashshasi. So‘n a la r (Tabanidae) oilasiga eng yirik qon so‘ruvchi ikki qanotlilar
kiradi. So‘nalar tanasining uzunligi 6-30 mm bo‘lib, rangi turlariga qarab sariq,
qora va kulrang tusda bo‘ladi. Boshining yon tomonida yirik fasetkali ko‘zlari
joylashgan. Ko‘zlari qizgMsh tilla rangda tovlanib turadi. Boshining ostki qismida
og‘zi joylashgan boMib, og‘iz apparati urg‘ochilarida sanchib so4ruvchi tipda,
erkaklarida yalovchi tipda tuzilgan bo-lib, xartumcha ko‘rinishda. Erkagi va yosh
urg‘ochisi gul nektari bilan oziqlanadi. Urgcochi so‘nalar faqat urugMangandan
keyin qon bilan oziqlanishga o‘tib, qoramollarga, odam va yow oyi hayvonlarga
hujum qiladi. Ular bu davrda kemiruvchilar, kahakesaklar va hatto hayvonlaming
2-3 kunlik murdalariga ham hujum qilishi mumkin. So4nalar hayvonlar terisini
sanchib-yalovchi yoki kesib-yalovchi og‘iz organlari orqali kesib, shu joydan
chiqadigan qonni so‘rib 356 oziqlanadi va 2-4 kundan so‘ng suv yoki ariq
bo‘ylaridagi nam tuproqlarga to‘p-to‘p qilib tuxum quyadi. So‘nalar 1 yilgacha
yashaydi, ammo qon so‘rib olgan urg‘ochi IO‘na 1 oygina yashaydi va shu vaqt
ichida bitta urgcochi so‘na ariq ho'yidagi nam tuproqqa 300 tadan 3500 tagacha
tuxum qo‘yadi. Tuxumlardan 1-2 haftadan keyin qurtlar chiqadi. Qurtlar 10-11
oygacha botqoqlikdagi organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Bu muddat ichida ular 6
marta po‘st tashlab, 6 yoshga kiradi. Bahorda qurtlar g‘umbakka ayianadi.
G‘umbaklik davri ob-havoga bog‘liq bo‘lib, u 6 kundan 25 kungacha davom etadi,
so‘ngra jmsiy voyaga yetgan qanotli so‘na uchib chiqadi (115-rasm). 115-rasm. Q
oram ol so4nasi (Tabanus bovinus): A - urg‘ochisi; В — qo‘ygan tuxumlari; V —
lichinkasi; G — g4umbagi. So‘nalar kunning issiq va yorug* paytida hayvonlarga
hujum qiladi. Ular odatda harakat qilayotgan har qanday buyumga, hatto qog‘oz
yoki boshqa materialdan yasalgan narsalarga ham hujum qiladi. Qon so‘rayotgan
socna hech narsaga e’tibor bermaydi. So‘nalar chorva mollaridan - ot, qoramol;
tuya, qo‘y, ba’zan it va boshqa hayvonlar qonini socradi. Socnalar hayvonlar
terisida yara hosil qilib, so*lagi tarkibidagi zaharli modda bilan chaqqan joyda
qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. Bundan tashqari terini yaralangan qismiga har xil
infektsiyalami tushirib, hayvonlarda turli yuqumli kasalliklami ham keltirib
17


chiqaradi va ulaming mahsuldorligini pasaytirib yuboradi. So‘nalar orqali
hayvonlar orasida tulyaremiya, Sibir yarasi, tripanosomoz kabi kasalliklar
tarqaladi. Ho‘kiz so‘nasi (Tabanus bovinus) keng tarqalgan turlardan 357 bin
hisoblanadi. So‘nalar N.G. Olsufev tomonidan yaxshi o‘rganilgan. Dunyoda
so‘nalaming 3,5 mingdan ortiq turi mavjud, MDH da ularning 200 ga yaqin turi, 12
ta avlodi va 3 ta kenja avlodi mavjud. M.Q. Qodirovaning ma’lumotlari bo'yicha, 0
‘zbekistonda so‘nalaming 49 ta turi uchraydi. So‘nalarga qarshi 1—2 % li xlorofos,
2—3 % li polixlorpknin, 0,5 % li fosfamid, 1 % li karbafos kabi insektisidlar
ishlatiladi. K alta m o‘ylovli do ira chokli ikki qanotlilar (BrachvceraC
yclorrhapha) kenja turkum i. Bu kenja turkum vakillarining tanasi kichik,
mo‘ylovlari 3 bo‘g‘imli, lichinkasining bosh bo‘limi butunlay reduksiyaga
uchragan. Lichinkasining po‘sti g‘umbakka aylanish davrida tushib ketmasdan
bochkasimon shaklga kiradi va qotib, soxta pillani hosil qiladi. Bu kenja
turkumning 100 ga yaqin oilalari bor. Parazitlari va kasallik qo‘zg‘atuvchilarini
tashuvchilariga asl pashshalar, se-se pashshalari, kulrang go‘sht pashshaiari, qon
so‘ruvchi pashshalar oilalari va bo‘kalaming 3 ta oilasi kiradi. Asl pashshalar (M
uscidae) oilasi vakillari juda keng tarqalgan kulrang yoki qoramtir rangli
hasharotlar hisoblanadi. Mo4ylovIarining ikkinchi bo‘g‘imi ust tomonidan
uzunasiga choki bor. Imagosi gul nektari, organik moddalar chiqindilari, axlatlar
bilan oziqlanadi. Ayrim turlari qon so‘radi. Lichinkalari orasida fitofaglari,
saprofaglari, yirtqich va parazitlari bor. Bu oilaga 9 mingga yaqin tur kiradi. MDH
da 1000 ga yaqin turi uchraydi. Bir qancha turlari hovli-joylar yaqinida har xil
tashlandiqlarda yashaydi. Bular uy pashshasi (Musca domestica), uy kichik
pashshasi (Fannia ccmicularis), xonadon pashshasi (Muscina stabulans) va
boshqalar. Uy va boshqa sinantropik pashshalar kishilarga dizenteriya, terlama, tif
kasalliklari infektsiyalarini tarqatadi. Qon so‘ruvchilardan kuzgi chaqog‘ich
pashsha (Stamoxys calcitrans) bunga misol bo‘ladi. U tashqi ko‘rinishidan uy
pashshasiga o‘xshaydi, lekin sanchib-so‘ruvchi xartumchasi bor. Uning
lichinkalari xashakli go‘ngda va chirindi 0‘simlik g‘aramlarida rivojlanadi.
Afrikada qon so‘rar se-se (Glossina) pashshasi keng tarqalgan. Bu pashshalaming
ba’zi turlari odamlarda uyqu kasali va uy hayvonlarida nagan kasalligini
qo‘zg‘atuvchi tripanosomalami tarqatadi. Uy pashshasi (Musca domestica) butun
dunyo bo‘ylab keng tarqalgan sinantrop hasharotlardan hisoblanadi (116-rasm).
358 116-rasm. Uy pashshasi (Musca domestica): A-voyaga yetgan pashsha, B-
tuxumi; D-lichinkasi; E-g‘umbagi. Uy pashshasi faqat aholi yashaydigan joylarda
uchraydi. Pashsha xartumining kengaygan uchki qismida og'iz teshigi joylashgan.
Yumshoq lablari yordamida suyuq oziqni yalab oladi. Pashshalar qattiq oziq bilan
ham oziqlanishi mumkin. Og‘iz apparati yalovchi tipda. 1 juft qanoti ikkinchi
ko‘krak segmentida o‘mashgan. Oyoq panjasining tirnoqchasi ostida yopishqoq
yostiqchasi bor. Shu yopishqoq yostiqchasi tufayli pashshalar juda silliq sathda
ham o'rmalab yura oladi. Gavdasi tuklar bilan qoplangan, ana shu tuklarga iflos
18


narsalar osongina yopishadi. UrugMangan urg‘ochi pashsha bir yo‘la 120-150
dona tuxumini iflos chiqindilarga, ochiq qolgan oziq-ovqatlarga qo‘yadi.
Tuxumdan chiqqan chuvalchangsimon lichinkalari chiriyotgan organik moddalar
bilan oziqlanadi. Lichinka 3 marta tullab g'umbakka aylanadi. Uy pashshasining
g'umbagi harakatsiz, ovalsimon shaklda. Ma’lum vaqt o‘tgach, g‘umbakdan yetuk
pashsha chiqadi. Tuxum qo‘yishdan boshlab imago davriga yetguncha o‘rtacha 10-
25 kun kerak bo'ladi. Pashshalar qorong‘ilikni yoqtirmaydi va doim yorug‘likka
intiladi. Ular oziqovqat mahsulotlari, non, qand, murabbo va go‘shtli taomlarga
qo'nib, ularni yalab-so‘radi va so'lagini tushirib, har xil mikroblar bilan
ifloslantiradi. Pashshada hid bilish va ta’m bilish organlari yaxshi rivojlangan.
Zarur boMgan oziqni hididan topadi. Ta’m bilish organi oyoq panjalarining uchida
joylashgan. Bir yilda pashshaning 10-12 avlodi rivojlanadi. Uy pashshasi ekologik
jihatdan odamlar turadigan joy bilan yaqindan bogMiq. Pashsha yotoqxona,
oshxona, axlatxona va hojatxonalarda, shuningdek, transportda uchraydi. Ular bir
qancha kasalliklarning qo4zg4atuvchi 1 arini mexanik ravishda bir joydan ikkinchi
joyga olib borib tarqatadi. Uy pashshalari iflosliklar orqali ichburug4, qorin
terlamasi (tifi), o‘pka sili, vabo, bo4g‘ma, kuydirgi, konyunktivit (ko‘z kasalliklari)
va poliomiyelit kabi virus, bakteriya va boshqa kasalliklaming qo‘zg4atuvchilarini,
har xil yiringli kasalliklar mikroblarini, bir hujayrali parazitlaming sistaJarini va
parazit chuvalchanglaming tuxumlarini odamlarga yuqtirishi mumkinligi
aniqlangan. Akademik Ye.N. Pavlovskiyning ma’lumotiga ko4ra, pashshalar 63
turdan ortiq zararli mikroorganizmlarni tarqata oladi. Asl pashshalar orasida bir
qancha turlari o4simlik.to‘qimalari bilan ham oziqlanadi. Se-se pashshalari
(Glossidae) oilasiga 2 ta tur kiradi. Ular tropik Afrikada tarqalgan boclib, afrika
uyqu kasalligining qo4zg4atuvchilari - tripanosomalami tarqatadi. Ulaming
kattaiigi 6,5-14 mm boMadi. Urg‘ochilari tirik tug‘adi. Bor-yo‘gM 1 ta lichinka
tugcadi. Hayoti davomida (3-6 oyda) urg‘ochisi 6-12 tagacha lichinka tug'adi. Se-
se pashshalarining lichinkalari tashqariga chiqishi bilan tuproqqa tushadi va tezda
tuproq ichiga kirib, g'umbaklik davriga o‘tadi. 3-1 haftadan keyin jinsiy voyaga
yetgan pashshaga aylanadi. Ular asosan yowoyi va uy hayvonlarining, shuningdek,
odamlaming qoni bilan oziqlanadi. Keng tarqalgan turlariga Glossina palpalis va
Glossina morsitans kiradi. Glossina palpalis asosan Afrika qit’asining g‘arbiy
mamlakatlarida tarqalgan. Uzunligi 1 sm dan katta (117-rasm). Odamlarning
uylariga yaqin boMgan daryo va koMIar qirg4oqlarida yashaydi. Asosan, odam
qoni bilan oziqlanadi. Shuning uchun ham ~ odam tripanosomoz kasalligini
tarqatuvchi manbasi bo4lib xizmat qiladi. Se-se pashshalari tanasida
tripanosomalar 2-3 oy tirik holda saqlanishi mumkin. Glossina morsitans turining
hajmi 1 sm dan kichik. Asosan, Afrika o‘rmonlarida yashaydi. Ko4proq yirik
yowwoyi hayvonlarning (antilo360 palar, buyvollar, karkidonlar va boshq.) qoni
bilan oziqlanadi. Odamga kamdan-kam hujum qiladi. 117-rasm. Se-se pashshasi
(Glossina palpalis). Tripanosomoz kasalligidan Afrikada har yili minglab odamlar
19


oMadi. Afrikada se-se pashshalariga qarshi ko‘p yillardan beri turli pestitsidlar
qo‘llanib kelinadi. Lekin bu ishlar ijobiy natija bermayapti. . Aksincha, pestitsidlar
bu yerdagi flora va faunaga salbiy ta’sir qilmoqda. K ulrang go‘sht pashshalari
(Sarcophagidae) oilasi. Bulaming 2 mingdan ortiq turi boMib, ular issiq iqlimli
mintaqalarda yashaydi, ozroq qismi sinantroplardir. Bu oilaning vakillari tanasi
ko‘pincha kul rangda, qomi shashka taxtachasiga o'xshash naqshli. Lichinkalari
o'limtiklarda, buzila boshlagan go'shtda, go‘ng va tezaklarda uchraydi, ba’zilari uy
hayvonlari va odamlarda miazalar sababchisi bo'lishi mumkin. Valfartov pashshasi
(Wohlfahrtia magnified) tirik tug'uvchi lichinkalami ba’zan odam tanasiga qo'yadi.
Ular to'qimalarga kirib juda kuchli og'riq va xavfli miazni hosil qiladi. Ba’zilari
chigirtkalar tanasida parazitlik qiladi. Ular ocrta mintaqalarda keng tarqalgan.
Ko‘pchilik turlari tirik tug‘adi. V olfart pashshasi (Wohlfahrtia magnified) uy
pashshasidan kattaroq boMib, gavdasining uzunligi 9-13 mm, rangi och kulrang
(118- rasm). Og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Boshida 2 ta yirik
murakkab ko‘zi va bocg‘imli mo'ylovlari bor. Ko‘kragida 1 juft qanoti va
jizillagichi joylashgan. Volfart pashshasi Janubiy Yevropa va 0 ‘rta 361 Osiyoda
keng tarqalgan. Mamlakatimizning markaziy va janubiy qismlarida uchraydi. в
118-rasm . V olfart pashshasi (Wohlfahrtia magnified): A - urg'ochisi; В -
lichinkasi. Voyaga yetgan volfart pashshasi dashtlarda dalalardagi gullaming
shirasi bilan oziqlanadi. Ular juftlashgandan keyin 120-200 tagacha tirik lichinka
tug‘adi, lichinkalarini hayvonlar terisining jarohatlangan joyiga, shuningdek, ko‘z,
burun, og‘iz shilimshiq pardalariga, quloq supralariga kuch bilan sepib o‘tib
ketadi. Lichinkasi juda yirik, yo*g‘on, chuvalchangsimon shaklda. Lichinkalaming
bosh tomonida xitinli ilmoqlari bor. U ana shu tomoni bilan tana teshigiga va
to'qimalariga kirib, tirik to'qimalar bilan oziqlanib, yemira boshlaydi. Yemirilish
jarayoni juda tez kechadi. 2—3 kun ichida lichinka yara va jarohatni suyakkacha
yeb boradi. Bu jarayon qattiq og‘riq hosil qilish bilan boradi. Ko‘zIaming
shikastlanishi ko‘rlikka olib kelishi mumkin. Lichinkalaming o‘sishi va
rivojlanishi xo'jayinning tirik to‘qimalari hisobiga boradi, bunda ular 3-4 kun
ichida lichinka davrini boshidan kechiradi. G'umbakka aylanishdan oldin
lichinkalar yerga tushadi va tuproqda g‘umbakka aylanadi. Butun rivojlanish davri
11-23 kun davom etadi. Volfart pashshasi yiliga 6 marta bo‘g‘in berishi mumkin.
Lichinkalari miaz kasalligini tarqatadi. Miaz og‘ir kasallik bo‘lib, vaqtida oldi
olinmasa, ba’zan oMimga ham olib keladi. Volfart pashshasi lichinkalari
odamlarga tushishi mumkin. Ular odamning yara joyiga, 362 МмМрм, к" 9 vii
ImihiIkh (ushgnnida to4qimalarini yeb, tuzalishi qiyin * '*ilibla rivojlanadi,
ba’zilari sut emizuvchllarda parazitlik qilib miaza (Mlllllk) hoillHaelni chaqiradi,
ba’zilari esa hasharotlar va umurtqa- •МйГп1нц pVtzltldir. Ko'pchilik turlari
sinantrop bo‘lib, oshxonalar, l)Mhnoiialnr, axlat o'ralar oldida yashab mikrob va
gelmintlaming liiHiintlnl lanhiydi. Sinantroplardan ko‘k (Calliphora) va yashil
(Lucilia) oMaknnxu’r pashshalar avlodi vakillari keng tarqalgan. Bulardan ba’zi
20


bit Kit i in hlq yaralarga tuxumini qo‘yib, fakultativ miazalarni chaqiradi. Jihu yo'l
bilan uy hayvonlariga katta ziyon yetkazadi. (hi*slit pashshasi (Calliphora
erythrocephala) ning bo‘yi 7-14 linn, mctallga o'xshash yaltiroq, boshining oxirgi
qismi qizg‘ish, ku'krak qismi esa qora tusda. Go‘sht pashshasi, ayniqsa,
qushxonalarga lUKUill qo‘yish uchun uchib kiradi. Kattaligi 1,5 mm keladigan
•lll|Mllmon slukldagi tuxumlarini 450-600 tadan qilib, go‘sht va boshqa bay von
inahsulotlariga qo'yadi. I'lixumdan chiqqan lichinkalar 10-12 kun oziqlanib,
g'umbakka nylanlih oldidan yerga tushadi. Bu pashshaning lichinkalari har xil
yaiabir va jarohatlarda soxta parazitlik qiladi. Pashshaning lichinkalari toza
sharoitda o'stirilib, tuzalishi qiyin ho'lgan osteomiyelit kasalligini davolashda
qoMlaniladi. Buning uchun yaraning ichiga lichinkalar yuboriiadi. Lichinkalar
kasallangan to‘qiinalarni iste’mol qiladi. Har 5 kunda lichinkalar almashtirilib
turiladi. Shunday davolash yosh bolalarda 6-7 hafta, katta yoshdagi kishilarda
ko'proq davom etadi. Qon so‘ruvchi pashshalar (Hyppoboscidae) oilasi
vakillarining tu/.ilishi hayvonlar juni va pat qoplami orasida harakatlanishga
moslashgan. Tanasi yassi va keng, qanotlari tanasiga tig‘iz tegib turadi, oyoq
timoqlari o'tkir. Ayrim turlarida qanotlari reduksiyaga uchragan. 363 Urg‘ochi zoti
g‘umbakka o‘tuvchi bitta lichinka tug‘adi. U tezda g‘umbakka aylanadi. Qon
so‘ruvchi pashshalar irain xartumi bilan sutemizuvchilar va qushlar qonini socradi.
Ayniqsa, qo‘y pashshasi (Melophagus ovinus), qanotli ot qon so‘rar pashshasi
(Hippobosca equina) va it pashshasi (Hippobosca longipennis) ko‘pchilikka
ma’lum. Qo‘y pashshasi hayvonlar qonining kamayib ketishiga, terisining
yalligManishiga va junlarining to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Qo‘y pashshasi qanotsiz
boMadi. Pashshalarga qarshi kurashish uchun, aw alo, ular ko'payadigan joylardagi
lichinkalarni toMiq yo'qotish, kir o‘ralari, hojatxonalar va axlatxonalarni tez-tez
tozalab turish lozim. Quruq axlatni yoqib tashlash kerak. Chiqindilarni
kompostlash yoki dezinfeksiyalovchi moddalar bilan zararsizlantirish lozim. Ochiq
tipdagi hojatxonalarda axlat ustiga so‘ndirilmagan ohak yoki xlorli ohak sepib
turish zarur. Voyaga yetgan pashshalami qirish uchun binolarga insektitsidlar bilan
ishlov berish lozim. Pashshalar yopishqoq qog‘oz va pashsha tutqichlar bilan
tutiladi. Jamoat ovqatlanadigan korxonalarda, oziq-ovqat omborlarida, kasalxona
va yotoqxonalarda pashshani batamom qirib tashlash zarur. Buning uchun ularga
qarshi turli insektitsidlar: xlorofos, geksoxloran va boshqa dorilar qoMIaniladi.
Bino va oziq-ovqat mahsulotlarini pashshadan saqlash kerak. Yoz vaqtlarida
derazalarga doka, sim to‘r tutish, ovqatlaming va idishlaming ustini yopib qo'yish
lozim. Bo‘k aIar ham kaltam o‘ylov doira chokli ikki qanotlilar kenja turkum iga
kiradi. Bo‘kalaming quyidagi 3 ta oilasi bor: oshqozon bo‘kalari, teri osti bo‘kalari
va burun-halqum bo‘kalari. Bo‘kalar tanasi kalta tuklar bilan qoplangan, qilchalari
yo‘q. Lichinkalari sut emizuvchilarda parazitlik qiladi. Voyaga yetgan
hasharotlaming ogMz organlari reduksiyaga uchragan, oziqlanmaydi. Shuning
uchun ular uzoq yashamaydi. T eri osti bo‘kalari (H ypoderm atidae) oilasi
21


vakillarining urg^chilari tuxumlarini hayvonlar junlariga yopishtirib qo6yadi.
Lichinkalari teri ostida rivojlanib, nafas olishi uchun teshikcha hosil qiladi.
Bularga qoramol bo‘kasi (Hypoderma bovis), Shimoliy bug‘u bo'kasi
(Oedemagena tarandi) va boshqalar kirib, terini sifatini buzadi, sut va go‘sht
mahsulotini kamaytiradi. Qoramol bockasi Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoda
keng tarqalgan. Teri bockasi qoramollarda surunkali kechadigan gipodermatoz
kasalligini paydo qiladi. Gipodermatoz O'zbekistonda ham keng 364 1нн|н1|1пи
Iи»'III.. chorvachillk xo‘jaliklarga katta iqtisodiy zarar 1-* lilt «nil Mu kn*itlllk <
limkalar qishlaydi va rivojlanib, uzunligi 12-20 mm ga yetadi. Bahor yulsi yoz
laslining boshlarida lichinkalar otning tezagi bilan yerga UiHluidi va g‘umbakka
aylanadi. 25-30 kun o'tgach, g'umbakdan yetuk, (pinolli bo'kalar chiqadi. Ot
oshqozonida bo'ka lichinkalari juda ko'p (1000-1500 tagacha) bo'ladi. Lichinkalar
oshqozon devorini yallig'- Iantirlb, og‘ir kasallikka duchor qiladi va ko'pincha
hayvonlar halok boMadi. Gastrofilyoz va uning qo'zg'atuvchilari yer yuzida keng
tarqalgan. Gastrofilyoz bilan kasallangan hayvonning ishtahasi pasayadi, ba’zan
butunlay yo'qoladi, natijada otlar ozib ketadi. Ba’zan oshqozon bo'kasining 1
yoshli lichinkasi odam terisiga kirib, kasallik paydo qilishi mumkin. Oshqozon
bo'kasiga qarshi kurashda, birinchi navbatda, Otlaming juni orasidagi bo'ka tuxumi
va lichinkalarini yo'qotish kerak. Buning uchun o‘tkir pichoq yoki shisha sinig'i
bilan bo‘kalar tuxumi bor joylar 367 jun yotgan tomonga qaratib qiriladi. Yozda
har 4-5 kunda otlar alohida ajratilgan joyda shu usulda tozalanib, undan tushgan
jun va tuxumlar kuydirib yuboriladi. Otlar junidagi bo‘ka tuxumlari va
lichinkalarini kreolinda eritilgan 25 % li eritma bilan ham yo‘qotish mumkin.
Shuningdek, bar xil ichiriladigan dorilardan foydalaniladi. Otlar boqiladigan
yaylovlar bar 25-30 kunda almashtirilib turiladi. Oshqozon bo‘kasiga qarshi
xlorofos, amidofos, estrozoi va ekvalandan foydalaniladi. 120-rasm. O shqozon-
ichak bo‘kalarining rivojlanish sikli: 1-tuxumi; 2-3-uch yoshli lichinkalari; 4-
g‘umbak; 5-voyaga yetgan bo‘ka; 6-kasallangan o t B urun-halqum bo‘kalari (O
estridae) oilasi vakillari tirik tug‘adi. Bu oilaga 35 ga yaqin tur kiradi, uzunligi 10-
18 mm atrofida bo‘ladi. Ularning lichinkalari tuyoqli hayvonlarda parazitlik qiladi.
0 ‘zbekistonda 4 ta turi qo4y, echki, tuya va otlarda parazitlik qiladi. Qo‘y bo‘kasi
(Oestrus ovis) ning uzunligi 10-12 mm bo‘lib, ulaming lichinkalari qo‘y va
echkilaming burun hamda peshona bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi. Urg‘ochilari
sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangda, usti kam sondagi tuklar bilan qoplangan. Lichinkalari
birinchi lichinkalik 368 iIiiviMii 1,3 m m , u c h in ch i lich in k alik d a v rid a e s
a 1 0 -3 0 m m u z u n lik d a iHt'ledf. (;o ‘y ho‘kasi issiqni yoqtiradi, 16-40°C
haroratda uchib yuradi. I Iru'uchllari urug'iangach, devor yoriqlari orasida yoki
binolarga uchib I и и lb, 12-16 kun davomida tinch o‘tiradi. Lichinkalari
yetilgandan ki'vln ular laollashib, qo‘y va echkilami axtaradi va ularning burun
kiivnkliiriga 12-20 tadan tirik lichinkalami purkab yuboradi. Har bir ИГц’осЫ
bo'ka hayoti davomida 600 tagacha lichinka qo'yadi. Agar hi).•'ticlii bo‘ka yetilgan
22


lichinkalami o‘z vaqtida biror joyga qo‘ya nlniusa, lichinkalar bo‘ka
bachadonining devorini yorib yuboradi va uni luilokntga olib keladi. Qo‘yning
bumiga tushgan lichinkalar tezda luirunning ichkarisiga qarab siljiydi. Aprel va
may oylarida qo‘yilgan lichinkalar rivojlanib, iyul-avgust oylarida hayvonning
miyasiga ko’chttdi, ba’zan peshona bo‘shlig‘iga o‘tadi. Bu yerda 2 marta tullab,
iicli yofhli lichinkaga aylanadi. Keyinchalik uch yoshli lichinkalar yana biirtm
bo'shlig‘iga qaytadi va qo‘y aksirganda, yerga tushib, tuproq OfulgB kiradi va
g‘umbakka aylanadi. 18-25 kunda ulardan qanotli bo'kolar yetishadi (121-rasm). l
121-rasm. Q o‘y bo‘kasi (oestrus ovis) ning rivojlanish sikli: 1-uch yoshli lichinka;
2-kasallangan qo‘y; 3-g‘umbak; 4-voyaga yetgan bo‘ka. 369 Imago 25 kun
yashaydi, uning jinsiy yo'llaridagi tuxumdan 12-20 kun ichida lichinkalar paydo
bo'ladi. Voyaga yetgan bo'ka lichinkalarini qo'ygandan keyin halok bo'ladi. Q o'y
bo'kasi shimoliy tumanlarda yiliga 1 marta avlod bersa, issiq iqlimli hududlarda 2
marta (ko'klam va kuzda) avlod beradi. Bo'ka lichinkalari qo'ylaming burun
bo'shlig'ida bahorgi zararlanish davrida 4 oy, kuzgi zararlanish davrida esa 6-7 oy
yashaydi. Qo'y bo'kasi keltirib chiqaradigan kasallik estroz deyiladi. Bu kasallik
hamma mamlakatlarda uchraydi. Estroz bilan ko'pincha yosh qo'ylar kasallanadi.
Estroz kasalligida mollaming nafas olishi qiyinlashadi, burun bo'shlig'idan qon
aralash yiring keladi. Bu kasallikdan qo'ylaming ishtahasi buzilib, oriqlab ketadi.
Undan olinadigan jun mahsuloti 3-16 % ga kamayib ketadi. Burun bo'shlig'i va
miyaga joylashib olgan bo'ka lichinkalari qo'y va echkilarda soxta aylanma (tentak)
kasalligini paydo qiladi, ya’ni mollaming hushidan ketishi, bir joyda aylanishi
kuzatiladi. Kasallangan yosh mollar ko'pincha nobud bo'ladi. Nafas yo'llari
zararlanganda esa qo'ylar zotiljam kasalligidan o'ladi. Zararlangan hayvon ozib
ketadi va mahsulot sifati pasayadi. Ba’zan ular tuxumlarini odam ko'ziga purkab
yuborishi ham mumkin. Lichinkalar odam ko'ziga tushib qolsa miaz, konyunktivit
kasalliklarini keltirib chiqaradi. Estrozga qarshi kurashda kompleks chora-tadbirlar
qoMlaniladi. Birinchi navbatda, kasallangan qo'y va echkilar davolanadi. Buning
uchun mollaming burun bo'shlig'iga yodning 0,25 % li va xlorofosning 2 % li
eritmasi pulverizatorda purkalib, burun bo'shlig'idagi bo'ka lichinkalari haydab
chiqariladi. Kasallik manbai hisoblangan bo'kalaming hamma yoshdagi lichinkalari
qirib tashlanadi. Tuya bo'kasi (Oephlopeia titihatez) ham tirik lichinkalarini
tuyaning burun teshiklariga qo'yadi. Lichinkalar burun kataklari va bosh suyaklari
bo'shliqlarida parazitlik qilib, tuyalarda mahalliy tilda «burun og'ru» deb
ataladigan kasallikni keltirib chiqaradi. O'zbekiston sharoitida qanotli bo'kalar may
oyidan boshlab kuzgacha uchraydi. Tuya bo'kasi lichinkalari burun bo'shlig'ida 2
marta tullab, 3 yoshga kiradi, bunda ularning uzunligi 2,3-5,7 sm ga yetadi. Kuzda
qo'yilgan mayda lichinkalar tuyaning burun bo'shlig'ida bahorgacha parazitlik
qilib, 3 yoshga kiradi va erta bahorda tuyaning bumidan yerga tushib, g'umbakka
aylanadi. 370 (i‘umbakdan 28-41 kundan keyin qanotli bo‘ka uchib chiqadi. IJchib
chiqqan erkak bo'kalar urg‘ochilarini otalantirib, o‘lib ketadi. I Jrg'ocbilan esa
23


tuyalar orasida uchib yurib, yetilgan mayda lichinkaliii'ini tuyalar burun
teshiklariga qo‘yadi. Ot burun bo‘kasi (Rhinoestrus purpurens) ham tuya bo‘kasi
kabi tirik lichinkalar tug‘adi va uchib yurib ulami ot va eshaklaming bumiga
sochadi. Otlaming burun bo‘shlig‘idagi lichinkalaming soni 1-7 tadan 80-120
tagacha va kattaiigi 1 mm gacha yetadi. Ot burun bo'kasining lichinkasi ham 3
yoshni boshidan kechiradi. Ilir yilda 2 marta avlod beradi, birinchi avlodi bahorda
1 maydan 10-15- iyungacha, ikkinchi avlodi sentabming boshidan oktabming
oxirigacha yashaydi. Yozda lichinkalar 3 yoshni 2 oyda (iyun-iyulda) o‘tadi.
Iyulning oxiri - avgustning boshlarida lichinkalar otning bumidan yerga tushib,
g'umbaklik davrini tuproq ichida (20-25 kun) o‘tkazadi. 1 122-rasm. O t burun
bo‘kasi (Rhinoestrus purpurens)ning rivojlanish sikli: 1-bir yoshdagi lichinka; 2-
uch yoshdagi lichinka; 3- voyaga yetgan bo‘ka. 371 Avgustning oxiri - sentabr
boshlarida qanotli bocka tuproqdan ucliib chiqadi. Otlar orasida uchib yurib,
ularning bumiga lichinkalarini sochadi. Lichinkalar otning burun bo‘shlig‘ida mart
oyigacha bo'lib, keyin yerga tushadi, aprelda tuproq ichida g‘umbakka aylanadi,
may va iyunning boshlarida 10—15 tagacha qanotli bo‘kalar uchib yuradi (122-
rasm). Ot burun bo‘kasi ba’zan odamlarning kocziga tushib, ko‘zning
yalligManishiga, ko'zdan yosh oqishiga va ko‘z og‘rig‘iga sabab bo6ladi.
24

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin