Odob-axloq qoidalari” bilan tanishdim, unga soʻzsiz rioya qilishni oʻz zimmamga olaman


-bob. Ragʻbatlantirish va chora koʻrish tartibi



Yüklə 40,9 Kb.
səhifə7/7
tarix20.09.2023
ölçüsü40,9 Kb.
#145950
1   2   3   4   5   6   7
2023 Y 31.08 282-SON ODOB AXLOQ BLANKA (1)

3-bob. Ragʻbatlantirish va chora koʻrish tartibi
21. Oʻquv yili davomida Qoidalarga toʻliq rioya qilgan, taʼlim muassasasida
maʼnaviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga
xizmat qilgan ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagicha moddiy
va maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantiriladi:
taʼlim muassasasi buyrugʻi bilan “Faxriy yorliq”, “Tashakkurnoma” eʼlon
qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
maktabdan tashqari topilgan mablagʻlar hisobidan qimmatbaho va esdalik
sovgʻalar bilan mukofotlash;
muassasaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eʼlon qilish;
“Eng faol oʻquvchi”, “Eng faol sinf” nominatsiyasini berish;
oʻquvchilarning uyiga, ularning ota-onasining ish joyiga yoki mahalla
fuqarolar yigʻiniga tashakkurnoma yuborish.
22. Pedagog va xodimlarga Qoidalarni buzganida ularga nisbatan
muassasaning ichki mehnat tartibi qoidalari asosida intizomiy jazo choralari
qoʻllaniladi.
23. Oʻquvchilar tomonidan Qoidalar buzilganida, ularga nisbatan quyidagi
choralar koʻriladi:
ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarini ogʻzaki yoki yozma ogohlantirish;
qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, oʻquvchini muassasa ichki
nazorat roʻyxatiga olish:
oʻquvchi bilan vazirlikning 2020-yil 18-dekabrdagi 308-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida shugʻullanish;
ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarini muassasaga taklif qilish,
muassasaga biriktirilgan inspektor-psixolog ishtirokida suhbat oʻtkazish;
farzandi tarbiyasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashayotgan ta’lim
oluvchilarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining ish joyiga yoki mahalla
fuqarolar yigʻiniga maʼlumot yuborish.
24. Mazkur Qoidalarga rioya etmaganlik holatlari taʼlim muassasasidagi
Kuzatuv kengashlarida muhokama qilib boriladi.
11
4-bob. Yakuniy qoidalar
25. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari ushbu Qoidalar bilan har yangi
oʻquv yili boshlanishida “Sinf soatlari”, “Ota-onalar majlisi” va “Pedagogik
kengash”da tanishtiriladi.
26. Mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan vazifalardan kelib chiqib, har bir
umumiy o‘rta ta’lim maktabi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat va Kuzatuv kengashlari a’zolari bilan muassasaning odob-axloq qoidalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi, uning ijrosi shaxsan maktab rahbari tomonidan taʼminlanadi.
27. Qoidalarda aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga kelgan
muammoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
12
Yüklə 40,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin