124
Uyqu xillari.
Odamda uyquning quyidagi turlari bo‘lishi
mumkin: tabiiy fiziologik uyqu, giðnotik, narkotik uyqu va uyqu
kasalliklari.
Òabiiy fiziologik uyqu
har kungi tundagi normal uyqudir. Odam
organizmining tabiiy fiziologik uyquga ehtiyoji yoshga qarab turlicha
bo‘ladi. Chaqaloqlarda bir kecha-kunduzda 21—22 soat, 1 yoshli
bolada 16—17 soat, 6—7 yoshda 12—13 soat, 13—14 yoshda 9,5—
10 soat, kattalarda — 8 soat.
Giðnotik uyqu
boshqa odam yoki giðnozchining har xil so‘zlari
va harakatlari ta’sirida yuzaga keladi. Bunda giðnozlangan odamning
bosh miya yarimsharlarining po‘stloq
qismidagi nerv markazlari-
ning hammasi emas, balki ma’lum qismi tormozlanadi. Giðnozlash
usuli ba’zi ruhiy kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.
Narkotik uyqu
har xil kimyoviy dori moddalari ta’sirida bosh
miya nerv hujayralarida tormozlanish holati yuzaga kelishi bilan
xarakterlanadi.
Uyqu kasalliklariga oyparast (lunatik), letargiya uyqusi va
uyqusizlik kiradi.
Oyparast
kasalligida odam tungi uyqu vaqtida kechasi o‘rnidan
turib uydagi buyumlarni yig‘ishtiradi, o‘rnini o‘zgartiradi,
derazani ochadi,
hovliga chiqadi, ba’zilari esa devorga chiqadi, hatto
ko‘chaga chiqib ketib, yana qaytib kelib o‘rniga yotadi va uyquni
davom ettiradi. Ertasi kuni hech narsani eslay olmaydi.
Letargiya uyqusi
— bu kasallik holati bo‘lib, odamda to‘sat-
dan yuzaga keladi. Odam chuqur uyquga ketadi.
Uning nafas olishi
va yurak urishi sekinlashib, hatto sezilmaydigan darajada bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: