123
larning xususiyatlarini va hokazo. Albatta,
bunda har bir odam
nerv sistemasining individual xususiyatlari,
tajribasi, malakasi
kabilar muhim rol o‘ynaydi.
Uzoq muddatli xotirada ta’sirning
izi miya hujayralarida uzoq
muddat davomida, ba’zilari umr bo‘yi saqlanadi. Sodir bo‘lgan
voqealarning eslab qolinishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘ladi.
Ixtiyorsiz
eslab qolish odamning xohishiga bog‘liq emas, bunda odam uchun
ahamiyatga ega bo‘lmagan ba’zi o‘tkinchi, tasodifiy ta’sirlar ma’lum
vaqt davomida saqlanib qoladi. Ixtiyoriy
eslab qolishda odam tashqi
muhitdagi voqealarni, ta’sirni tanlab,
ularning kerakligini, zaru-
rini, xohlaganini xotirada saqlaydi. Voqealar, ta’sirlar ko‘p bo‘l-
ganida ularning hammasi esda qolmaydi. Ko‘p yoki oz voqea ta’sirini
eslab qolish va ularni oz yoki ko‘p
muddat davomida saqlash har
bir odamning individual qobiliyatiga hamda voqealarning ahamiyatiga
bog‘liq.
Bundan tashqari, har bir ta’sir (axborot, voqea) qancha
ko‘p
takrorlansa, shuncha uzoq vaqt esda qoladi. Shu bilan birga,
har bir odam nerv sistemasining xususiyatlariga ko‘ra,
voqealarni
eslab qolishi har xil bo‘ladi.
1.
Odamning nutqi va fikrlash qobiliyati qanday rivojlanadi?
2.
Odam xulq-atvorining shakllanishi nimalarga bog‘liq?
3.
Hissiyot va uning turlarini hamda sodir bo‘lishini tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: