qoʻl berib soʻrashish istisno boʻlib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi boʻlib qoʻl uzatganidan keyingina ularga javoban qoʻl uzatishlari tavsiya etiladi);
pedagog va texnik xodimlardan ish vaqtida kasb etikasi hamda maktabning
ustavi bilan tasdiqlangan talablarga koʻra kiyinishlari;
kiyimlarning oʻta tor yoki oʻta keng bichimda boʻlmasligi;
kiyimlarning toza va dazmollangan boʻlishi.
Taʼlim muassasa ustavida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining mehnat
faoliyati davomida kiyinish madaniyatiga boʻlgan talablar aks ettirilmagan boʻlsa,
quyidagilar namunaviy talab sifatida tavsiya etiladi:
erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), koʻylak (oq, havorang va shu kabi), boʻyinbogʻ,
poyabzal (qora rangda boʻlishi tavsiya etiladi) kiyishi;
ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim
6
(imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi), tanani ochiq koʻrsatib turmaydigan yupqa
(harir) boʻlmagan kofta (oq, havorang va shu kabi), koʻylak, past poshnali yoki
poshnasiz poyabzal (qora rangda boʻlishi tavsiya etiladi) kiyishi;
(Taʼlim muassasa Ustavi bilan taʼlim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qoʻshimcha belgilariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin). umumeʼtirof etilgan milliy-anʼanaviy shakllarga va maʼnaviy-axloqiy
tarbiyaga zid keladigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlari oʻqituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, taʼlim muassasasi hududida oʻtkaziladigan turli sport va koʻngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida boʻlmasligi lozim.
Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining tashqi koʻrinishi
boʻyicha quyidagi talablar belgilanadi:
tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan
boʻlishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (gʻayrioddiy) ranglarga boʻyalmagan
boʻlishi;
erkaklarning soqoli olingan boʻlishi;
ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki
metall buyumlar taqib yurmasligi;
oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga sabab boʻladigan holatlarga yoʻl
qoʻymasliklari;
pedagoglar oʻzining pedagogik va psixologik sohadagi bilim
va ko‘nikmalarini doim takomillashtirib borishi, shu bilan birga malakasini hamda
professionallik darajasini oshirishga koʻmak beradigan tadbirlarda muntazam
ishtirok etishi;
pedagoglar huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlari bilan tanishib borishi, ularga ogʻishmasdan amal
qilishi, mavjud barcha standartlar, bayonlar, tavsiyalardan xabardor boʻlishi lozim.
11. Taʼlim muassasasi hududida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining
munosabatlari oʻzaro hurmat va xushmuomalalik tamoyillariga asoslanishi lozim,
biror bir taraf tomonidan boshqasining shaxsiyatiga zoʻravonlikni (bulling) aks
ettiruvchi va kamsituvchi (diskriminatsiya) xatti-harakatlarning sodir etilishiga yoʻl
qoʻyilmaydi;
oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari taʼlim muassasasidagi
dars jarayoniga aralashishi mumkin emas, tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan
bahsli vaziyatlar faqatgina muassasa rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari)
hamda muassasa psixologi bilan dars jarayoniga xalaqit bermagan holatda hal
etiladi;
tomonlar bahsli vaziyatlar yuzasidan kelishuvga erishmagan holatlarda
oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakili va taʼlim muassasasiga biriktirilgan ichki
ishlar organlarining inspektor-psixologiga murojaat etiladi;
7
taʼlim muassasasi oʻquvchi manfaatlari yoʻlida barcha maʼlumotni
oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga yetkazadi;
pedagog taʼlim muassasasi, oila va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlarda
pozitiv va faolligini namoyish etishi lozim.
12. Pedagoglar dars mashgʻulotlari boshlanganidan soʻng besh daqiqa ichida
oʻquvchilarning davomatini aniqlash, surunkali va muntazam dars qoldirayotgan
oʻquvchilar haqida muassasa rahbariyatiga yozma ravishda ma’lumot taqdim etishi
talab etiladi.
13. Pedagoglarga qoʻyiladigan talablar: oʻquvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq oʻtkazish
holatlariga yoʻl qoʻymaslik;
oʻquvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama
qilmaslik;
oʻquvchini ommaviy izza qilmaslik;
chet elga chiqib ketgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oz vaqtida
muassasa rahbariyatini xabardor qilish;
oʻquvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy
adovatga bormaslik;
taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi axborotlardan uning manfaatlari
va obroʻsiga ziyon yetkazish uchun yoki oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmaslik;
oʻquvchilarga ibrat boʻlib, shaxsiy namuna koʻrsatish, ular bilan doʻstona
munosabatda boʻlish;
taʼlim muassasasi manfaatlariga zid boʻlgan xatti-harakatlardan tiyilish va
bunday holatlarni oldini olish;
biror-bir noxush voqea yoki hodisa roʻy bersa, zudlik bilan taʼlim
muassasasi rahbariyatini xabardor qilish;
yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni zararli
odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot
boʻlgan diniy ekstremistik taʼsirlardan, past saviyali “ommaviy madaniyat”
xurujlaridan ogoh etib borish;
mazkur Qoidalarni har haftaning juma kunlarida oʻtkaziladigan “Sinf
soati”da oʻquvchilarga keng tushuntirib borish.
14. Oʻquvchilarga qoʻyiladigan talablar: a) taʼlim muassasasining binosi va uning hududida:
dars jadvalida koʻrsatilgan fanlar boʻyicha barcha darsliklar va oʻquv
qurollari sigʻadigan oʻquvchi uchun mos boʻlgan sumkadan foydalanish;
taʼlim muassasasiga mashgʻulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin,
maktab ustavida belgilangan oʻquvchilar libosida kelish;
toza va orasta kiyinish, sochlarni ozoda va tartibga keltirgan holda tutish;
taʼlim muassasasining barcha xonalari, zina va yoʻlaklari, shuningdek, sport
va faollar zallarini toza tutish, turli xil chiqindilar tashlamaslik;
chiqindilarni muassasaning binosi va hududidagi maxsus belgilangan
idishlarga tashlash;
8
taʼlim muassasasining mulki (parta, stol, stul, doska, oʻsimliklar, hayvonot